O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə437/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport – biror bir mamlakatning boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilishi.
Reimport – iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan narxi.
To‘lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

chi?


  1. Ichki va tashqi savdoning o‘xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-


  1. Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?

  2. Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to‘siqlar mavjud bo‘ladi? Ularning

tavsifini bering.

  1. Proteksionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni taqqoslang.

  2. Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qandayligi va unda O‘zbekistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang.

  3. Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va kamchiliklarga ega?

  4. Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan foydalanadi?

  5. Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  1. Jahon valyuta tizimining mazmuni nimadan iborat? Uning rivojlanish bosqichlari va ularga mos xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish tiplarini izohlang.

  2. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlarga qaysi tashkilotlar kiradi? Ularning asosiy faoliyatlarini tavsiflab bering.


Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin