Oukenqonuni – ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
Takrorlashuchunsavolvatopshiriqlar Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning xususiyatlari qanday?
Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog‘liq? Fan-texnika taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi?
Ishchi kuchi bozori amal qilishining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Ishchi kuchi qiymati va iste’mol qiymati qanday aniqlanadi? Ularga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.
Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi? Qanday qilib ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi?
Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering.
Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?
Ishsizlikning tabiiy darajasi nimani anglatadi va u qanday tartibda aniqlanadi?
Ouken qonunining mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?
Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.
bob.MOLIYATIZIMIVAMOLIYAVIYSIYOSAT
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining samarali amalga oshirilishi ko‘p jihatdan moliyaviy resurslarga bog‘liq bo‘ladi. Pul vositasida takror ishlab chiqarishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tiladi hamda muayyan maqsadga yo‘naltirilgan fondlar vujudga keltiriladi. O‘z navbatida bu fondlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligini va kengaytirilishini ta’minlaydi. Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli xo‘jalik yurituvchi bo‘g‘inlar, uy, dehqon, fermer, jamoa, kasanachilik xo‘jaliklari, davlat korxonalari va tashkilotlari, davlatning o‘zining pul mablag‘lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo‘lish manbalari va amal qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari tusini oladi. Ushbu bobda moliyaning mazmuni, vazifalari tizimi, uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan davlat budjeti va budjet mablag‘larining shakllanishida soliqlarning roli bayon etiladi.