Reja: Fanni o‘qitishda to‘plangan ilg‘or tajribalar. Tayanch iboralar



Yüklə 262,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.06.2023
ölçüsü262,48 Kb.
#135479
  1   2   3
AG3i03ty3PFj8FnT0KhE9aZ0SbudpehMFNsTcU0L



Modul: Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
1-12-1. Fanni o‘qitishda to‘plangan ilg‘or tajribalar. 
 
 
 REJA: 
1. Fanni o‘qitishda to‘plangan ilg‘or tajribalar. 
 
Tayanch iboralar: milliylashtirilgan xalqaro va DTS, o‘quv-moddiy bazalar va 
o‘quv moddiy ta’minot, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda harbiy ta’lim tizimidagi 
muhim xususiyatlari,pedagog-kadrlarning sifati, Professional ta’lim tizimi, Oliy va 
o‘rta maxsus, o‘rta ta’lim tizimi. blended learning (аралаш ўқитиш), маҳорат 
дарслари, вебинар дарс, эвристик методлар 
Respublikamizda ta’lim tizimi doimo davlatimiz rahbari e’tiborida bo‘lmoqda. 
O‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan avlodning 
shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil 
qilish, bu sohada chuqur islohotlar o‘tkazish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy 
chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu Davlatimiz rahbarining qabul qilgan qaror 
va farmonlarida, meyoriy hujjatlarda o‘z aksini topyapti. Zamonaviy 
taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan 
kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. 
Davlatimiz rahbarining ushbu so‘zlari o‘zbek milliy ta’lim tizimini bugungi 
davr da’vati zamirida tubdan modernizatsiya qilishning bosh mayog‘i, qat’iy 
shiori, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, mustaqillik yillarida 
mamlakatimizda shakllangan ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro 
standartlar, shuningdek asrlar davomida sayqal topib kelgan milliy tarixiy 


tajribamiz, an’analarimiz hamda qadriyatlarimiz asosida isloh qilish bugunning 
o‘tkir talabiga aylandi. Ma’lumki, bundan yigirma yillar avval yaratilgan «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi qonun (1997 y.) o‘z davrida muhim ijtimoiy munosabatlarni huquqiy 
tartibga solish vazifasini o‘tagan bo‘lsa-da, hozirgi innovatsion rivojlanish, raqamli 
iqtisodiyot hamda elektron muloqotga asoslangan ijtiomiy hayot masalalarini 
yechishning, ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan hozirgi talablarni ta’minlashning 
qonuniy zamini bo‘lish missiyasini bajara olmay qoldi. Tabiiyki, hozirgi zamonda 
yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy mezonlari hamda andozasi 
o‘zgardi. Ular bilimni, axborotni, hayot tarziga ta’sir etuvchi boshqa ma’lumotlarni 
nafaqat oilada, maktabda, oliy ta’lim dargohida, balki dunyoviy miqyosdagi 
vertual axborot makonidan, Internet va ijtimoiy tarmoqlardan, matbuot, radio, 
televideniye hamda o‘zga manbalardan olish imkoniyatiga egalar. Ta’lim va 
tarbiyani tashkil etishda ushbu real voqelikni inobatga olmaslik aslo mumkin emas. 
Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib, «Ta’lim to‘g‘risida» yangi qonun ishlab 
chiqilib, 2020 yil 19 mayda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul 
qilindi. Joriy yilning 7 avgustida Senatning oltinchi yalpi majlisida ma’qullandi
Harbiy kadrlarni tayѐrlashda harbiy jamoalarni tayѐrlashga kompleks yondashuvni 
amalga oshirish, pedagogik jaraѐnning har bir funksiyasining qoidalari va 
shartlariga rioya qilinsa kadrlarni tayѐrlash jaraѐnini tashkil etish va o‘tkazish 
davlatning harbiy siѐsati talablariga muvofiq, qo‘mondonlik buyruqlari va 
ko‘rsatmalari bilan amalga oshiriladi. 
Ta’lim tizimini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar hamda rivojlangan 
mamlakatlar tajribasini o‘rganish samarali usullardan biri xisoblanadi. Biz xam 
ushbu maqolada ba’zi bir rivojlangan mamlakatlarning harbiy pedagog kadrlar 
tayyorlash tizimiga nazar soldik. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda harbiy ta’lim 
tizimidagi muhim xususiyatlaridan biri bu tashkiliy xususiyatdir. Ushbu 

Yüklə 262,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin