REJA: 1Karyer haqida tushuncha . 2.Karyer va pog’ona elementlari. 3.Qoplanish koeffisienti ko’rsatkichlari. 4.Foydalanilgan adabiyotlar. 5.Xulosa
1.Karyer haqida tushuncha.Karyer (lot. quadraria — tosh maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer qaʼridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil boʻladigan chuqurliklar majmui. Karyer bir nechta pogʻona tizimlaridan iborat boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar puch togʻ jinslarida joylashadi, pastki pogʻonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydaliqazilmaniqazibolishuchunpuch (qoplama) togʻ jinslarinisuribochiladi.Ochiqusuldafoydaliqazilmalarniqazibolishqad.danmaʼlum. DastlabkikattakaryerlarqadimdaMisrdaehromlarbunyodetilishibilanbogʻliqboʻlgan, keyinchalikkaryerlardabunyodkorlikvahaykaltaroshlikishlariuchunmarmartoshlarikattahajmdaqazibolingan. 20-asr boshigacha ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan togʻ jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qoʻngʻir koʻmirning 90%, toshkoʻmirning 20% karyerlardan qazib olingan. Katta karyerlarda yiliga oʻnlab million tonna foydali qazilma va puch togʻ jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta karyerlar: "Bogatir" (Qozogʻiston) — yiliga 50 mln.t dan ortiq toshkoʻmir va 25 mln.m3 qoplama togʻ jinslari, "Maunt-Rayt". (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama togʻ jinslari, "Fortuna" (Germaniya) — 42,6 mln.t qoʻngʻir koʻmir va 89,2 mln.m3 qoplama togʻ jinslari qazib chiqariladi. Oʻzbekistonda "Muruntov" oltin qazib oladigan karyer bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uzunligi 3500 m, eni 2500 m, chuqurligi 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish koʻrsatilgan. "Qalmoqqir" karyerning yillik unumdorligi 24 mln.m3 boʻlib, tarkibida mis, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, rux, reniy, osmiy mavjud boʻlgan ruda qazib olinadi. "Angren" karyerida yiliga 3 mln. t atrofida qoʻngʻir koʻmir va kaolin qazib olinadi. Oʻzbekistondagi 36 marmar va 21 granit karyerlarda yiliga 2,3 mln.m3dan ortiq (2001) qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Gʻozgʻon, Jom, Zarband va Nurota karyerlari, granit chiqadigan Langar va Sevasoy karyerlari mashhur.Karyer-foydali qazilmani ochiq usulda qazib oluvchi konchilik korxonasi.