Kimyo sanoati
ham respublika sanoat tarmoqlari orasida o`ziga munosib
o`rin egallaydi. Neft, tabiiy gaz, ko`mir, oltingugurt, osh tuzi, paxta va kanop
chiqindilari busanoatning xomashyosi bo`lib hisoblanadi. Kimyo sanoatida 750
dan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi. Birinchi korxona- 1932 yilda Sho`rsuvda
Farg`ona oltingugurt koni ishga tushdi. Eng yirik korxona Chirchiq elektro kimyo
kombinati 1940 yilda ishga tushgan.
Mineral o`g`itlardan
- ammofos, ammiak,
selitra, karbamid, superfosfat, azotli va fosforli o`g`itlar ishlab chiqaradi. Asosiy
korxonalar- Chirchiq elektro kimyo kombinati, Farg`ona azotli o`g`itlar, Navoiy
azot, Qo`qon superfosfat, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq ammofos
birlashmalaridir. Sulfat kislotasi Olmaliq, Samarqand, Navoiy, Muborak gazni
qayta ishlash kompleksida barpo etilgan.
O`simliklarni himoya qilishning
kimyoviy vositalari
(defolyant, gerbisid,
fungisidlar) “Farg`onazot”, “Navoiy elektro kimyo”korxonasida nitron, kotoran,
fozalan, va hokazolar ishlab chiqariladi.
Kimyoviy tolalar va iplar
- Chirchiq
elektro kimyo korxonasida kaprolaktam, Farg`ona kimyoviy tolalar zavodida asetat
iplar, Navoiy azotda nitron-akril tolalari, Farg`onazotda selyuloza asetati ishlab
chiqariladi.
Gidroliz korxonalari
- Farg`ona furan birikmalari zavodi, Yangiyo`l
biokimyo va Andijon gidroliz zavodlarida texnik etil spirti, furfurol, furil spirti,
katalizatorlar ishlab chiqariladi.
Rezina mahsulotlari
Angren “O`zbekrezina
texnika”, “Toshkent rezina texnika”, zavodlarida shina va kalishlar ishlab
chiqariladi.
Plastmassa va propilen mahsulotlari
- Ohangaronda “Santexlit”, Jizzax
plastmassa quvurlari zavodi,
lak- bo`yoq mahsulotlari
- Toshkent “Rangli lak”
firmasi,
ro`zg`or kimyosi tovarlari
- Olmaliq ro`zg`or kimyosi, Namangan kimyo
zavodlarida ishlab chiqariladi.
Keyingi qisqa davr ichida Qizilqum fosforit zavodi, “Kimyotola” ishlab
chiqarish birlashmasi, qator hududlarda –Toshkent, Qashqadaryo, Andijon,
Namangan va boshqa viloyatlarda zamonaviy to`qimachilik va tikuvchilik
kombinatlari qurib ishga tushirildi. Andijon, Qo`qon, Yangiyo`l shaharlaridagi
biokimyo zavodlari rekonstruksiya qilindi.
Dostları ilə paylaş: |