O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


shaxs, qaysikim boshqa davlat hududida kamida 24 soat qoladi, lekin



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix25.09.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#64099
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

shaxs, qaysikim boshqa davlat hududida kamida 24 soat qoladi, lekin 
sog‘lomlashtirish, bilimni boyitish, kasbiy – ishga doir, sport, diniy va boshqa 
maqsadlarda, 
vaqtincha 
yashayotgan 
mamlakatda 
shug‘ullanishsiz 
to‘lanadigan faoliyatda 1 yildan ortiq qolish mumkin emas. Anna shunday 


58 
belgilanish orqali turizm va iqtisodiy migiratsiya o‘rtasidagi chegara aniqlab 
olinadi. Xalqaro bitimlar bo‘yicha turist maqomi sayohatchi uchun qator imtiyozlar 
yaratadi, qaysikim, soddalashtirilgan viza rejimi va yashash hamda transport 
xizmatlaridagi to‘lovlarda chegirmaga ega. 
Chet elda 24 soatdan kam bo‘lmagan sayohatchi ekskursant hisoblanadi 
va bu kategoriya avvalo G‘arbiy Yevropa va Sharqiy O‘rtayer dengizi 
mamlakatlarida keng tarqalgan. 
Turizm o‘zida turistik industriyaga birlashgan butun bir xizmatlar 
majmuasini mujassamlashtirgan: mehmonxonalar, boshqa vaqtincha joylashish 
vositalari (motellar, kempinglar va boshqalar), umumiy ovqatlanish ob’ektlari, 
ko‘ngilochar ob’ektlar va vositalar, bilimni boyitadigan ob’ektlar, ishga aloqador, 
sport va boshqalarga mo‘ljallangan xizmatlar. Turistik industriyaning tarkibiy 
qismi bo‘lib, o‘z turistik biznesi hisoblanadi. Turistik biznesda harakat qiladi: a) 
turistik mahsulotlar (tur) ishlab chiqaradigan turoperatorlar – firmalar; b) 
turagentlar – mustaqil firmalar yoki turoperatorlar agentlari, qaysikim, turoperator 
bilan yozma kelishuvga muvofiq turistik mahsulotlarni tarqatadi. Turistik 
industriya – ko‘p mablag‘ va mehnat talab qiladigan soha. BTT bahosi bo‘yicha, 
1990 y. oxirida xalqaro turizm ulushiga jahon ichki yalpi mahsuloti (IYAM)ning 
11%, tovar va xizmatlarning jahon eksportini 6% va ishchi o‘rinlarining 10%ga 
yaqini to‘g‘ri kelgan. Barcha mamlakatlar bo‘ylab tashrif buyuruvchi turistlar har 
yilgi soni 900 mln. kishiga yetdi. Shu bilan birga o‘n yilda xalqaro turizm bir 
yarim martaga o‘sdi va o‘sishi davom etayapti. O‘sish sur’atlari bo‘yicha jahon 
IYAM o‘sishini quvib o‘tayapti. Bu ham XXI asr boshidanoq xalqaro turizmni 
jahon iqtisodiyotining yirik sohasiga aylanishi haqida mulohazalar bildirishga asos 
bo‘la oladi. Ammo sayohat dinamikasi milliy iqtisodiy kon’yukturasiga, shu 
jumladan jahon xo‘jaligiga juda sezgir. 
Hozirgi zamon turizmi uchun sezilarli xududiy notekislik harakterlidir. 
Bunday qaraganda, u umumiy ko‘rinishda har xil ijtimoiy –iqtisodiy darajani aks 
ettiradi. Masalan, hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarga barcha turistik 
kelishlarning 57%, endi rivojlanayotgan mamlakatlarga 30%, o‘tkinchi iqtisodiyot 
mamlakatlariga 13% to‘g‘ri keladi. Turistik kelishlarning regional tahlili va 
daromadlari tahlili chog‘ida jahonning oltita turistik makroregionlari ajratiladi: 
1. Yevropa – G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa
Sobiq SSSR respublikalari qo‘shilgan holda, shuningdek Sharqiy O‘rta yer 
dengizi davlatlari (Isroil, Turkiya, Kipr); 
2. Amerika – Shimoliy, Janubiy, Markaziy Amerika mamlakatlari, Karib 
havzasi xududi va orol davlatlari; 
3. Osiyo –Tinch okeani – Sharqiy va Janubi – Sharqiy Osiy, Avstraliya va 
Okeaniya; 
4. Afrika – Afrika mamlakatlari, Misr va Liviyadan tashqari; 
5. Janubiy Osiyo – Janubiy Osiyo barcha mamlakatlari; 
6. Yaqin Sharq – G‘arbiy mamlakatlari va Janubi – G‘arbiy Osiy, Misr va 
Liviya. 
Deyarli 62% xalqaro turistik safarlar dam olish maqsadida amalga oshiriladi, 
ishga aloqador turizm 20%, qolgan 18% esa boshqa maqsadlarga: tanishlar, 


59 
qarishdoshlarnikiga tashrifni, diniy sayohat (ziyorat, davolanish va h.k.)ni tashkil 
qiladi. 
44%ga yaqin xalqaro turistlar mo‘ljallangan manzillarga havo transportida, 
42% - avtoyo‘l (avtomashina va avtobus)larda, 8% - dengiz va nihoyat 7% 
temiryo‘l orqali yetib kelishadi. 
2020 yilgacha bo‘lgan davrda xalqaro kelishlar BTT prognozlari bo‘yicha 
ikki martadan ziyodroqqa ko‘payadi. (2003 y. 694 mln. dan 2010 yilga 1 mlrd. 
gacha va 2020 yilgacha 1,56 mlrd. gacha). Bu o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan ozgina 
ko‘p yiliga 4% shu bilan birga yillik o‘sish sur’atlari Osiyo – Tinch okeani 
hududida, Janubiy Osiyo, Afrika va O‘rta Sharq 5% oshadi. Yevropa va 
Amerikada esa o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rtachadan past (tegishli ravishda 3 va 3,9%) 
bo‘ladi. 
BTT va YEI komissiyasi prognozlari asosida turistik industriyaning 
quyidagi asosiy rivojlanish tendensiyalari ajratiladi: 
 uzoq masofaga hududlararo safar ulushi ortadi (1995y. 17,9% ni tashkil 
etadi, 2020 yilga borib esa 24,2% gacha ko‘payadi). Bunday safarlarga 
keyingi va tez narx tushishi tendensiyasi kuzatiladi, ayniqsa yuqori 
tezlikdagi aviatexnika keng tarqala boshlagach shunday bo‘ladi; 
 turizmda tashqi omillar ta’siri kuchayadi; iqtisodiy vaziyat, siyosiy, sayohat 
xavfsizligi darajasi; 
 turizmga sezilarli ta’sir o‘tkazadi; kompyuter rezervatsiya tizimi, texnologik 
taraqqiyot aviatashish takomillashuvi, elektron axborot, kommunikatsion 
tizim; 
 havo transportidan foydalanish kengayadi (qulay, to‘g‘ridan –to‘g‘ri reyslar 
soni ko‘payishi natijasida); 
 hamma turdagi sayohatlarga harajatlar, birinchi navbatda transportga, oila 
byudjeti boshqa statiyalariga qaraganda tez ko‘payadi (bugungi kunda 
o‘rtacha klass oila byudjetida turizmga 8.12 ajratilayapti. Bu ovqat, kiyim –
kechak, mebelga ajratilgan harajatlardan ko‘pdir va faqat uy-joy 
harajatlaridan keyin turadi. Sayohat tez-tez bo‘ladigan bo‘ladi, lekin 
davomiyligi kamayadi.
Sayohatga harajatlar yanada sifatliroq dam olish evaziga ortadi: 
 bozor kon’yukturasining mavsumiy o‘zgarishi yaqin kelajakda turizm 
industriyasi uchun muammo bo‘lmay qoladi. Chunki marketing ulardan 
qulay foydalanish imkonini beradi; 
 boshqa yosh guruhlariga nisbatan ikki yosh guruhlar faol sayohat qiladilar: 
yoshlar va keksalar; 
 bozorning marketing segmentlanishi yorqinroq aks etadi. Taklifni har bir 
guruh ehtiyojiga qarab ko‘rish zarur bo‘ladi; 
 atrof –muhit holati turistlarni jalb etishda asosiy mustahkam omillardan biri 
bo‘ladi, ayniqsa qishloq va qirg‘oq bo‘yi rayonlarda; 
 turizmga talab o‘sishda davom etadi, ayniqsa madaniy diqqatga sazovor 
joylarni ko‘rish, shuningdek faol dam olishga talab oshadi. 
Sobiq SSSRda xalqaro turizm qat’iy monopoliyalashtirilgan ozginagina 
tashkilotlar doirasida davlat monopoliyasining tashqi faoliyatiga muvofiq ravishda 


60 
shakllangandi. Kirish (xorijiy) turizmi «inturist» davlat tashkiloti orqaligina 
amalga oshirilardi. Chiqish esa turizm va ekskursiyalar bo‘yicha markaziy Sovet 
tomonidan bajarilardi. Bu tashkilot VLKSM MK huzuridagi «Sputnik» yoshlar 
xalqaro turizm Byurosi va Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy soveti 
huzurida tashkil etilgan bo‘lib, rasman jamoat tashkilotlari tasarrufida hisoblanardi. 
Fuqarolarning xalqaro safarlari tez o‘sishi 1980 y. ikkinchi yarmiga to‘g‘ri 
keldi. Bu davrda asosiy xalqaro almashinuv SSSR va Markaziy hamda Sharqiy 
Yevropa mamlakatlari o‘rtasida amalga oshirildi. SSSR sharoitida xalqaro turizm 
maksimal hajmiga 1989 yilda erishildi (turistlar kirishi – 2,3 mln. kishi, chiqishi – 
2,2 mln. kishi). 
4.§. Transport xizmati ko‘rsatish xalqaro bozori 
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish chog‘ida transport yuklar, 
yo‘lovchilar, bagajlarni tashishni ta’minlaydi. Xuddi shular ikki va ko‘proq milliy 
davlatlar o‘rtasida transport operatsiyalarini tashkil qiladi. Xalqaro savdoda 
tovarlarni yetkazib berish jarayoni qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
 tovarni eksportchi mamlakatlar ichkarisida chegara punktigacha yoki 
mazkur mamlakatlar portigacha tashib berish;
 tovarni chegara punktidan (portdan) importer mamlakat ichki iste’mol 
punktigacha yetkazib berish; 
 tranzit (uchinchi mamlakat orqali) yoki agar tovarni eksportchi mamlakat va 
importchi mamlakat umumiy chegaralarga ega bo‘lishmasa dengizda tashib 
beriladi. Transport operatsiyasi agar ular tranzit yoki dengiz yo‘li bo‘lib 
tashish bilan bog‘liq bo‘lsalar xalqaro hisoblanadi. 
Xalqaro transport xizmatlari xalqaro transport bozorida sotiladi va sotib 
olinadi, qaysikim, transport turi tashiladigan yuklar xili, shuningdek xududiy 
xususiyatlarga ko‘ra farqlanadi. Xalqaro transport aloqalar to‘g‘ridan –to‘g‘ri 
(ortish -tushirishsiz), to‘g‘ridan –to‘g‘ri va aralash (turli transport xillaridan 
foydalanish bilan, ammo yagona transport hujjati bilan), aralash (ikki va ko‘proq 
transport turidan foydalanib) shaklda bo‘ladi. 
Xalqaro transport xizmatlari nafaqat bevosita tashish faoliyati, balki bir 
qator yo‘l –yo‘lakay operatsiyalar hamdir (yukni yaqindagi yuk terminaligacha 
eltish – port, temiryo‘l tuguni va boshqalar; yukni qayta yuklash, tashiladigan yuk 
va tovarlarni bagajlarni tushirish; oraliq manzillarda vaqtincha saqlash, uni 
qo‘riqlash, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ba’zan sug‘urtalash). Transport 
magistral turlariga to‘lovlar bilan bog‘liq va yo‘l –yo‘lakay operatsiyalarga 
to‘lovlar harajatlari yuk egasining transport sarflarini tashkil qiladi. 
Xalqaro transport jarayonlarida firma – yuk egasi va tashuvchi firmalar 
ishtirok etishadi, qaysikim o‘rtalarida tashishga shartnoma tuziladi. Transport 
operatsiyalarida yuk egasidan tashqari stividorlar – firmalar (yuk terminallari 
operatorlari) ishtirok etishdi. Ular bilan xizmat ko‘rsatishga firmalar ekspeditorlari 
ham shartnoma tuzadilar (ayrim mamlakatlarda ekspeditorlar fraktov agentlar, 
komissionerlar, brokerlar va h.k. deb ataladilar). Shartnoma bo‘yicha yuk egasi 


61 
ekspeditori vositachi ekspeditorga uning aytilgan yuki bilan operatsiyalarni aniq 
bajarishni topshiradi: ortish –tushirish, yuklarni saqlash, yuk va bojxona 
hujjatlarini rasmiylashtirish, stividorlar va tashuvchilar bilan hisob –kitob, sudlar 
va arbitirajlarda va boshqalarda o‘zining tijoriy manfaatlarini himoya qilish. Yuk 
egasi firma ekspeditori yoki bosh ekspeditor bilan bevosita shartnoma tuzishi ham 
mumkin. Ular butun tashish tashkiliy ishlarini o‘z zimmalariga olishadi. 
Hozirgi zamon transport tarmog‘i va transportda tashish tuzilmasi jahon 
iqtisodiyoti rivojlanishi jarayonida vujudga keldi va xalqaro mehnat taqsimotida 
o‘z navbatida ko‘rsatilgan jarayonlarda faol rol o‘ynaydi. Umumiy tendensiya 
shundan iboratki, xalqaro yuklarni tashish xalqaro savdoga nisbatan sust o‘sayapti. 
Chunki tashiladigan xom ashyo hajmi, ayniqsa neft, sust o‘sayapti yoki umuman 
o‘smayapti. Material talab ishlab chiqarish xom ashyo manbaiga qarab 
ko‘chayapti. Transport tarmog‘i ortayapti, ammo transport har xil turlari bo‘yicha 
notekis bo‘layapti. Umumjahon ichki yalpi mahsulot – (IYAM)da transport ulushi, 
ayniqsa rivojlangan mamlakatlar IYAM da qisqarayapti Xuddi shunday bu tovarlar 
narxini tashkil etuvchi transport kattaligiga ham taaluqli (1990 yillarda 6%ga 
yaqin). 
Xalqaro transport infratuzilmasi transport terminallari qo‘shilgan holda 
ko‘pincha davlat hisobiga yaratiladi va davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususiy 
temir va avtomobil yo‘llari mavjudligi umumiy qoidalarga zid kelmaydi. Boshqa 
tomondan, transport vositalari odatda xususiy mulkdir, transport xizmatlari 
bozorida deyarli xususiy kompaniyalar xizmat ko‘rsatadi. Bunga qo‘shimcha qilib 
aytish mumkinki, xalqaro tashish va xalqaro transport yo‘li ichki yo‘llardan 
aloqada emas, va o‘sha bitta transport firmasi ham ichki ham xalqaro tashish bilan 
shug‘ullanadi. Xalqaro tashish mintaqaviy regional va umumjahon darjasida ko‘p 
tomonlama bitimlar bilan tartibga solinadi. Bu sohada ko‘p sonli (100ga yaqin) 
davlatlararo tashkilotlar, shu jumladan BMT ixtisoslashgan organlari: Xalqaro 
dengiz tashkiloti (International Maritime Organisation – IMO, IMO) va xalqaro 
fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha tashkilot (International Civel Aviation Organisation, 
ICAO, IKAO) faoliyat ko‘rsatayapti. 
Jahon transport tarmog‘i doimiy ravishda o‘sayapti, lekin transport turlari 
bo‘yicha bir tekis emas. Qaysikim yuk tashish tuzilmasida o‘zgarishlar va ilmiy –
texnik progressda aks etadi. Masalan BMT ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning 
ikkinchi yarmida temiryo‘llar tarmog‘i va ichki suv yo‘llari hatto qisqargan. 
Avtomobil yo‘llari uzunligi ikki barovar ortgach, havo yo‘llari esa 3 –marta 
o‘sgan. Ayni paytda neftquvuri va neft mahsulotlarini tashish 4,2 marta 
ko‘paygan, magistral gazoprovodlar esa 6,5 martaga oshgan. 
Jahon transport yuk aylanmasi tuzilmasi 2000 yilda 49 trln. t/km.ga yetgan. 
Shu yo‘nalishda transport tarmog‘i uzunligi o‘zgarayapti: temiryo‘l transporti 
salmog‘i pasaymoqda, dengiz transporti salmog‘i mana 30 yildirkim 61-62% 
darajada saqlanib turibdi. Qolgan transport turlari salmog‘i ortayapti. 1990 yillarda 
transport turlari bo‘yicha yuk oboroti tarkibida prinsipial o‘zgarishlar ro‘y 
bermadi. Temiryo‘l va avtomobil transporti o‘rtasida kuchayib borayotgan raqobat 
o‘ziga diqqatni tortayapti. Bunda avtomobil transporti g‘olib chiqmoqda. 


62 
Xalqaro yuklarni tashishda taraqqiyot sur’atlari susaygan bo‘lsada, dengiz 
transporti hamon yetakchilik qilib kelmoqda. So‘ngi yillarda dengizda yuklarni 
tashish 3,7 dan 5,1 mlrd. tonnagacha o‘sdi, neft va neft mahsulotlari tashish hajmi 
43%ni tashkil qiladi. Bosh yuklarni tashish tezroq o‘sayapti, ayniqsa konteynerda 
tashish jadal tus olayapti. Aloxida axborot xizmatlari ma’lumotlari bo‘yicha jahon 
savdo dengiz floti 29,1 mingta kemaga ega bo‘lgan. Ularning umumiy tonnaji 776 
mln. dedveytni tashkil qilgan holda, 32% tankerlarga to‘g‘ri kelgan, 34% balkerlar 
va qolganlari – bosh yuklar kemalari va boshqa tipdagi kemalardir. Yirik kemalar 
egalari –Gresiya (17,6% tonnaj), Yaponiya (12,7%), Norvegiya (7,7%), AQSH va 
Gonkongdir. Birinchi o‘nlikka shuningdek Xitoy, Koreya, Buyukbritaniya, 
Germaniya, Shvesiya kiradi. Tonnaj bo‘yicha Rossiyaga dunyoda 13 o‘rin tegishli 
(2,1%). Ammo biroq 42% barcha kemalar (58% jahon tonnaji) ochiq kemachilik 
registridagi mamlakatlar bayrog‘i ostida suzadi. Boshqacha aytganda, ular «qulay» 
yoki «arzon» bayroqlar bilan suzadi. Qulay bayroqlar kema egalariga soliqlar, 
mehnat haqi va boshqa parametrlar bo‘yicha harajatlarni minimallashtirish 
imkonini beradi. YUNKTAD ochiq kemachilik registriga Liberiya, Panama, Kipr, 
Singapur, Bermud orollari va Bagam orollari hamdo‘stligini kiritadi. Ammo bu 
o‘ziga xos soliq gavanalari ro‘yxatiga boshqa mamlakatlarni ham kiritish mumkin. 
Ochiq kemachilik registri mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda Panama (16,3% 
jahon tonnaji), Liberiya (12%), keyingi o‘rinlarda Malta, Bagam va Kipr turibdi. 
Transport kommunikatsiyalari jahon tizimi kengayishida davom etayapti. 
Uni taraqqiyotidagi bosh yo‘nalishi – transportning turli xillari ishini 
sinxronlashtirish, aralash tashishlarda ularni birgalikda ishlashini ta’minlash. 
Xalqaro masshtabda bunday tashishlarni ta’minlashda transport koridorlari yaratish 
tajriba qilib ko‘rilmoqda, shu jumladan, RF, Markaziy Osiyo va Kavkaz orti 
mamlakatlari territoriyasida. 
Temir yo‘llar yagona tarmog‘i shuningdek, magistral truboprovodlar nafaqat 
umumiy iqtisodiy kengliklar mavjudligini, balki mamlakatlarning siyoyosiy 
birligini ta’minlaydi. Ko‘pgina mamlakatlarda temiryo‘llar va magistral 
truboprovodlar davlat mulki bo‘lib hisoblanadi. Dengiz, daryo, avtomobil va 
aviatsiya transportlari aksiyalashtirilgan va xususiylashtirilgan.
Xalqaro transport xizmati ko‘rsatishda tarif siyosati katta ahamiyat kasb 
etmoqda. Investitsiyalar jalb etilayapti va davlat boshqaruvining maqbul yo‘llari 
qidirilayapti. Temiryo‘llar va magistral truboprovodlarni bozoriy tartibga solish 
choralari ko‘rilmoqda. 
5.§. Texnologiyalar bilan xalqaro savdo qilish 
Texnologiyalar bilan xalqaro savdo – tijoriy asosda xorijiy kontragentga 
ilmiy –texnik faoliyat natijalarini yetkazib berishdir. Bular nafaqat ilmiy, balki 
amaliy tajriba boyliklari hamdir. 
Texnologiyalar bilan xalqaro savdo ob’ektlari bo‘lib, intellektual faoliyat 
natijasida buyumga aylantirilgan va buyumga aylantirilmagan shakllar hisoblanadi 
va bu shakllar o‘rtasida aniq chegeralar yo‘q. Xalqaro texnologiya bozori 


63 
sub’ektlari sifatida davlat, oliy o‘quv muassasalari va ilmiy tadqiqot tashkilotlari, 
turli firmalar va fondlar, shuningdek jismoniy shaxslar –ixtirochilar, olimlar 
chiqishi mumkin. Texnologiya intellektual mulk qismi hisoblanadi va tegishli 
tarzda milliy qonunchilik va xalqaro bitimlar bilan qo‘riqlanadi. BMT tizim 
maxsus muassasa –Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectuyal 
Property Organisation, WIPO, VOIS) faoliyat ko‘rsatadi. U ko‘p sonli 
konvensiyalar, shartnomalar va davlatlar ittifoqiga tayanib ish yuritadi. 
Texnologiyalar almashinishida quyidagi bosh xillarni ajratish mumkin: 
Ixtiro shaklidagi bilim va tajriba sanoat nusxalari, tovar belgilari, foydali modellar. 
Ixtirolar, ularni muallifligi va monopol huquqidan foydalanishni mustahkamlovchi 
davlat guvohnomasi –patent. Patent faqat berilgan mamlakatida amal qiladi, 
shuning uchun chet el patetntligi keng tarqalgan. Agar patent egasi patentdan 
foydalanmasa, uni sotishi yoki litsenziya bitimga asosan foydalanishiga ruxsat 
berishi mumkin. Chet ellik kontagentga litsenziya berish xalqaro litsenziyalash deb 
ataladi. 
Litsenziya bitimining uchta asosiy turi mavjud. Oddiy litsenziyani sotish 
chog‘ida patent egasi –litsenziya beruvchi litsenziya ob’ektidan mustaqil 
foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Uni uchinchi shaxsga berish ham 
mumkin. Mutloq litsenziya shartnomasi tuzilayotganda litsenziya beruvchi sotib 
oluvchiga litsenziya ob’ektiga mutlaq huquq taqdim etadi. Lekin bu ob’ektni o‘zi 
mustaqil ishlab chiqarish huquqini saqlab qoladi. To‘liq litsenziya shartnomasi 
tuzish chog‘ida litsenziya beruvchi shartnoma muddati davrida litsenziya 
ob’ektidan foydalanish huquqiga ega emas. 
Litsenziyalar bilan xalqaro savdo – texnologiyalar bilan almashinuvning 
asosiy shaklidir. Litsenziya to‘lovlari (litsenziya uchun to‘lov) davriylikka – 
royalti va bir vaqtning o‘zida – paushalga bo‘linadi. Royalti – bu intellektual 
resurslar uchun renta. U litsenziya haridorining daromadidan ajralma ko‘rinishida 
bitim muddati davomida to‘lanadi. Paushal to‘lov –litsenziya bitimida qat’iy 
belgilangan summa, ishlab chiqarish hajmi va mahsulotning sotilishiga bog‘liq 
emas. 
Ilmiy –texnik, ishlab chiqarish, boshqaruv, tijoriy, moliyaviy va boshqa 
harakterdagi nou –xau degan umumiy nomga birlashgan bilim va tajriba ular 
maxsus muhofaza hujjatlari bilan emas, konfidensial himoya qilingan, hujjat 
ko‘rinishida bevosita amaliy ishlab chiqarish tajribasi sifatida uzatiladi. 
Texnologiyalar bilan xalqaro almashinishga xalqaro injiniring va ishga 
doir turli xil xizmatlar qo‘shiladi. Xalqaro injiniring – bu chet el kontragentiga 
komplek yoki alohida injener –texnik turini taqdim etish. Bular loyihalash, qurilish 
ob’ektni foydalanishga topshirish, korxonaga yangi texnologik jarayonlarni ishlab 
chiqarishga buyurtma olish, boshqaruv, marketing va pudrat xizmatlari 
ko‘rsatishdan iborat. 
Xalqaro texnologiyalar almashinishda oldingi o‘rinlarni sanoati rivojlangan 
mamlakatlar – AQSH, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya egallaydi. Yangi 
industrial mamlakatlar Xitoy va Xindistonning roli oshmoqda. Jahon iqtisodiyoti 
taraqqiyotiga ilmiy –texnika progressi hissasi hal qiluvchi bo‘lmoqda. Boshqa 
tomondan, ilmiy –texnika taraqqiyoti ilmiy –tadqiqotlarga va konstruktorlik – 


64 
tajriba ishlari (NIOKR)ga sarflanadigan mablag‘larga, ilmiy, injener kadrlar 
tayyorlashga va innovatsion sohada davlat olib borayotgan siyosatga bog‘liq. 
Masalan 2004 y. NIOKRda harajatlar ulushi AQSH, Yaponiya, Germaniyada 
IYAMning 2,7 -2,9% ni, Fransiya va Buyuk Britaniyada 2,3 – 2,4%ni tashqil qildi. 
Yangi industrial mamlakatlar Yevropa ko‘rsatkichlariga yaqinlashmoqda, Koreya 
Respublikasi esa AQSH ko‘rsatkichiga yetay deb qoldi. NIOKRni moliyalashtirish 
bo‘yicha asosiy harajatlar tadbirkorlik tartiblariga to‘g‘ri keladi (OESR 
mamlakatlari bo‘yicha 67%), lekin davlat byudjeti ulushi ham katta (AQShda 33%, 
NIOKR, 2004 y .) 
6.§. Jahon konsalting xizmatlari bozori 
Konsalting xizmatlari allaqachon butun jahon industriyasi iqtisodiyoti sohasi 
hisoblanadi. Qaysikim, u yuksalish jarayonlarini o‘z boshidan kechirmoqda. 
Konsaltingni, individual faoliyatdan industriyaga aylanishi asosiy belgilari 
sifatlaridan biri shunda ko‘rinadiki, konsalting xizmatlarining katta qismi 
individual konsultantlar tomonidan emas, balki korporatsiyalar tomonidan 
(konsalting firmasi) taqdim etiladi. Bu xizmat sohasi ko‘proq Shimoliy Amerika 
(AQSH va Kanada), G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va 
Singapurda rivojlangan. Ammo konsalting firmalari jahonning deyarli hamma 
mintaqasida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda dunyoda ikkita yetakchi 
xalqaro kasbiy (professional) konsalting firmalar birlashmasi mavjud: 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin