Mamlakatimiz iqtisodiyoti ko`p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish
majmuidan iborat bo`lib, uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi.
Yoqilg`i, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, yengil va oziq-ovqat
sanoati kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi.
O`zbekiston O`rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy
taraqqiyot uchun zarur
bo`lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiy-
geografik sharoitning qulayligi, zaminimizda Mendeleev davriy jadvalining deyarli
barcha elementlarining topilganligi, serunum yerlarimiz borligi va ayniqsa
xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning tarmoqlarini rivoj topishiga
olib keldi.
Respublikamiz iqtisodiyoti o`zining ma`lum tarixiga ega.
Sobiq SSSR
mavjudligida hayotning barcha jabhalari, shu jumladan iqtisodiy hayot markaz
tomonidan “tartibga” solinib turilar edi. Respublika uchun dolzarb bo`lgan
muammo-masalalarni o`z erki bilan hal etish huquqidan mahrum edi. Qator asosiy
boyliklarimiz, jumladan oltin, paxta kabilarning taqdiri markaz ixtiyorida bo`lgan.
O`sha davrda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida nomutanosiblik
vujudga keldi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi tufayli yuqorida aytib o`tilgan
kamchilik-nuqsonlarni tugatish borasida muhim chora-tadbirlar amalgam oshirildi.
Hayotimizning barcha jabhalarida, shu jumladan
iqtisodiyotda katta ijobiy
o`zgarishlar ro`y berdi. Ma`lumki, bozor iqtisodsiyotiga o`tish jarayoni turli
mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar negizida ro`y beradi va asta-sekin rivojlanib
boradi. Shu bilan birga bunday mamlakatlarning har biri bu borada o`ziga xos
ayrim xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xo`jalik tarkibi va yo`nalishi,
mamlakatning geografik o`rni, tabiiy-iqlim sharoitlari, mavjud tabiiy boyliklari,
milliy-urf odatlar, aholi an`analari bilan belgilanadi. Aytib o`tilgan ana shu omillar
e`tiborga olinib Respublikamizda bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos
modeli shakllantirilgan. Ushbu modelning eng asosiy tomonlari mamlakatimiz
Prezidenti
asarlari va farmonlarida, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar,
hukumat qarorlarida o`z aksini topgan.
Bozor iqtisodiyoti talablari asosida Respublikada o`rta va kichik biznes
faoliyati, tadbirkorlik, ishbilarmonlik keng tus olmoqda,
mulkchilikning turli
shakllari vujudga kelmoqda, ishlab chiqarishda davlat tasarrufidagi faoliyatlar
doirasi toraya borib nodavlat sohasi keng rivojlanmoqda. O`zbekiston iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirilishi ustivor masalalarni hal etish,
ishlab chiqarishda
tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish
hamda aholi farovonligini ko`tarish borasida zarur sharoitlar yaratish imkonini
bermoqda.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining salohiyati, avvalo,
uning tarkibidagi
sanoat ishlab chiqarishining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Sanoat shaharlarning
vujudga kelishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni, transport hamda hududiy
ishlab chiqarish majmualarining shakllanishida asosiy omil bo`lib xizmat qiladi.
Mamlakatimiz sanoati milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan bo`lgan
paxtachilik, ipakchilik kabilarning talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida
tashkil topdi va rivojlandi. Iqtisodiy islohotlar amalga
oshirilayotgan va bozor
munosabatlariga o`ta boorish tufayli Respublika sanoat tarmoqlari asta-sekin
takomillashib, o`zaro bog`langan majmua shaklini olmoqda.O`zbekiston sanoati
respublikada mavjud bo`lgan tabiiy va iqtisodiy boyliklardan, tez o`sib borayotgan
mehnat resurslaridan oqilona foydalanish asosida rivojlanmoqda. Respublikada yer
bag`ridan topilgan va ishga tushirilgan tabiiy gaz, oltin, mis, qo`rg`oshin, rux,
volfram, ko`mir va boshqa boyliklar bu borada ayniqsa katta ahamiyat kasb
etmoqda. Asosiy sanoat mahsulotlarining umumiy
hajmida sanoatning ulushi
kamaya borib, qayta ishlovchi sanoat hissasi ortib bormoqda.
O`zbekiston sanoatida yetakchi o`rinni og`ir sanoat egallab kelmoqda.
Ma`lumki, sanoat tarkibiga yoqilg`i-energetika majmuasi, rangli va qora
metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish materiallari sanoati kabilar kiradi.
1-jadval