keltirishga oid amaliy harakatlar davom etib kelayotganligini ko„rish mumkin.
2. EIHlar – shunday geografik hududki, unda
mamlakatda qabul qilingan
xo„jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to„lash va bojxona tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko„ra, EIH mamlakat
hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.
3. EIHlarga xos muhim jihat shundan iboratki, u erdagi rag„batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma‟muriy),
litsenziyalash, vizalarni rasmiylashtirish,
bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid yengilliklar EIH joylashgan mamlakatning boshqa hududlarida aynan amal qilmaydi.
Nazorat uchun savollar:
1. EIHlar mazmunini ochib berish bo„yicha mahalliy
va xorijiy iqtisodchi-
olimlar tomonidan berilgan qanday ta‟riflarni bilasiz va ularning mohiyatini qanday izohlaysiz?
2. EIHlar mazmunini ochib berish bo„yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan qanday ta‟rif va qarashlarni bilasiz?
3. Xalqaro me‟yoriy hujjatlarda EIHlar mazmuni qanday jihatlarni o„zida mujassam etgan holda talqin etilgan?
4. O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonunida EIHlarga qanday ta‟rif berilgan?
5. EIHlar mazmunini ochib berish bo„yicha mahalliy va xorijiy iqtisodchi- olimlar tomonidan berilgan ta‟riflar bilan tanishib chiqqan holda siz ushbu atamaga qanday ta‟rif berasiz?
6. EIHlar mazmunini ochib berish bo„yicha mahalliy va xorijiy iqtisodchi- olimlar tomonidan berilgan ta‟riflar bilan tanishib chiqqan holda aytinchi, nima uchun ushbu atamaga hanuzgacha yagona ta‟rif ishlab chiqilmagan?
Dostları ilə paylaş: