O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI OLIYVAO‘RTAMAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONADAVLATUNIVERSITETI TABIIYFANLARFAKULTETI Kimyoyo‘nalishi2-kurs20.64-guruhtalabasi Ergashboyeva Sadoqatning “Analitikkimyo”fanidan “Analitik kimyoda organik reagentlar” mavzusidagi KURS ISHI BAJARDI: QABUL QILDI:
Analitik kimyoda organik reagentlar.
Reja: Kirish. I BOB. Organik reagentlar haqida umumiy ma’lumot. 1.1 Organik reagentlarni analitik tahlilda qo‘llanishi.
1.2 Organik reagentlarni indikatorlik xossalari
1.3 Olingan natijalar va ularning tahlili.
II BOB. Organik reagentlarning afzalligi va ishlatilish sohalari.
2.1 Titrimetrik tahlil usullarida organik kompanentlarni ko‘rsatgichlari uchun foydalanish.
2.2 Kimyoviy tahlilda organik reagentlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish. O‘zbekiston Respublika Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o‘zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g‘oyalari va intilishlarini o‘zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi. Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga ja’zo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning-Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Respublikamiz ta’lim tizimida tub islohotlar ro‘y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli, o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat rivoji iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liqdir. Hozirgi paytda har qanday davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va kuch-qudrati kimyo sanoatining, jumladan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish sanoati va neft kimyosi rivojlanish darajasi bilan baholanadi. Chunki mazkur sohalar neftni, tabiiy gazni, toshko‘mirni qayta ishlash, sintetik kauchuk, polimer materiallar, bo‘yoq moddalar, dori-darmonlar, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan moddalar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24- fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi yillarda sohani modernizatsiya qilish, moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tarmoq korxonalarining rentabelligini ko‘tarish maqsadida joriy etilib, narxni shakllantirish tartibi butunlay qayta ko‘rib chiqildi. Natijada kimyo tarmog‘i o‘tgan yilni 2018 - yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘p foyda bilan yakunladi. "Navoiy azot" aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg‘i, "Navoiy azot" aksiyadorlik jamiyatida a’zot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodlari qurilmoqda. Davlatimiz rahbari shu yil yanvar oyida parlamentga yo‘llagan murojaatnomada va Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida kimyo sohasiga alohida e'tibor qaratib, hukumat oldiga uni modernizatsiya qilish, ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish bo‘yicha qator vazifalar qo‘ygan edi. Bu bejiz emas. Chunki mazkur tarmoqda muammolar, hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p. Jumladan, yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan, murakkab tarkibga ega bo‘lmagan kimyo mahsulotlari chetdan olib kelinmoqda. Eksport strukturasi diversifikatsiya qilinmagan, bunda hanuzgacha mineral o‘g‘itlar ulushi juda katta. Ishlatilayotgan uskunalar 60 foiz eskirgan, energiya sarfi me’yordan 2-3 baravar ortiq. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Tarmoqdagi har bir korxona faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hisobiga tannarxni pasaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. "Raqamli texnologiyalar" ni qo‘llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasini ko‘tarish muhimligi qayd etildi. Kimyo sohasida yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligi ta'kidlandi. To‘qimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, iste'mol tovarlari, oziq-ovqat va farmatsevtika uchun zarur xomashyo ishlab chiqarish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. "Navoiy azot" aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid ishlab chiqarishni tez muddatda loyiha quvvatiga olib chiqish hamda ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. "Farg‘ona azot" aksiyadorlik jamiyati, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodida davlat ulushini investorlarga sotish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Kichik tonnali kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, shu maqsadda “Navoiy azot” aksiyadorlik jamiyatida bo‘sh turgan maydonlar negizida ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil qilish zarurligi qayd etildi. Analitik kimyo zamonaviy jamiyat hayotida katta amaliy ahamiyatga ega, chunki u kimyoviy tahlil vositalarini yaratadi va uning amalga oshirilishini ta'minlaydi. Kimyoviy tahlil qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, radioelektron sanoat uchun sof va o‘ta toza materiallar ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, neftni kimyoviy qayta ishlash kabi qator sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni na’zorat qilish va mahsulot sifatini baholashning muhim vositasidir. Neft-kimyo, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati, geologiya xizmati va boshqalar kimyoviy tahlilsiz atrof-muhitni muhofaza qilish, agrosanoat kompleksi faoliyatini, tibbiy diagnostika, biotexnologiyani rivojlantirish muammolarini hal qilish mumkin emas. Kimyoviy analizning ilmiy asosini analitik kimyo tashkil etadi, u tahlil usullarining nazariy asoslarini ishlab chiqadi yoki ularni kimyo va fizika fanining turdosh sohalaridan olib, maqsadlariga moslashtiradi. Analitik kimyo usullarni qo‘llash chegaralarini belgilaydi, ularning metrologik xususiyatlarini baholaydi va turli ob'ektlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi. Demak, analitik kimyo ilmiy bilimlar sohasi, kimyo fanining bo‘limi, analitik xizmat esa jamiyatning kimyoviy tahlilga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish tizimidir. Mavzuning dolzarbligi: Organik reaktivlar kimyoviy elementlarning sifatli yoki miqdoriy aniqlanishi va organik birikmalarni ajratish, boyitish va yashirish uchun ishlatiladi. Organik reagentlar analitik kimyada indikator, cho'kma, titrant, ishlab chiquvchi, ekstraktor sifatida ishlatilishi mumkin. Reaksiya mexanizmi nuqtai nazaridan asosan murakkablashuv reaksiyasiga asoslangan organik reaktivlar, ikkilamchi divalent xelatli murakkab xelatning bir turidan, juda murakkab, dastur doirasi ham o'sib boradi. Mavzuning maqsadi va vazifalari: XIX asrning o'rtalarigacha tabiiy organik moddalar (masalan, hayvonot va o'simlik ekstraktlari) sifatli yoki miqdoriy tahlildan asosiy foydalanish. 1930-yillarda sun'iy reagentlar sintetik organik reaktivlar tomonidan sintezlana boshladi. 1950-yillarning oxirlarida ishlab guruh guruhining tahlilini tahlil qilgandan so'ng, odamlar turli ionlarning funksional tahlil guruhlarini qidirdilar, organik reagentlarni ko`plab ko`rsatishdi, reaktivlarning ko'plab amaliy qiymatlarini sintez qilishdi (mis reagentlar, mis reagentlar, kadmiy reaktivlari, berilliy reagentlari, toriy reaktivlari va boshqalar). 1950 yillargacha kompleks kimyosi, asosan, sifatli aniqlash, yomg'ir ajratish va gravimetrik tahlil qilish uchun ikkilamchi shilat yog'inlari Reaksiyasiga asoslangan edi. Murakkablashtirilgan titrlash usuli asosan 1950-yillarning boshidan 1960-yillarning boshiga qadar ishlatilgan. 1960-yillarning oxirida boshlanganidan boshlab, xlorat organik erituvchi ekstraktsiyasini rivojlantirganda, diqqat fotometrik tahlilga o'tdi. Talabalarda tahlilning turli usullari, bajarish vositalari, eritma tayyorlash, tayyorlangan eritma konsentratsiyasini aniqlash, dori vositalarini sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashda qo‘llaniladigan uslublarini kimyo yo‘nalishiga muvofiq bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Talabalarga analitik kimyo fani faqat nazariy balki, ularning bilimlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida ya’ni, laboratoriya mashg‘ulotlari orqali ham o‘rgatishdan iboratdir.