58
belgilanish orqali turizm va iqtisodiy migiratsiya o‘rtasidagi chegara aniqlab
olinadi. Xalqaro bitimlar bo‘yicha turist maqomi sayohatchi uchun qator
imtiyozlar
yaratadi, qaysikim, soddalashtirilgan viza rejimi
va yashash hamda transport
xizmatlaridagi to‘lovlarda chegirmaga ega.
Chet elda 24 soatdan kam bo‘lmagan sayohatchi ekskursant hisoblanadi
va bu kategoriya avvalo G‘arbiy Yevropa va Sharqiy O‘rtayer dengizi
mamlakatlarida keng tarqalgan.
Turizm o‘zida turistik industriyaga birlashgan
butun bir xizmatlar
majmuasini mujassamlashtirgan: mehmonxonalar,
boshqa vaqtincha joylashish
vositalari (motellar, kempinglar va boshqalar), umumiy ovqatlanish ob’ektlari,
ko‘ngilochar ob’ektlar va vositalar, bilimni boyitadigan ob’ektlar, ishga aloqador,
sport va boshqalarga mo‘ljallangan xizmatlar. Turistik industriyaning tarkibiy
qismi bo‘lib, o‘z turistik biznesi hisoblanadi. Turistik biznesda harakat qiladi: a)
turistik mahsulotlar (tur) ishlab chiqaradigan turoperatorlar –
firmalar; b)
turagentlar – mustaqil firmalar yoki turoperatorlar agentlari, qaysikim, turoperator
bilan yozma kelishuvga muvofiq turistik mahsulotlarni tarqatadi.
Turistik
industriya
– ko‘p mablag‘ va mehnat talab qiladigan soha. BTT bahosi bo‘yicha,
1990 y. oxirida xalqaro turizm ulushiga jahon ichki yalpi mahsuloti (IYAM)ning
11%, tovar va xizmatlarning jahon eksportini 6% va ishchi o‘rinlarining 10%ga
yaqini to‘g‘ri kelgan. Barcha mamlakatlar bo‘ylab tashrif buyuruvchi turistlar har
yilgi soni 900 mln. kishiga yetdi. Shu bilan birga o‘n yilda xalqaro turizm bir
yarim martaga o‘sdi va o‘sishi davom etayapti. O‘sish sur’atlari bo‘yicha
jahon
IYAM o‘sishini quvib o‘tayapti. Bu ham XXI asr boshidanoq xalqaro turizmni
jahon iqtisodiyotining yirik sohasiga aylanishi haqida mulohazalar bildirishga asos
bo‘la oladi. Ammo sayohat dinamikasi milliy iqtisodiy kon’yukturasiga, shu
jumladan jahon xo‘jaligiga juda sezgir.
Hozirgi zamon turizmi uchun sezilarli xududiy notekislik harakterlidir.
Bunday qaraganda, u umumiy ko‘rinishda har xil ijtimoiy –iqtisodiy darajani aks
ettiradi. Masalan, hozirgi vaqtda rivojlangan
davlatlarga barcha turistik
kelishlarning 57%, endi rivojlanayotgan mamlakatlarga 30%, o‘tkinchi iqtisodiyot
mamlakatlariga 13% to‘g‘ri keladi. Turistik kelishlarning regional tahlili va
daromadlari tahlili chog‘ida jahonning oltita turistik makroregionlari ajratiladi:
1.
Yevropa
– G‘arbiy,
Shimoliy, Janubiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa,
Sobiq SSSR respublikalari qo‘shilgan holda, shuningdek Sharqiy O‘rta yer
dengizi davlatlari (Isroil, Turkiya, Kipr);
2.
Dostları ilə paylaş: