Reja: Fanni o‘qitishda to‘plangan ilg‘or tajribalar. Tayanch iboralar



Yüklə 262,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix27.06.2023
ölçüsü262,48 Kb.
#135479
1   2   3
AG3i03ty3PFj8FnT0KhE9aZ0SbudpehMFNsTcU0L

GERMANIYA DAVLATI TA’LIM TIZIMI.
Ta’limni joriy qilish va boshqarish Federal yerlar (FE) xuqumatining 
konpetensiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy raxbarlik ham bor: 
ta’lim vazirligi ta’lim siyosati konsepsiyasini ishlab chiqadi.
Xususiy maktablar o‘quv dasturlarini tanlashda davlat maktablariga nisbatan 
erkin bo‘lganligi bois turli pedagogik muqobillarning aprobatsiyasi o‘tkazilib 
turiladi. 
Sekin asta differensiyalashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir o‘quvchiga uning 
qobiliyati va o‘qishdagi turlicha yo‘nalishiga ko‘ra moslashuvchan yondashuv 
kiritilmoqda.
Janubiy Koreya Respublikasi: 
Ko‘plab tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortmoqda, sababi bu davlat 
postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo-Tinch okeani regionining 
noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart bo‘lgan asosiy vazifa - 
o‘z an’anaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘z 


madaniy-siyosiy identivlik, Sharqning an’anaviy qadriyatlari va oriyentirlari bilan 
bog‘lashga intilish deb hisoblaydilar.
Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarining qo‘shilishi bugungi kunda 
integratsiyaning eng samarali shakli hisoblanadi. Ko‘p rivojlanayotgan davlatlarda 
ta’lim bugungi kunda jamiyatning faqat sarf-harajatlar sohasi emas, balki asosiy 
ishlab chiqaruvchi kuchiga aylandi. YA’ni, ta’lim raqobatbardosh, jiddiy 
moliyaviy mablag‘larni olib keluvchi soha bo‘lishi kerakligi isbotlandi. Ta’limning 
deyarli bosqichilari davlat va iqtisodiyotning rivojlanishiga qaratilgan bo‘lishi 
kerak. 
Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, 
xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili 
kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi 
aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Deklan Bern 
"blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi –“ushbu ta’lim boy 
pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday yondashuv 
axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil 
etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda 
an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha 
yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. 
Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va 
kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi. Bugungi kunda 
blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari 
kombinatsiyasi hisoblanib, bunda 3 an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni 
uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi 
va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning 
masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fake learning) 
va internet orqali ta’lim (Onlin learning)dan iborat. 
Vebinar metodi Bugun masofaviy ta’limning yana bir turi «webinar» (1998 yilda 
bu termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya 
o‘qitishni web –texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. 
Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni yetkazadi, balki ular bilan 
muloqotga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar 
ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib 
aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham subyekt-subyekt 
paradigmasiga o‘tmoqda. Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet 
orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda 
sanab o‘tilgan ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars 


keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv yoki 
kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, 
ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin. 
Evristik o‘qitish metodi Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi 
o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab 
oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish 
jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning yechimi bo‘yicha 
boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani yechish davomida 
o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib 
borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar. 
Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va 
o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: O‘qituvchi 
faoliyatining tuzilmasi O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi o‘quvchilarga o‘quv 
muammosini taklif etish; o‘quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini 
o‘rnatish; o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish o‘quv muammolari 
mohiyatini anglab olish; tadqiqot muammosini o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan 
birgalikda o‘rnatishda faollik ko‘rsatish; ularni yechish usullarini topish; tadqiqiy 
masalalarni yechish usullarini o‘zlashtirish Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy 
xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish 
ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar 
mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf 
o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda 
qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-
o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz 
ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi 
loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Yüklə 262,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin