O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim va



Yüklə 5,03 Mb.
səhifə2/20
tarix07.01.2024
ölçüsü5,03 Mb.
#202100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
14. O\'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning yaratilish

ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING MAZMUNI,
MAQSADLARI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

1.1. “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining
predmeti va vazifalari
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hudud (EIH)larning tashkil etilishi ko„payib, rivojlanishi tobora kengayib bormoqda. Bu esa dunyo mamlakatlari orasida EIHlarni tashkil etish ko„lami va turlarining yildan-yilga ortib borishiga sabab bo„lmoqda.
EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishiga bir qator omillar ta‟sir ko„rsatsa-da, ular ichida tashkil etilgan EIHlar faoliyati samaradorligining jahon iqtisodiyoti va alohida davlat iqtisodiyoti o„sish darajasidan ham bir necha barobarga yuqori ekanligini alohida keltirib o„tish lozim. Jumladan, “EIHlarda foyda me‟yori o„rtacha 25-30 %ni, Osiyodagi EIHlarda 35-40 %dan yuqorini tashkil etadi. Mazkur hududlarda kapital qo„yilmalarning qoplanish muddati 2-3 martaga qisqa hisoblanadi. Odatda, kiritilgan mablag„lar 3-3,5 yilda qoplansa, bunday qo„yilma me‟yordagi hisoblanadi. Ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlar orqali ular iqtisodiyotiga jami xorijiy investitsiyalarning 30 %dan 80 %gacha qismi kirib keladi”1.
Shu jihatdan O„zbekistonda ham so„nggi yillarda milliy iqtisodiyotni, uning tarmoqlari va hududlari orqali rivojlantirishd EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada oxirgi vaqtlarda amalga oshirilayotgan islohotlar endilikda o„z samarasini berayotganligi bilan g„oyatda ahamiyatli hisoblanadi. Mazkur islohotlar ijrosi va samaradorligini yanada oshirishda ushbu sohada samarali faoliyat ko„rsata oluvchi mutaxassislarning mavjudligi va yetarliligini ta‟minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Xususan, EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda investitsiyalar, jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati yuqoriligidan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning EIHlar faoliyati va ularga jalb etiluvchi xorijiy investitsiyalar orqali jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyasini faollashtirishga xizmat qiluvchi malakali, zamonaviy bilimga ega, raqobatbardosh kadrlarga bo„lgan ehtiyoj bugungi kunda tobora yaqqol namoyon bo„lmoqda va ortib bormoqda.
Shunga muvofiq, bugungi kunda respublikamizda mazkur sohaga oid zamonaviy bilim, malaka va ko„nikmalarga ega bo„lgan, milliy va jahon iqtisodiyoti integratsiyasini jadallashtirishda muhim o„rin tutuvchi zamonaviy kadrlarni tayyorlash yo„lga qo„yilgan bo„lib, hozirgi vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ularga esa mutaxassislik fani sifatida “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining o„tilishi yuqorida qayd etib o„tilgan dolzarb vazifa yechimida muhim omil bo„lib xizmat qiladi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanining predmetini EIHlarni tashkil etish, ular
faoliyatini amalga oshirish, rivojlantirish, tartibga solish va qo„llab-quvvatlash bilan

1 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны: Учеб. пособие. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005. – С. 17.


bog„liq huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig„indisi tashkil qiladi. “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining obyekti milliy va jahon iqtisodiyotida tashkil etilgan va faoliyat ko„rsatayotgan EIHlar hisoblanadi.
Fanni o„rganish uning obyekti va predmeti asosida o„rganiladi. Shunga ko„ra, “Erkin iqtisodiy hududlar” fani bo„yicha yaxshi bilimga ega bo„lish uchun uning obyekti va predmetini chuqur o„rganish maqsadga muvofiqdir.
Erkin iqtisodiy hududlar” fani o„qitishdan maqsad EIHlarni tashkil etish va ular faoliyatini samarali yo„lga qo„yishning milliy va jahon iqtisodiyotini rivojlantirishdagi hamda milliy iqtisodiyotning xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuvini faollashtirishdagi ahamiyatini oshirishdan iborat.
Kengroq ma‟noda esa, “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining maqsadi talabalarda EIHlarning mazmuni, maqsadi, ahamiyati, rivojlanish tarixi, bugungi holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari to„g„risidagi bilimlarni shakllantirish, EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini baholashda tahliliy yondashuv ko„nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, EIHlarni tashkil etish orqali O„zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o„zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishni baholash bilimlarini rivojlantirishdan iborat bo„ladi.
Fanning maqsadiga erishishni ta‟minlash uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
- fanning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini o„rganish;
- EIHlarning iqtisodiyotni rivojlanitirishdagi o„rni ahamiyatini o„rganish;
- EIHlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab tasniflash va turlarini
o„rganish;
- EIHlarning rivojlanish tarixini o„rganish;
- EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishdagi sabab, omil va muammolarni o„rganish;
- jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga EIHlar ta‟sirini o„rganish;
- EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishining jahon tajribalarini o„rganish,
ularni qiyosiy tahlil qilish asosida milliy iqtisodiyotda qo„llash mumkin bo„lgan tajriba va yutuqlarini aniqlashni o„rganish;
- O„zbekistonda EIHlar tashkil etilishi va rivojlanishi amaliyotini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo„yicha tavsiyalar bildirishni o„rganish;
- fanda o„rganiladigan muammolar yuzasidan bahs-munozaralarni olib borish, shuningdek, ziddiyatli vaziyatlardan chiqish yechimini topish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- talabalar o„z fikrlarini yozma shaklda aniq va mazmunli bayon qilishga o„rganishlari uchun ularda esse yozish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- iqtisodiy samaradorlikni hisoblash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- jamoaviy ishlash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- malakaviy amaliyotlarga chiqish orqali EIHlar faoliyati bilan bog„liq masalalar
yechimi, EIHlarni rivojlantirish va ularga investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish bilan bog„liq amaliy ko„nikma va tajribalarni shakllantirish.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro
iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo„yicha) bakalavriat ta‟lim
6


yo„nalishi talabalariga ikkinchi kursda o„qitiladi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o„rganishda uning boshqa fanlarga bog„liqlik
jihatlariga ham e‟tiborni qaratish zarur. Zero, har bir fan boshqa fanlar bilan uzviy bog„liqlikda shakllanadi va rivojlanadi. Shu sababdan mazkur fanni o„rganishda boshqa fanlarni ham yaxshi o„zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta‟lim yo„nalishining o„quv rejasiga ko„ra, “Erkin iqtisodiy hududlar” fani quyidagi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog„liqlikda o„qitiladi: “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari”, “Iqisodchilar uchun matematika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” va boshqalar. Talabalar “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o„zlashtirish barobarida ushbu fanlarni ham puxta o„zlashtirishlari kerak bo„ladi. Chunki, ular ushbu “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini muvaffaqiyatli o„zlashtirish uchun ko„maklashadigan bilimlarni shakllantirish imkonini beradi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani juda qiziqarli fan bo„lib, bugungi kunda ko„pchilikni qiziqtirayotgan EIHlar bilan bog„liq bo„lgan ko„plab savollarga yechim topishga imkon beradi. Talaba ushbu fanni puxta o„zlashtirishi uchun o„z ustida ko„proq ishlashi kerak bo„lib, u, nafaqat, o„zbek tili, balki, rus tili va chet tillari, ayniqsa, ingliz tilidagi manbalardan ham keng miqyosda foydalana bilishi lozim. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, ushbu fanni puxta o„zlashtirish talabalarga 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo„yicha) bakalavriat ta‟lim yo„nalishi bo„yicha juda zarur bilimlarga ega bo„lish va kelajakda o„z kasbining yetuk va malakali mutaxassisi bo„lib etishish, shuningdek, egallagan bilimi, ko„nima, malaka va tajribalari bilan O„zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokini oshirish va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini mustahkamlashga o„zining munosib hissasini qo„shish imkonini beradi.


Yüklə 5,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin