Mavzu: Vebinar mashg'ulotlarning asosiy shakllari va tashkil etish shakllari Reja: Vebinar texnologiyalar va ularni talim jarayonida qollash.
Vebinar mashg'ulotning bosqichlari
Vebinar mashg'uloti bo'yicha dars ishlanma
Vebinar texnologiyalar va ularni talim jarayonida qollash.Zamonaviy sharoitda talim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qollanilmoqda. Vebinar texnologiyalar (ingl. “webinar” - web-based seminar) – 1) web-texnologiyalari va an’anaviy ta’limning o‘zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminar; 2) Internet texnologiyalari va maxsus dasturlar qo‘llanilgan holda talaba (tinglovchi)lar bilan interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakli. Garchi vebinar tushunchasi shu manoni anglatsa-da, biroq, talim amaliyotida keng manoda qollanilib, turli onlayn tadbirlar (seminar, konferentsiya, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar boyicha tarmoq translyatsiyalari (kompьyuter yoki Internet tarmog‘ida namoyish etiladigan lavhalar) va ta’lim vositalarini anglatishga xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali pedagoglar interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar uchun esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniyatini yaratadi. CHunki ushbu interfaol talim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay joyda tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar texnologiyalar asosidagi mashgulotlarni samarali tashkil etish uchun muayyan konikmalarga ega bolish, bir qator shart va qoidalarga rioya etish talab qilinadi. Bu turdagi texnologiyalarning yaratilish tarixi 1980-yillardan birinchi marta matnli xabarlarni almashish tizimi yaratilgan vaqtdan boshlangan. Otgan asrning 90-yillarida yanada takomillashgan muloqot tizimi veb-chat hamda juda qisqa vaqtda xabarlarni almashish tizimlari payo boldi. 90-yillarning oxirlariga kelib, birinchi konferents-aloqalarni tashkil etish tizimi ishlab chiqildi. SHundan song koplab boshqa muloqot tizimlari, jumladan, Internet tarmogidagi konferents-aloqalarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi. Vebinar mashgulotlarni olib borish uchun pedagoglarning oldiga veb-kamera ornatilib, u tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulot tarmoq orqali namoyish etiladi. Bu mashg‘ulotni Yer sharining istalgan nuqtasida ko‘rish, Internet tarmog‘iga ulangan kompьyuter vositasida talabalar va pedagog o‘rtasida muloqotni tashkil etish mumkin. Mashg‘ulot ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqa Veb-ilova xizmati orqali taminlanadi. Vebinarga ulanishi uchun ishtirokchi (talaba, tinglovchi) oz manzilini sayt manzilidagi brauzer qatoriga kiritishi zarur. Talabalar pedagogni tinglagan holda unga savollarni ogzaki hamda yozma tarzida berishlari mumkin. Pedagog oz kompьyuterida o‘quv materiallari (matnli hujjatlar, taqdimot slaydlari va b.)ni namoyish etish, virtual doskaga yozish, chizish imkoniyatiga ega. U ishtirokchilarning barchasini ko‘rib turadi va istalgan talaba, tinglovchiga yoki ularning barchasiga bir vaqtning ozida etiborni qarata oladi. Boshqacha aytganda mashgulot otayotgan virtual auditoriya tola ravishda pedagogga korinib turadi. Odatda vebinar mashgulotlar turli shakllarda tashkil etiladi. Talim shaklining tanlanishi pedagog tomonidan qoyilgan maqsadan kelib chiqib belgilanadi. Vebinar mashgulotlarni otkazish maqsadlari quyidagicha bolishi mumkin: - talabalar tomonidan o‘quv materialining puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash; - talabalarning mavjud bilimlarini mustahkamlash; - jamoada ishlash metodlarini o‘zlashtirish; - o‘zaro tajriba almashish; - kasbiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish; - bilish faoliyati miistarn’l tashkil etishda Odatda vebinar mashgulotlar talabalar tomoni oquv moduli, uning muayyan bolimi, mavzulari mustaqil organilgandan keyin tashkil etiladi. Bu mashgulotlarning ananaviy darslardan farqi ularda har bir talaba, tinglovchi oquv materialini muhokama qilish va muayyan konikma, malakalarni ozlashtirish masalalarini muhokama etisha faol ishtirok etishi mumkin. Mashgulotning muvaffaqiyati pedagogning mahoratiga, muloqot jarayonining togri tashkillashtirishiga, auditoriyaning faolligiga va mashgulot shaklining maqsali tanlanganligiga bogliq. Vebinar mashgulotlar uch bosqichda tashkil etiladi. 1-bosqich. Texnik ta'minot 2-bosqich. Vebinar mashg'ulotlarni tashkil etishga tayyorgarlik 3-bosqich. Vebinar mashg'ulotni olib borish Qoshimcha ravishda ishtirokchilarga Vebinarda qanday ishtirok etish mumkin? nomli qisqacha yoriqnomani yuborish maqsadga muvofiqdir. Vebinar mashguloti haqidagi xabar masofaviy oquv kursining Yangiliklar forumida tarqatilishi va tavqimda qayd etilishi kerak. Agarda vebinar mustaqil tashkil etilayotgan bolsa, u holda ishtirokchilar mashgulot haqida bir hafta oldin xabardor qilinishi, shuningdek, mashgulot haqida yana bir bor bir kun va bir soat avval xabar yuborilishi maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi mashgulotning dasturiy taminoti mutaxassislar tomonidan taminlanadi. Ayni vaqtda vebinar mashgulotlar turli tijorat (Webinar.ru, Comdi, Mirapolis Virtual Room va b.) hama erkin tarqatuvchi (OpenMeetings, OnWebinar va h.k.) serverlar yordamida tashkil etiladi.