rangli
metallurgiya
egallaydi. Sanoatning bu tarmog`i asosan Toshkent viloyatining
Angren-Olmaliq tog-kon sanoat hududida joylashgan. Bu tarmoq asosan 1930
yillardan rivojlandi. Qoramozor mis-qo`rg`oshin-rux koni, Obirahmat, Burchmulla,
Oqtuz, Takob, Ingichka, Qo`ytosh, Langar- rangli metallar, Chodak, Zarmitan,
Marjonbuloq, Kauldi, Kokpatas, Qizilolmalisoy-oltin konlari, Qo`rg`oshinkon,
Oltintopgan qo`rg`oshin-rux, Qalmoqqir-mis konlari mavjud. Mis-qo`rg`oshin-rux
ni qayta ishlovchi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, volfram va molibdenni
qayta ishlovchi O`zbekiston qattiq qotishmalar va o`tga chidamli metallar
kombinati Chirchiq shahrida ishlab turibdi. Kombinat Ingichka konidan qazib
olinayotgan- volfram va Qo`ytosh volfram-molibden konlari asosida ishlaydi.
Respublika oltin zahiralari bo`yicha dunyoda 4 chi, qazib olish bo`yicha 7 chi
o`rinda turadi. 1992 yili AQSH ning “Nyumont-mayning” kompaniyasi bilan
Muruntov oltin konida qazib olinayotgan rudalarni qayta ishlash va ulardagi oltinni
chiqarib olish maqsadida qo`shma korxona qurish to`g`risida kelishib olindi. 1995
yili may oyida “Zarafshon-Nyumont” qo`shma korxonasi bitkazilib ishga
tushirildi.
Mamlakatimiz o`zining
qora metallurgiya sanoati
ga ham ega, ammo uning
respublika iqtisodiyotidagi o`rni unchalik katta emas. Bekobod shahrida qurilgan
qora metallurgiya kombinati asosan temir-tersaklarni qayta ishlash orqali mahsulot
chiqaradi va mahalliy ehtiyojni to`la qondirmaydi. Mazkur korxona asosan po`lat,
prokat, turli xil trubalar ishlab chiqaradi. Bu korxona 1944 yil 5 martda ishga
tushgan.
O`zbekiston sanoatida
mashinasozlik
sanoati o`ziga xos o`rinni egallaydi.
Bu sanoat tarmog`iga mansub bo`lgan korxonalarda xilma-xil mashina va
mexanizmlar, asbob-uskunalar tayyorlanadi. Ular qatorida paxta teruvchi
mashinalar, yerga urug` qadaydigan, to`quv- yigiruv, sug`orish mashinalari, turli
xil stanoklar, televizor va magnitofon kabi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqariladi. Aholisi zich bo`lgan Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy
Koreya bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan yirik korxona
bunyod etildi. Bu korxona 1996 yildan boshlab birin-ketin “Damas”, “Tiko”,
“Neksiya”, “Matiz” rusumli qulay avtomobillarni chiqara boshladi. Shunday qilib,
O`zbekiston jahon miqyosida avtomobillar chiqarayotgan davlatlarning 28 chisi
bo`ldi.
Sanoatning mashinasozlik tarmog`iga Toshkentdagi traktor zavodi,
O`zbekiston qishloq xo`jaligi mashinasozligi, Toshkent qishloq xo`jalik
mashinasozlik zavodi, Toshkent agregat zavodi kabi yirik korxonalar kiradi.
Respublikaning boshqa ko`pgina shaharlarida ham mashinasozlik tarkibiga
kiruvchi qator korxonalar ishlab turibdi. Radioelektronika, elektrotexnika
korxonalari-Toshkentda “O`zkabel”, Toshkent radiolampa zavodi (Foton),
Chirchiq transformator zavodi, Mikond-radiodetallar, shisha izolyatorlar ishlab
chiqaruvchi zavod. 1982 yildan “Algoritm” EHM ishlab chiqaradi. “Zenit” zavodi
Janubiy Koreyaning “Goldstar” firmasi bilan hamkorlikda videomagnitofonlar,
videopleyrlar, Xitoy bilan hamkorlikda rangli televizorlar ishlab chiqarmoqda.
O`zbekiston poytaxti Toshkentda jahon aviatsiya sanoati andozalari
bo`yicha yirik korxonalardan biri bo`lib hisoblangan V.Chkalov nomli aviatsiya
ishlab chiqarish birlashmasi joylashgan.Bu korxonada ishlab chiqarilayotgan qulay
samolyotlar jahonning qator davlatlarida xizmat qilmoqda.
|