1.6. Erkin iqtisodiy hudud tashkil etilishidagi yondashuvlar: hududiy
va funksional
Zamonaviy jahon amaliyotida EIHlar tasnifiga turli xil yondoshuvlar mavjud.
Shunday qilib, jahon amaliyotida, EIHlarni tashkil qilishda ikkita turli konseptual yondoshuvlardan foydalanadilar, ya‟ni tashkil etish usuliga qarab ikki turdagi hududlar farqlanadi:
1. Hududiy EIHlar.
2. Funksional (nuqtali) EIHlar.
Hududiy – ajratilgan territoriyali hududlar bo„lib,
u erda faoliyat yurituvchi
barcha rezidentlar faoliyat turidan qat‟iy nazar xo„jalik yuritishning imtiyozli tartibidan foydalanadi. Masalan, Xitoydagi EIHlar, “Manaus” hududi (Braziliya). Ushbu yondashuv amalga oshirilishiga rivojlangan mamlakatlardagi ko„pchilik eksport-ishlab chiqarish hududlari ham misoli bo„la oladi.
Funksional (nuqtali) – firma mamlakatning qaysi tumanida joylashishidan qat‟iy nazar tadbirkorlik faoliyatining ma‟lum ko„rinishlari uchun qo„llaniladigan imtiyozli rejimdan foydalanishi mumkin. Ya‟ni firma qaysi hududda joylashishidan qat‟iy nazar ma‟lum turdagi faoliyatga qo„llaniladigan imtiyozli tartib hududiga tegishli bo„ladi. Masalan, nuqtaviy hududlar Karib havzasidagi alohida korxonalardan
iborat offshor markazlari, turistik hududlar, Meksikadagi Makiladoras turidagi korxonalar, “dyuti fri” magazinlaridir. Bunday yondashuvdagi EIHlar “nuqtali” hududlar hisoblanadi.
EIHlarni tashkil etishning hududiy va funksional yondashuvining quyidagi turlari mavjud (1.4-rasm).
EIHlarni tashkil etishning
Dostları ilə paylaş: