Nizo – shaxslarning qarashlari, qiziqishlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik natijasida vujudga kelgan psixologik holat bo‘lib, bu ularning faqat bir-biri bilan hamkorligi jarayonida paydo bo‘ladi.
Ziddiyat - muhokama yuritishda, matnda, nazariyada va umuman predmet, hodisalarda biri ikkinchisini inkor etadigan ikki mulohazaning mavjudligi va ular o‘rtasidagi munosabatlar.
Destruktiv ziddiyat - ko‘pincha sababga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsning stressga tushishiga olib keladi
Produktiv ziddiyat - muammo va uni yechish yuzasidan nuqtai-nazarlardagi tafovutlar va shaxslar o‘rtasidagi hamjihatlikning yo‘qligidan kelib chiqadigan ziddiyat