O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


-jadval O‘zbekistonda milliy valyuta – so‘mning barqarorligini oshirish vazifalarini



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə85/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4.3-jadval
O‘zbekistonda milliy valyuta – so‘mning barqarorligini oshirish vazifalarini hal etish borasidagi dasturlar

Dasturning mazmuni

Dasturning asosiy yo‘nalishlari

Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar

Milliy valyutani tovar bilan barqaror ta’minlash

  • respublika bozorini iste’mol mollari bilan to‘ldirish;

  • aholining eng zarur talablarini qondiruvchi milliy ishlab chiqarishni kengaytirish

  • iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;

  • zamonaviy iste’mol mollari ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni jadal sur’atlarda tashkil etish;

  • kichik korxonalar faoliyati uchun keng maydon ochib berish;

  • aholining turli mamlakatlardan keltirilgan sifatli mollarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

  • import mollar tarkibini takomillashtirish;

  • milliy mahsulotlar raqobatbardosh-ligini oshirish

Etarli valyuta zaxirasi bilan ta’minlash

  • tashqi iqtisodiy siyosatni tubdan qayta ko‘rib chiqish;

  • mamlakatning eksport imkoniyatini kengaytirish

  • eksportga yo‘naltirilgan korxonalar sonini ko‘paytirish;

  • eksportga yo‘naltirilgan korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish;

  • jahon bozorida raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi

omillarni vujudga keltirish

Milliy valyutani qadrlash va undan tejab- tergab foydalanish

  • qat’iy moliyaviy-kredit siyosatini izchillik bilan o‘tkazish;

  • kredit resurslaridan samarali va muayyan maqsad yo‘lida foydalanish

  • aholi va korxonalar tomonidan moliyaviy resurslardan tejamli foydalanishni kuchaytirish;

  • kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;

  • kredit resurslarini eng ko‘p samara beradigan sohalarga yo‘naltirish

Inflyatsiyaga qarshi baquvvat, puxta o‘ylangan siyosat o‘tkazish

  • milliy valyutaning yuksak to‘lov qobiliyatini uzoq muddat davomida saqlab qolishini ta’minlash;

  • ishlab chiqarish hajmi bilan to‘lovga qobil talabning o‘sishi

o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash

  • muomalaga chiqariladigan har bir so‘mning muayyan tovarlar bilan ta’minlanishiga erishish;

  • savdo korxonalarining ishini tubdan yaxshilash;

  • iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish;

  • naqd pul va kredit emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik

Uning bir misoli sifatida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan farmonini aytish mumkin. Bu farmonda “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”1 bandi kiritilgan.
Bundan tashqari, ushbu harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar hajmini, turini ko‘paytiri, sifatini oshirish, ular sotiladigan bozorlar miqyosi va geografiyasini kengaytirishning bir qancha yo‘nalishlari, chora-tadbirlari belgilangan bo‘lib, ular milliy valyutamiz barqarorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Mamlakatimizda tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan, milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko‘paydi”2.



Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin