Mustaqil ish mavzu: qishloq xo'jaligida integratsiya jarayonlarining iqtisodiy mohiyati



Yüklə 433,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix20.09.2023
ölçüsü433,91 Kb.
#145720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QISHLOQ XO\'JALIGIDA INTEGRATSIYA JARAYONLARINING IQTISODIY MOHIYATI

Yoqilg`i sanoati.
Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o`rin 
tutayotgan sanoat tarmoqlari qatorida yoqilg`i sanoati alohida mavqega ega. Ushbu 
tarmoq asosan tabiiy gaz, neft, ko`mir chiqarishni o`z ichiga oladi. O`zbekiston 
tabiiy gazning katta zahiralariga ega. Respublikada gaz qazib olish yildan-yilga 
ortib bormoqda. Masalan, 1991 yili O`zbekistonda ishlab chiqarilgan gaz miqdori 
41,8 mlrd. m
3
ni tashkil qilgan bo`lsa, 2000 yili bu ko`rsatkich 56,4 mlrd.m
3
ga 
yetdi. Respublikada 159 ta neft- gaz koni ochilgan. Ularning 115 tasi Buxoro- 
Xiva geologik provinsiyasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi 
Ustyurtda joylashgan. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida yoqilg`i-
energetika majmui mahsulot hajmi 18,3 % ni tashkil etadi. Sanoatda band bo`lgan 
ishchi xizmatchilarning 6 % i yoqilg`i sanoati tarmoqlari hissasiga to`g`ri keladi. 
Yoqilg`i tarkibi ichida neftning hissasi 8,3 % ni, gazning hissasi 87,3% ni, 
ko`mirning hissasi 4,4 % ni tashkil etgan.
Gaz sanoati
. Jarqoq, Setalontepa, Gazli konlari, Ustyurtda Shoxpaxta 
konlari mavjud bo`lib, 1972 yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga 
tushirildi. Qashqadaryoda qad ko`targan Sho`rtangaz kimyo-majmuasi O`rta 
Osiyodagi eng yirik korxonalardan hisoblanadi. Bu ulkan korxona to`laligicha 
mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi va yiliga 3 mln. tonna gazni qayta ishlab 125 
ming tonna polietilen, 140 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz hamda gazni 
qayta ishlashdan hosil bo`ladigan boshqa mahsulotlar ham oladi. Respublikamiz 
mustaqillikni qo`lga kiritishi tufayli aholini qulay 
yoqilg`i-gaz
bilan ta`minlashda 
katta o`zgarishlar ro`y berdi. Buning dalili sifatida aholi zich joylashgan Andijon 
viloyatining Xo`jaobod shahrida yirik yer osti gaz ombori qurilganligini aytib 
o`tish mumkin. 
Neft sanoati
. Yoqilg`i sanoatining rivojlanishida neftning tutgan o`rni yil 
sayin ortib bormoqda. Yirik neft konlari Chimyon koni, Surxondaryoda Uchqizil, 
Xovdog`, Farg`onada Janubiy va Shimoliy Olamushuk, Polvontosh, Andijon 


konlari kiradi. 1985 yilda Ko`kdumaloq koni ochildi. Farg`ona neftni qayta ishlash 
zavodida surkov moylari, yonilg`i ishlab chiqariladi. Ko`kdumaloq koni 
ochilgandan so`ng Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda 1993 yildan 
Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi qurila boshlandi va u 1995 yilning 19 
mayidan mahsulotni bera boshladi. Bu zavodlarda dizel yoqilg`isi, koks, parafin, 
motor va surkov moylari, kerosin, bitum, mazut ishlab chiqaradi. 
Ko`mir sanoati
. Mamlakat yoqilg`I sanoatida ko`mir ishlab chiqarish ham 
muhim o`rin egallaydi.Bu borada Angren qo`ng`ir ko`mir koni va 
Surxondaryodagi Sharg`un, Boysun ko`mir konlarining ulushi katta. Angren 
qo`ng`ir ko`mir koni respublikada chiqarilayotgan jami ko`mirning 97 % ini 
beradi. 
Respublika sanoat tarmoqlari orasida yetakchi o`rinlardan birini 

Yüklə 433,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin