56
umumiy, ya’ni so‘zsiz tartibda mamlakat tomonidan qabul
qiladigan;
spesifik, ya’ni u yoki bu mamlakatlar xizmatlar bozoriga
kirishning aniq shartiga dahldor.
Umumiy majburiyat – bu eng avvalo ko‘proq qulay rejim (RNB), u
ishtirokchi mamlakatlarini milliy xizmatlar bozoriga kirishni teng ta’minlaydi,
ammo bunday kirish shartlarini belgilamaydi. GATSni imzolay turib, davlart
darhol o‘zining xizmatlar bozorining barcha sektorlarida yetkazib berishni milliy
rejim darajasigacha liberallashtirishga majbur emas. Kirish haqidagi muzokaralar
chog‘ida xizmatlar alohida sektorlari uchun milliy
iqtisodiyot siyosati va
rivojlanish darajasi istiqbollarini hisobga olgan holda o‘tish davri ma’lum
davomiyligiga erishishi mumkin. Xizmatlar bozorining bunday keyingi
liberallashtirilishi ko‘p tomonlama yangi muzokaralar o‘tkazish bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Xizmatlar turlari turli darajada liberallashtirilgan. Turli guruh mamlakatlar
xizmatlar bozori ochiqligiga har xilda manfaatdorlar. Ammo biroq BJST a’zolari
bo‘lgan ko‘pchilik mamlakatlar milliy rejimdan olingan, yoki hatto qo‘lay rejimni
saqlashadi. Tabiiyki xizmatlar bozorini liberallashtirilishidan avvalo rivojlangan
davlatlar va trans milliy korporatsiyalar manfaatdor. Xizmatlar bozorining turli
sektorlari bir xil darajada liberallashtirilmagan. Ko‘proq ochiq sohalarga turizm
kiradi. 1990 yilda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari bozorlarini
liberallashtirish to‘g‘risida bitim tuzildi. U nafaqat gurkirab rivojlanib borayapti,
balki
arzonlashayapti ham, shuningdek moliyaviy xizmatlar bozorida sug‘urta va
kredit qiymatlarini pasaytirishga olib kelishi mumkin.
3.§. Xalqaro
turizm
Turizm –xalqaro xizmatlar savdosida muhim sohalardan biri bo‘lib, ayni
paytda jahon iqtisodiyotining jadal sur’atlarda o‘sayotgan sohalridan biridir. Bu
soha biznesning ko‘proq daromad keltiradigan turlaridan. U yirik investitsiyalarni
jalb etadi. O‘sib borayotgan bandlikni ta’minlaydi. Daromad tushumini
ko‘paytiradi va shu jumladan mamlakatda davlat byudjeti tushumini ta’minlaydi.
Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va har tomonlama sohalarini
mujassam etgan holda, butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Turizm
aloxida mamlakatlar xo‘jaligiga ham, xududlarga ham birday tegishli. Ayrim
mamlakatlarda turizm sohasi valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi.
Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush
farovonligi qo‘llab –quvvatlanib turiladi. Turizm jahon xo‘jaligining uch yetakchi
eksport sohalari qatoriga kirib, u faqatgina neft qazib olish va avtomobilsozlik
sanoatlaridangina keyingi o‘rinni egallaydi.
Hozirgi paytda turizm sohasi ulushiga butun jahon eksportining 8%ga
yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 10,8%, jahon
kapital qo‘yilmalarining 9,4%, jahon iste’molchilik harajatlarining 11%,
butun
jahon soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, turizm sohasi
57
aholining bandligiga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi
zamon turizmi va uning bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarida jahondagi har sakkizinchi
xodim banddir.
Jahonning ko‘pchilik davlatlarida turizm yagona tizim sifatida rivojlanib
bormoqda. Qaysikim u mazkur mamlakat va uning xalqaro tarixi, diniy, ma’naviy,
madaniy hamda urf-odatlari bilan tanishish imkoniyatlarini yaratib beradi. Turizm
mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek u juda ko‘pchilik
xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam
ko‘rsatadi. Turizm sohasi nafaqat eng yirik, balki
jahon iqtisodiyotining eng
dinamik holda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. U tez suratlarda o‘sishi bilan
yuz yilning iqtisodiy fenomeni hodisasi sifatida tan olingan. XX asrning ikkinchi
yarmi davomida xalqaro turistlar soni salkam 28 martaga ko‘paydi, bu xizmat
turidan tushgan tushumlar esa 237 martaga ortdi.
Butun dunyo bo‘yicha turistik xizmatlarga o‘sib borayotgan talab eng avvalo
ijtimoiy – iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‘sishi va bo‘sh
vaqt ko‘payishi, haq to‘lanadigan ta’tillar muddati ko‘payishi, pensiya
ta’minotining yetarli darajasi, oila tarkibida bolalar kamayishi evaziga o‘zgarishi
va h.k), shuningdek transport taraqqiyotidagi o‘sish, uni arzonlashishi va
hammaning qurbi yetishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor
qilinishi, viza rejimini liberallashtirilishi kabilar.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
kabi turizm ham xalqaro, ham milliy
tartibga solishning ob’ekti hisoblanadi. Xukumatlararo turizmning rivojlanishiga
javob beruvchi yetakchi tashkilot, BMT bosh assambleyasi butunjahon turistik
tashkiloti (World Tourist Organisation, WTO- BTT) ni tan oladi. BTT 1975 yildan
buyon xalqaro turistik tashkilot rasmiy ittifoqi merosxo‘ri sifatida faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda.
BTT a’zolikning quyidagi kategoriyalarini o‘z ichiga oladi: 1) haqiqiy
a’zolar (Suveren davlatlar,
shu jumladan, ko‘pchilik MDH mamlakatlari va
Rossiya); 2) assotsiyalashgan a’zolar (o‘zining tashqi siyosatiga mustaqil mas’ul
emas hududlar); va 3) qo‘shiluvchi a’zolar (hukumatlararo, nodavlat va notijoriy
tashkilotlar va birlashmalar, ya’ni sohada faoliyat ko‘rsatayotgan, turizm uchun
qiziqish bildirayotgan).
BTT xalqaro turizmi tashkil qilish bo‘yicha bir qator deklaratsiyalar va
boshqa hujjatlar qabul qilgan, shu jumladan turizm bo‘yicha Hartiya va turist xulqi
Kodeksi (1985y), statistik spravochniklar va prognozlar nashr qiladi, turistik
biznes uchun ma’lumotlar axborot bankini taklif qiladi. Unda xalqaro turizm uchun
zarur bir qator muhim tushunchalar qayd etilgan («turizm», «turist»
singari va
boshqa).
Turizm salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi va yashash joyidan
tashqariga chiqish va faol dam olishni belgilaydi. Turizmda «turist» (tashrif
buyuruvchi) va «ekskursiyant» tushunchalari ajratiladi.
Turist – bu har qanday
Dostları ilə paylaş: