O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə396/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Jahon xo‘jaligining globallashuv yo‘nalishlari va ziddiyatlari

Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jahon xo‘jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi xatti- harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Shuningdek, bu tushunchalar bir- biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Oldingi o‘rinda ko‘rsatilganidek, baynalminallashuv jahon xo‘jaligining bir necha subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar o‘rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy
adabiyotlarda uning rivojlanish yo‘nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko‘rib chiqilishini taqozo etmoqda1.
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo‘jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo‘lgan ma’lum bir unsurlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda jahon xo‘jaligining globallashuv yo‘lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo‘nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo‘nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv jarayonining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalish mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o‘zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko‘plab davlatlarning ishtiroki asosida ro‘y beruvchi ko‘rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin.
Yevropa ittifoqi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar YeIga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi.
Ikkinchi yo‘nalish kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo‘lgan xo‘jalik o‘zaro aloqalarining juda katta tarmog‘iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko‘plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSh «Boing» samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.


1 Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 4-е изд., перераб. и доп. – М. : Высшее образование, 2008, с.514-524.
Uchinchi yo‘nalish xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Jahonda xo‘jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o‘zgarishi ko‘p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog‘liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos: a) butun jahonni to‘liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo‘ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo‘ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o‘tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlari rivojlangan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.
To‘rtinchi yo‘nalish xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo‘jaligi subyektlarining o‘zaro aloqasi hamda o‘zaro bog‘liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko‘proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bunga jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozidan chiqish va uning salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida 20 ta rivojlangan mamlakatlar ishtirokida o‘tkazilgan Sammitlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu va shunga o‘xshash muammolarning murakkablashuvi ularning o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.
Shuningdek, jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:


  1. Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin