Qurlish materiallari sanoati. Sement, asbest, devorbop materiallar, noruda
qurilish materiallari, ohak, gips va shunga o`xshash 100 dan ortiq mahsulotlar
ishlab chiqaradi. 1913 yilda Bekobod sement zavodi qurildi. Yiliga 5 mln tonna
sement respublikaning 5 ta yirik korxonasida ishlab chiqariladi. (Bekobod, Navoiy,
Angren, Ohangaron, Quvasoy) respublikada 30 dan ortiq marmar korxonalari bor.
Yirik korxonalari- G`azalkent toshga ishlov berish kombinati, Toshkent toshga
ishlov berish kombinati, Nukus granit-marmar zavodi, Nurota marmar
zavodlaridir. Quvasoyda shisha, G`azalkent shisha-oyna zavodlari faoliyat
ko`rsatmoqda. Respublikada 11 ta uysozlik kombinatlari va zavodlari, 300 ga
yaqin yig`ma-temir beton zavodlari ishlab turibdi.
Yengil sanoat . Yengil sanoat O`zbekiston sanoatining rivojlanish darajasi
va istiqbollariga ko`ra eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. O`zbekiston
yengil sanoatini ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruhga qishloq xo`jalik
mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigan paxta tozalash, pillakashlik, qorako`l
terisiga, kanop tolasiga ishlov berish jun yuvish kabi tarmoqlar kiradi. Ikkinchi
guruhga aholi va xalq xo`jaligi ehtiyojlari uchun keng iste`mol mollari-
to`qimachilik, ip-gazlama, trikotaj, shoyi gazlama, tikuvchilik, poyabzal, mo`yna,
gilam, shuningdek attorlik mollari, chinni idishlar kabi mahsulotlar ishlab
chiqaradigan tarmoqlar kiradi.
O`zbekiston
paxta tozalash sanoati korxonalari-Asaka, G`ijduvon, Buxoro,
Qo`qon, Yangiyo`l, Qarshi, Zirabuloq, Namangan va Jumadagi paxta tozalash
zavodlari eng yirik zavodlardir.
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil sanoat tarmoqlaridan
biri-
pillakashlik sanoatidir. Bu sanoat tarmog`i O`zbekistonda yaxshi rivojlangan.
O`zbekistonda birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yilda Farg`ona shahrida qurildi.
Bunday fabrikalar keyinchalik Samarqand, Marg`ilon, Buxoro, Toshkent, Urganch
va Shahrisabzda qurib ishga tushirildi.
O`zbekiston hududida ip va shoyi gazlamalar ishlab chiqarish qadimdan
mavjud bo`lgan. Eng yirik ip-gazlama korxonasi- Toshkent to`qimachilik
kombinatidir. Bundan tashqari Fag`ona va Buxoro to`qimachilik kombinatlari,
Andijon, Nukus ip- gazlama kombinatlari, Jizzax paxta yigiruv fabrikasi va
boshqa qator shaharlarda yirik to`qimachilik korxonalari mavjud.