O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə97/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif
o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo‘ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu- York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy- texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin