O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə86/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar

  1. Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning paydo bo‘lishi ijtimoiy mehnat taqsimotining hamda xususiy mulk kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar alohidalashuvining rivojlanishi bilan bog‘liq.

  2. Tovarning ikki xossasi – nafliligi (iste’mol qiymati) va qiymati tovarda gavdalangan inson mehnatining ikki yoqlama tavsifi natijasida vujudga keladi.



1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 3.1-bandi.
2 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi gazеtasi, 2017 yil 23 dеkabr.
Agar naflilik (iste’mol qiymati) aniq mehnat orqali yaratilsa, almashuv qiymati abstrakt mehnatning natijasi hisoblanadi.

  1. Qiymat tovarning ijtimoiy xossasi bo‘lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.

  2. Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida asosan ikki xil yo‘nalishdagi yondashuv mavjud: qiymatning mehnat nazariyasi, naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyalari. Birinchi nazariya tovar qiymatini unda mujassamlashgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari tashkil qiladi desa, ikkinchi nazariya tovarning qiymatini uning nafliligi, ayniqsa keyingi qo‘shilgan tovar nafliligi belgilab beradi, deb ko‘rsatadi.

  3. Tovarlarni ayirboshlash jarayonining uzoq vaqt rivojlanishi natijasida umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi, boshqa hamma tovarlarni ayirboshlash mumkin bo‘lgan alohida tovar pul sifatida ajralib chiqdi.

  4. Pul o‘zining rivojlanish tarixida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tdi: tovar pullar (pul o‘rnini har xil mahsulotlar bosgan); to‘la qiymatga ega pullar (oltin yoki kumush); to‘la qiymatga ega bo‘lmagan pullar (qog‘oz pullar, oddiy metall tangalar); kredit pullar (veksel, banknot, chek, kredit kartochka).

  5. Mamlakatimizning mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda milliy valyutamiz (so‘mning) muomalaga kiritilishi nihoyatda katta rol o‘ynadi.




Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin