7- MA’RUZA: Kasbiy sohodagi ziddiyatlarning psixologik asoslari.
Reja: Ziddiyatlar va ularga sabab bo’luchi psixologik omillar.
Ziddiyat turlari va ko’rinishlari.
O‘quv jarayonida ruhiy zo‘riqishlarni vujudga kelishini dastlabki asoslari.
Ziddiyatlar va ularga sabab bo’luchi psixologik omillar.
Hozirgi kunda nizolarni samarali bartaraf etish pedagogik jamoadagi psixologik muhitni emotsional yaxshilash, hamkorlikda ishlash samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Jamoa bilan ishlash sharoitida samarali natijalarga erishish o‘qituvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini to‘g‘ri boshqarish asosida jamoada ma’naviy-ahloqiy muhit yaratishni taqozo etmoqda.
Nizolarning buzg‘unchilik oqibatini muvaffaqiyatli hal etish ularni atroflicha o‘rganishni talab etadi. Bunga esa jamoaning yuqori darajada rivojlanganligi va iliq ijtimoiy psixologik muhitga ega bo‘lishi orqali erishiladi. Nizo haqidagi dstlabki konsepsiyalar XIX-XX asrlarda vujudga kelib, asosiy nizo va uning echimlarini topish yo‘llari bo‘yicha qo‘yilgan qadamlar o‘tgan asrning oxirlarida salmoqli o‘rin egalladi. Pixologiya va ijtimoiy psixologiya sohasida rus olimlari V.O.Ageev (1990), A.A.Bodalev (1983), V.I.Juravlev (1983), N.N.Obozov (1979), I.A.Kox (1997), YA.A.Ansupov, A.I.SHipilov (2000), F.M.Borodkin (1989), A.K.Zaysev (1992, 1993), A.G.Zdravomislov (1995) va shu kabilarning tadqiqotlarida nizoning nazariy asoslari yoritilgan.
Har qanday nizoning asosida qaysidir ma’noda maqsad va manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar yotadi. Jamoadagi nizoning tabiatini yoritishdan oldin uning ikki o‘ziga xos jihatini inobatga olishga to‘g‘ri keladi. Uning birinchisi – nizo va ikkinchisi – nizoli vaziyatdir. Ko‘pgina adabiyotlar tahlili asosida nizo bilan nizoli vaziyatni ajratib turuvchi quyidagi formulani e’tiborga olish muhim deb hisoblaymiz: