7- ma’ruza: Kasbiy sohodagi ziddiyatlarning psixologik asoslari. Reja



Yüklə 112,45 Kb.
səhifə4/7
tarix16.10.2023
ölçüsü112,45 Kb.
#156070
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

Destruktiv ziddiyatni aniqlash kundalik tasavvurlar bilan mos keladi. Aynan bu tipdagi nizo o‘zaro ta’sirlashuvda xilma-xillikni ko‘rsatadi va fikrlar toptalishiga olib keladi. Destruktiv ziddiyat ko‘pincha sababga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsning stressga tushishiga olib keladi. Uning o‘ziga xos belgilar nizo sodir bo‘lishiga qiziquvchilar sonining ortishi, ularning nizoli harakatlari, bir-birlariga nisbatan salbiy qarashlarga egaliklari va bildirilayotgan fikrlarning keskinligida ifodalanadi. Boshqa bir belgisi sifatida nizoda opponentning xislatlarini, o‘zaro ta’sirlashuv vaziyatlarini noto‘g‘ri idrok etishi va sheriklarga ishonchni o‘ta ortib ketish nazarda tutiladi. Bu turdagi nizolarni hal etish ancha murakkab bo‘lib, yagona yo‘li ancha qiyinchilik bilan erishiladigan murosa (kompromiss) hisoblanadi.
Produktiv ziddiyatni muammo va uni yechish yuzasidan nuqtai-nazarlardagi tafovutlar va shaxslar o‘rtasidagi hamjihatlikning yo‘qligi keltirib chiqaradi. Bunday holda nizo muammoni atroflicha tushunishni, sheriklar motivatsiyasini, boshqa nuqtai nazarlarni himoyalashlarini taqozo etadi.
Bundan tashqari, M.Doych ziddiyatni olti turga bo‘ladi va jinoyatni ochishda nafaqat uning metodologiyasi, shuningdek, amaliy roli ham muhimligini ta’kidlaydi.
1) haqiqiy ziddiyat;
2) tasodifiy ziddiyat;
3) bilmay aralashib qolgan ziddiyat;
4) noto‘g‘ri talqin qilingan ziddiyat;
5) yopiq holatdagi ziddiyat;
6) yolg‘on ziddiyat.
Ziddiyat obyektiga unda ishtirok etuvchilar tomonidan qo‘lga kiritishga qaratilgan yaqqol moddiy yoki ma’naviy qadriyatlar kiradi.
Ziddiyat subyekti sifatida qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni, qiziqish va ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tashkilot xodimlari xizmat qiladi.
2. Kasbiy nizo va to‘qnashuvlarni yechishning psixologik usullari

Hozirgi kunda jamoada muvaffaqiyatga erishish rahbariyat va xodimlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish asosida ma’naviy-axloqiy muhit yaratishni taqozo etmoqda.


Tashkilot idoralari jamoalarida har bir xodim ijtimoiy psixologik muhit yaxshi bo‘lishiga mas’ul va majbur sanaladi. Faqat shunday sharoitdagina qo‘yilgan muammolar maqsadga muvofiq, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishi va shaxsning shakllanishi me’yorda kechishi ta’minlanadi.
Ammo tashkilot idoralari jamoalarida ham ba’zi yuqoridagi kabi nizoli holatlar ro‘y berib turadi.
Nizolarning salbiy oqibatlarini bartaraf hal etish ularni atroflicha o‘rganishni talab etadi. Bunga esa jamoani yaratish o‘zaro iliq ijtimoiy psixologik muhitni yaratish orqali erishish mumkin.
Hozirgi kunda nizolarni samarali bartaraf etish jamoadagi psixologik muhitni yaxshilashga, hamkorlikda ishlash samaradorligini ta’minlashga qaratilmoqda.
Muammo nizoli vaziyat hosil bo‘lgandagina uning boshqa elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni keltirib chiqaradi. Ushbu modelni har qanday faoliyatdagi nizolarni izohlashga asos qilib olish mumkin. Biz quyida tashkilot jamoalaridagi nizolarni tahlil qilishda buni inobatga olamiz.
Tashkilot jamoalaridagi nizolarni tahlil qilish va uni hal etish zarurati tug‘ilganda, nizo tarkibidagi har bir elementning o‘rnini aniq baholashga to‘g‘ri keladi. Nizolarni vujudga kelishi va uning oldini olishda yuqorida keltirilgan formulaga alohida e’tibor qaratish lozim.
Psixologik muhit guruhiy manfaatlarni qondirish, shaxslararo va guruhiy nizolarni hal etishda amalga oshiriladigan muloqotda vujudga keladi va namoyon bo‘ladi. Shu bois ushbu munosabatlar turlicha xarakter kasb etib, ular do‘stona, hamkorlik, musobaqa yoki raqobat, hamjihatlik, qo‘pollik yoki ongli tartib-intizom tarzida kechadi.
Psixologik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, odamlarning o‘zaro munosabatlari ko‘pchilik holatlarda beshta asosiy ta’sir ko‘rsatish usuli orqali amalga oshiriladi: e’tiqod, ishontirish, taqlid, ta’sir o‘tkazish, majburlash.
Ta’kidlab o‘tilgan usullar tashkilot idoralari jamoalarida boshliq va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda ham o‘z aksini topishi tabiiy. Chunki ba’zi holatlarda, favqulodda vaziyatlarda boshliq tomonidan berilayotgan topshiriq va buyruqlarning berilish tartibi belgilangan tashkilot Nizomiga, muassasaning ichki tartib-qoidalariga mos kelish va kelmasligiga qarab nizoli holatlarni vujudga kelishi bilan baholanadi.
Agar boshliq jamoada yetarlicha mavqega ega bo‘lsa, beriladigan buyruq va topshiriqlarning bajarilish tartibi ta’sir ko‘rsatishning e’tiqod darajasini namoyon qilishi mumkin. Aks holda boshliqqa qo‘l ostidagilarning bo‘ysunishi anchagina sustlashadi.
Ishonch va nufuzning yo‘qolishi, muloqot jarayonlarida shubha paydo bo‘lishi va boshqalar ham aynan nizoli vaziyatlarning vujudga kelishiga zamin hozirlaydi.
Tashkilot jamoalaridagi nizoli vaziyatlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq uch guruh sabalarni keltirib o‘tish mumkin:
1) ishchi muhitni tashkil etishdagi kamchiliklari;
2) boshqaruvchi xodimlar faoliyatidagi nuqsonlar, xodimlarning bilim darajasi, individual-psixologik xususiyatlari, salohiyatiga ko‘ra ishni taqsimlay bilmaslik;
3) jamoa ichidagi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq kamchiliklar.
Jamoadagi psixologik muhitning buzilishi va ziddiyatlarga moyillik asosida bir qator ko‘rsatkichlar yotadiki, ularni psixologlar quyidagilarga ajratganlar:
– rahbariyatning ish faoliyati va jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatdan qoniqmasligi;
– kayfiyatning buzilishi;
– rahbar bilan xodimlar o‘rtasida o‘zaro tushunishning yo‘qligi, rahbar yoki xodimning obro‘ga ega emasligi;
– jamoa a’zolarida boshqaruv va o‘zini o‘zi boshqarishdagi faollik darajasining yetishmasligi;
– jamoa a’zolarining bir maqsad yo‘lida jipslashmaganligi;
– ongli tartib-intizomning yo‘qligi;
– faoliyat natijalaridan qoniqmaslik.
Ko‘rinib turibdiki, jamoada nizoli vaziyatlarning kam va psixologik muhitning me’yorda bo‘lishi boshliq shaxsi, xodimlarning bilimi, yuqoridan berilgan topshiriq va buyruqlarni bajarishdagi ijrochilik intizomi va hamjihatliklariga bog‘liq ekan. Agar tashkilot idoralari jamoalaridagi nizo nizoning psixologik va ijtimoiy psixologik tabiati, funksiyalari, tipologiyasi va tuzilmasidan kelib chiqqan holda baholansa, amaliy jihatdan nizoga xos barcha xususiyatlar namoyon bo‘lishi mumkinligini tasdiqlasa bo‘ladi. Tashkilot jamoalarida nizoning quyidagi turlari namoyon bo‘lishi kuzatiladi.

Yüklə 112,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin