Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablag‘lari ham pul-kredit muassasalari orqali to‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo‘naltirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga oshirishda kreditmunosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash vaularnipulgamuhtojbo‘libturganhuquqiyvajismoniyshaxslargaishlabchiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilanqaytarishshartida qarzga berishmunosabatlariniifodalaydi. Pul shaklidagi kapital ssudakapitali deyilsa, uning harakati kreditningmazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o‘rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab o‘tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning o‘zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o‘rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlariningobyekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir.
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablag‘larining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar sur’atda vaqtincha bo‘sh turadigan pul mablag‘lari va boshqa pul resurslari kreditmablag‘larining manbaini tashkil qiladi.
Kredit resurslarining asosiymanbalari quyidagilardan iborat:
korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari;
korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
aholining bo‘sh pul mablag‘lari.
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo‘sh pul resurslari hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari va sohalarida qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Kreditning bir qator vazifalari mavjud. Birinchidan, kredit qayta taqsimlashvazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo‘sh pul mablag‘lari ssuda fondi shaklida to‘planib, keyin bu mablag‘lar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo‘jalikamaliyotigajoriyetishvazifasini bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomalaxarajatlarinitejash vazifasini bajaradi. To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilishvazifasini bajaradi.
Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi iqtisodiyotnitartibgasolish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi.
Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi.