O`zbekistonda asosiy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish
Mahsulotlar
O`lchov
birligi
1994
1997
1999
Elektr quvvati
Mlrd. kVt.s
47,8
46,1
45,4
Neft
Mln.t
5,5
7,9
8,1
Benzin
Ming t
1398
1360
1638
Tabiiy gaz
Mln.m
3
47,2
51,2
55,6
Ko`mir
Mln.t
3,8
2,9
3,0
Po`lat
Ming t
364
379
355,6
Traktorlar
Dona
1684
2852
1707
Paxta terish mashinalari
Dona
651
1049
278
Yengil avtomobillar
Ming dona
-
64,9
58,8
Videomagnitofonlar
Ming dona
23,9
140,6
6,7
Televizorlar
Ming dona
50,7
268,4
50,3
Kimyo tolasi
T
12490
7299
11472
Mineral o`g`itlar
Ming t
811
954,4
876,2
Sement
Mln.t
4,8
3,4
3,3
Paxta tolasi
Ming t
1384,8
1125
1018,0
Ip-gazlama
Mln.m
3
480
424,9
303,5
Poyafzal
Mln.juft
27823
5540
3870
Un
Ming t
2941,7
1727,1
1848,1
Guruch
Ming t
240,1
128,8
138,6
O`simlik yog`i
Ming t
359,7
276,4
227,6
Zaminning biror-bir burchagida qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanmaydigan
mamlakat bo`lmasa kerak. Respublikamiz uchun qishloq xo`jaligi milliy
iqtisodiyotning
ustivor
yo`nalishlaridan
biridir.
U
mamlakatda
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning deyarli uchdan bir qismini beradi.Qishloq xo`jaligi
aholini turli-tuman noz-ne`matlar, sanoat tarmoqlarini esa xomashyo bilan
ta`minlab turadi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
tufayli qishloq xo`jaligida foydalanib kelinayotgan yer va mulklar qayta
taqsimlandi, ijtimoiy va tarkibiy o`zgarishlar ro`y berdi. Qishloqlarda shirkatlardan
tashqari xo`jalik yuritishning yangi shakllari-ijara xo`jaliklari, fermerlar, har xil
turdagi hissadorlik jamiyatlari faoliyat ko`rsatmoqda. Shu bilan birga xo`jaliklararo
korxonalar, tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tasarrufidagi yordamchi
xo`jaliklar ham mavjud. Qishloq joylarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar, bu sohada tadbiq qilinayotgan agrotexnologiya va texnika, seleksiya va
urug`chilik sohasida jahon miqyosida qo`lga kiritilgan tajriba, dehqonchilik
madaniyatidan unumli foydalanish asosida arzigulik yutuqlarga erishilmoqda.
O`zbekistonda ish bilan band aholining 36 foizidan ortiqrog`i qishloq
xo`jaligi sohasiga to`g`ri keladi. Tabiiy sharoiti, iqlimi o`ziga xos xususiyatlarga
ega bo`lgan O`zbekiston sharoitida qishloq xo`jalik tarmoqlari va eng avvalo,
uning yetakchi tarmog`I paxtachilik sun`iy sug`orishga asoslangan. Respublika
qishloq xo`jaligida paxtachilik bilan birga sholikorlik, bog`dorchilik, uzumchilik
kabi tarmoqlar ham rivoj topgan. Texnika ekinlaridan kanop va jut ham
yetishtiriladi. Bu ekinlar Toshkent viloyatida ekiladi. Samarqand viloyatidagi urgut
tumani yuqori sifatli tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Tamaki qishloq
xo`jaligining yuqori daromadli mahsuloti bo`lib hisoblanadi.
Mamlakatning deyarli barcha hududlarida g`alla ekinlari asosan, bug`doy
yetishtiriladi. Yaqin yillargacha respublika g`alla mahsulotlari bilan o`zini to`la
ta`minlay ololmas edi. Endilikda samarali agrar siyosatni amalga oshirish tufayli,
O`zbekistonda
g`alla
mustaqilligiga erishildi.
Respublika
g`allachiligida
sholikorlik ham muhim o`rin tutadi. Sholikorlik asosan Qoraqalpog`iston
Respublikasi va Xorazm viloyatida rivojlangan.
O`zbekistonda chorvachilik, ayniqsa uning asosiy tarmog`i bo`lgan
qo`ychilik muhim o`rin tutadi. Qo`ychlikda esa qorako`lchilik o`ziga xos mavqega
ega. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va
Qoraqalpog`iston respublikasi bu borada asosiy hududlar hisoblanadi.Qishloq
xo`jaligining qadimiy va istiqbolli tarmoqlaridan biri bo`lgan pillachilik ham
mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o`rin tutadi.O`zbekiston jon boshiga pilla
yertkazish bo`yicha jahonda birinchi, umumiy hajmi bo`yicha beshinchi o`rinda
turadi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o`tish sharoitida respublikada
vujudga kelayotgan fermer xo`jaliklar safini kengaytirish bilan bog`liq bo`lgan
chora-tadbirlarni kuchaytirish borasida ish olib borilmoqda. Hozir mamlakatda
bunday xo`jaliklar soni 215 mingdan ortib ketdi. 2007 yilda yetishtirilgan
paxtaning 99 foizi, g`allaning 87 foizini fermer xo`jaliklari yetishtirib berdi.
Qishloq xo`jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning 94 foizi fermer xo`jaliklari
hissasiga to`g`ri kelmoqda. Shuningdek, Respublika qishloq xo`jaligida 200 dan
ziyod agrofirma faoliyat ko`rsatmoqdi. Qishloq xo`jaligida jami 2007 yilda 3650
ming tonna paxta, 6250 ming tonna g`alla yetishtirildi.
Qishloq xo`jaligi to`g`risida yuqorida keltirilgan fikrlar bu sohaning keng
termoqli ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga qishloq xo`jaligi oldida qator
muammolar ham mavjud. Ularni hal etish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
katta ahamiyatga ega. Ushbu muammolar jumlasiga sug`oriladigan yerlar
unumdorligini oshirish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, o`simliklarda
uchraydigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirish kabilar
kiradi. Ayni vaqtda qishloq joylarda mehnat resurslaridan samarali foydalanish,
qishloq sanoati va Respublika agrar siyosati doirasida dolzarb masaladir.
|