K
ssuda – qarzga berilgan pul (kapital) summasi.
Agar 100 ming so‘m yiliga 20 ming ssuda foizi to‘lash sharti bilan qarzga berilgan bo‘lsa, ssuda foizi normasi 20% ni tashkil qiladi.
Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga
markaziy (emission) bank va
tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki
Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.
Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra markaziy bank «banklar banki» deyiladi. Uchinchidan,
Markaziy