1.3. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish
tarixi va bosqichlari
EIHlarni xalqaro iqtisodiy tashkilot sifatida e‟tirof etish mumkin. Chunki, Ular global xarakterga ega, ularning yordamida jahon xo„jaligi aloqalarida butun mintaqalarda juda intensiv integratsiya jarayoni sodir bo„lmoqda. Xalqaro integratsiyaning hozirgi zamon bosqichining o„ziga xos xususiyatlaridan biri iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanishning lokazatsiyalashuvi hisoblanadi. Buni tashkiliy jihatdan ifoda etuvchi bo„lib, EIHni yaratish yuzaga chiqmoqda. Shuning uchun ularni jahon bozorining milliy iqtisodiyotga qurilgan kichik tuzilmalari, bo„g„inlari deb ham nomlashadi.
EIHlarning bunday nomlanishining ham o„ziga xos sabablari mavjud. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin.
Hozirgi paytda, butun dunyo industrial iqtisodiyotdan innovatsion iqtisodiyotga
16
qarab bormoqda. EIHlar – XX asrning ikkinchi yarim yilligining eng ko„zga tashlanadigan institutsional innovatsiyasidir. Uning ahamiyatini quyidagi ikki raqamning o„zi ko„rsatadi: XX asr oxiriga kelib, jahon ishlab chiqarishining 10 %i, jahon savdo aylanmasining 30 %i EIH orqali o„tgan va jahon kapital aylanmasining qariyb yarmi EIHlar orqali amalga oshirilgan.
Jumladan, Xitoy mamlakati ma‟lumotlari bo„yicha EIH joylashgan mintaqalarda yashovchi aholi jon boshiga to„g„ri keladigan investitsiyalar, mamlakat bo„yicha o„rtacha ko„rsatkichdan 10 martaga yuqoridir. Buni AQShda joylashgan “Selikon velli” nomi bilan mashhur ilmiy-tadqiqot hududlarining yangi texnologiyalarni yaratishda qo„shayotgan xizmatini hisobga olib “jahon iqtisodiyotining yadrosi”, deb bejiz nomlashmasligi bilan ham izohlash mumkin.
Bugungi kunda alohida mamlakat va jahon iqtisodiyoti rivojida ulkan salohiyat va ulushga ega bo„lib borayotgan EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishi uzoq o„tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalarga ko„ra, bundan 2200 yillar muqaddam, eramizdan avvalgi 166- yilda grek davlati Delosda birinchi marotaba hujjat asosida, savdoni yengillashtarish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil qildilar. Bu erkin iqtisodiy zonalar, Sharq va G„arb o„rtasidagi savdo aloqalarini birlashtiruvchi vazifani bajargan. U erdagi savdogarlar soliqlardan, bojlardan va ma‟muriy rasmiyatchiliklardan ozod etilgan.
XII-XIII asrlarda erkin savdo hududlari faoliyat yurita boshlagan. Erkin savdo hududlari G„arbiy Divana daryosi bo„ylarida paydo bo„lgan. Bu daryo o„rta asrlarda eng muhim savdo yo„liga aylangan. U Arab Xalifaligini sharqiy slavyan dunyosi bilan bog„lagan. G„arbiy Dvina va uning yon atroflaridagi quruqliklar ham erkin savdo hududlari deb e‟lon qilingan.
Yana bir qator olimlar “1547-yilda Italiyadagi Livorno shahri erkin savdo shahri deb e‟lon qilingan va aynan shu birinchi erkin iqtisodiy hudud bo„lgan” 24.
Ganzey bitimi o„zining gullagan vaqtida
oddiygina iqtisodiy hududlarning paydo
bo„lishiga turtki bo„lgan. Bu esa G„arbiy va
Sharqiy Yevropa o„rtasidagi savdo
munosabatlarining rivojlanishiga olib kelgan.
Ganzey bitimining rivojlanishining siri, u
yerdagi yuk tashishlarning arzonligi va
omborxona hamda tranzit hududlardan keng
foydalanganligi. Ganzey kemalari G„arbda
Lissabondan Sharqqa Revel (Tallina)gacha
suzishgan. XV asrlarning oxiriga kelib, Ganzey
bitimi kemalari hammasining umumiy yuk
ko„tara olishi hajmi 60 ming tonnadan oshgan.
Boshlang„ich erkin iqtisodiy hududlar deb,
daryo bo„yidagi yirik portlarda joylashgan
maxsus territoriyalar, temir yo„l zanjirlari, aeroportlar yoki ularga tegishli bo„lgan
24 Андрианов В.Д. Россия: экономический и инвестиционный потенциал. – М.: Экономика, 1999. – С.
467.
rayonlar hisoblangan. Ular xorij mahsulotlarini olib kirish, olib chiqishda erkin va boj to„lovlaridan ozod qilingan, mamlakatning bojxona territoriyasidan ajratib olingan hududlardir.
Bunday hududlar hozirgacha saqlanib kelgan. U yerda tovarlar chegaralangan yoki cheklanmagan muddatgacha omborxonalarda saqlanadi, taqsimlanadi, qayta taqsimlanadi va qayta ishlab chiqiladi, so„ngra shu mamlakat ichki bozoriga boj to„lovi bilan yetkaziladi yoki boj soliqlarisiz chetga olib chiqib ketiladi.
Bunday iqtisodiy hududlardan foydalanish mol yetkazib beruvchilar uchun ancha qulay bo„lgan, chunki ular tovarga yetarlicha talab va albatta, unga mos ravishda narxning ham ko„tarilishini, tovarni sotmasdan kutib turish, mahsulotni ulgurji xaridorlarga taqdim etish imkoniga ega edilar.
Keyinchalik esa “erkin portlar” tashkil qilingan, bu hududda tovarlar uchun xaridorlar topilgunicha, tovarlarga boj to„lovlari to„lanmasdan omborlarda saqlanishi mumkin bo„lgan. Dastavval “erkin portlar” ichki bozorni rivojlantirish uchun tashkil qilingan, keyin esa xalqaro savdoning rivojlanishiga qo„shilish maqsadida tashkil qilingan. “Erkin portlar” Genuyada (1595 y.), Venetsiyada (1661 y.), Marselda (1669 y.), Rossiyada – Odessada (1817 y.), Vladivostokda (1862 y.), Batumida (1878 y.) tashkil qilingan 25. Ular porto-franko nomi bilan mashhur.
XX asrning boshlarida porto-frankolar Maltada, Sulinda, Singapurda, Adeneyada mavjud edi. Ikkinchi Jahon urushigacha 26 mamlakat va hududlar ishtiroki bilan 75ta erkin portlar va erkin savdo hududlar tashkil qilingan.
EIHlarning ikkinchi bor tug„ilishi, paydo bo„lishi XX asrning ikkinchi yarimlariga to„g„ri keldi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqala boshlagan, ularning izidan esa, anchagina kechikishlar bilan o„tish iqtisodiyotida bo„lgan mamlakatlarda tuzila boshladi. Bunga mustamlaka tuzumlarning qulashi natijasida iqtisodiy rivojlanish yo„liga yuzga yaqin mustaqil davlatlarning qo„shilishi; o„nlab integratsiya uyushmalarining tashkil topishi; yangi industrial mamlakatlarning jahon xo„jaligiga faol qo„shilishi; jahon sotsialistik tuzumining qulashi; ilmiy-texnika inqilobi rivojlanishi, dunyoda raqobatning va iqtisodiy jarayonlar erkinlashuvining kuchayishi kabi omillar sababchi bo„lgan.
EIHlarning ikkinchi bor tug„ilishi, paydo bo„lishi XX asrning ikkinchi yarimlariga to„g„ri keldi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqala boshlagan, ularning izidan esa, anchagina kechikishlar bilan o„tish iqtisodiyotida bo„lgan mamlakatlarda tuzila boshladi.
Bugungi kunda dunyoning 140 dan ortiq davlatida 5 mingga yaqin EIHlar mavjud. Ularda 80 mln.dan ortiq kishi band va tashqi savdo aylanmasi 1,5 trln. AQSh dollaridan ziyod. YuNKTAD ma‟lumotlariga ko„ra: eng ko„p EIH AQShda – 266 tani tashkil etadi.
G„arbiy Yevropada birinchilardan bo„lib tashkil qilingan EIH 1959-yilda, Irlandiyadagi xalqaro Shennon aeroporti yaqinidagi eksport-ishlab chiqarish hududi edi. Hozirgi davrda bu hudud mamlakat rivojlanishi katta xissa qo„shadi. Bu hududda 24 ming kishi ish bilan ta‟minlangan, u erda eksport uchun mahsulotlar ishlab chiqariladi, mamlakatning qoloq g„arbiy qismlari iqtisodiyotining yaxshilanishiga va
25 http://www.vlasovaandpartners.ru/ru/pub7_sez.shtml R. Laxreev SEZ
buning natijasida butun mamlakat rivojlanishiga olib keladi.
EIHlar Buyuk Britaniyada, Germaniyada, Italiyada, Fransiyada va regionning
boshqa mamlakatlarida ham EIHlar tashkil qilingan bo„lib, ular muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritayapti. U erda ko„proq turli xildagi erkin savdo hududlari, ilmiy parklar va offshor markazlari tarqalgan.
Mintaqada keng tarqalgan erkin savdo hududlarining soni 120 ta atrofida. Italiyada misol uchun, erkin savdo hududining boj to„lovlaridan ozod etilgan omborxonalar faoliyat yuritadi. Ular Neapolda, Genuyada, Barida, Imperii, Livorno, Palermo va Rimda joylashgan. Buyuk Britaniyada esa EIHlar Liverpul, Birmingem, Kardif, Belfast aeroportlarida tashkil qilingan. Ko„pgina xalqaro aeroportlarda joylashgan, erkin iqtisodiy hududning turlaridan biri bo„lmish, boj to„lovlarisiz savdo olib boradigan magazinlar (“Dyuti fri” magazinlari) uzoq vaqtlargacha faoliyat yuritgan. Ularning savdo hajmi 1990-yil oxirlariga kelib 1 mlrd. dollarga yaqinlashgan. Biroq, 2000-yil yanvaridan boshlab Yevropa Ittifoqidagi boj to„lovlarisiz savdo qisqartirilib bordi, u Yevropa Ittifoqi savdo to„siqlarini bekor qildi va o„z hududdidagi bojxona jarayonlariga tegishli qoidalarni standartlarshtirdi.
G„arbiy Yevropada offshor markazlari keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa ttortishning imtiyozli xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi. Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi Gernsi va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Offshor biznesi bank va sug„urta faoliyatini, ko„chmas mulk operatsiyalarini, eksport-import operatsiyalarining ko„pgina turlarini, konsaltingni o„zida mujassamlashtiradi. G„arbiy Yevropa offshor biznesi sohasidagi kapital 130 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Unda 400 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar faoliyat yuritadi, har yili bir necha minglab yangi kompaniyalar registratsiyadan o„tadi, ula offshor operatsiyalari masshtablarini kengaytiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga keladigan bo„lsak, yangi industrial mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilish sezilarli darajada foyda keltirdi. Janubiy Koreya Respublikasida, Singapur, Tayvan, Syangan, Malayziya, Filippin, Braziliya va Meksika kabi davlatlarda tashkil qilingan EIHlar iqtisodiy o„sishning umumiy strategiyasi bo„lib hisoblanadi. Osiyo va Afrikaning qator rivojlanayotgan mamlakatlari uchun EIHlar ularning iqtisodiy rivojlanishining muhim mexanizmi bo„la olmadi. U erdagi erkin iqtisodiy hududlarda yengil-sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, uy ro„zg„or eleketronikasi, ba‟zan mahalliy xomashyoni qayta ishlash bo„yicha og„ir sanoat sohalarida faoliyat yuritilgan. Lekin, u yerdagi faoliyat boshqa hududlardan terrritorial ajralib, go„yoki anklav kabi bo„lgan. Shunday bo„lsa ham EIHlar bu mamlakatlar rivojlanishini tezlashishiga, ularni xalq xo„jaligi bilan integratsiyalashuviga yordam beradi. Shuning uchun ham rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlar soni ortib bormoqda.
Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Xitoy mamlakatlarida 1980-yillarda EIHlar xorij kapitalini va texnologiyasini jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadlarida tashkil qilina boshladi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, asosan, mahsulot-omborxona va eksport-ishlab chiqarish hududlari
19
tashkil qilingan va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlari berilgan. Misol uchun, Vengriyada EIHlarni, milliy iqtisodiyotni jahon xo„jaligi bilan integratsiyalashuvining real instrumentiga aylanishida yetarlicha tajribaga ega.
Biroq Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ayrimlarida tashkil qilingan erkin iqtisodiy hududlar sezilarli natijalar bermadi, bunga ularni rivojlantirish uchun strategiyaning puxta ishlab chiqilmaganligi sabab bo„lgan. Bundan tashqari, EIHlar faoliyati, ya‟ni eksport-ishlab chiqarish hududlari konsepsiyasiga asoslanib mamlakatga xorij kapitalini kirib kelishiga moslanmagan, sharoit yaratilmagan, bozor strukturasining nimjonligi va mahalliy bozorning cheklanganligi sabab bo„lgan.
Xuddi shu paytda, Xitoyda tashkil qilingan EIHlar ishonchli natijalarni bergan. Xitoydagi EIHlar, birinchi galda, xorij va chetdagi xitoy kapitalini jalb qilishga, ko„pgina va arzon ishchi kuchidan foydalanish, mamlakat hoqimiyatining va mahalliy organ hukumatining moliyaviy qo„llab-quvvatlanishiga qaratilgan. Eksportga mo„ljallangan va texnologik jihatdan yirik hajmga ega bo„lgan loyihalarga jalb qilingan xorij kapitallariga qo„shimcha soliq imtiyozlari berish yo„li bilan, asosiy fondlar amortizatsiyasini tezlashtirish bilan, ish kuchi va yer ijaralariga to„lovlarini davlat tomonidan subsidiyalar ajratish bilan, Xitoy ichki bozorida mahsulotni sotishga qo„shimcha huquqlar berish va boshqa vositalar yordamida katta imtiyozlar beriladi. Bularning hammasi ushbu hududlarda qabul qilingan xalqaro talablarga javob bera oladigan qulay investitsion muhitning shakillanishiga olib keldi.
Natijada hozirgi kunda Xitoyda EIHlarning ko„p darajali tizimi tashkil topdi. Bu tizim Xitoy davlatining EIHlarni rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos amaliyot va tajribalarni shakllantirishida muhim o„rin egallaydi. Buning natijasida bugungi kunda Xitoyda turli yo„nalishdagi 190 dan ortiq EIHlar faoliyatining samarali yo„lga qo„yilishiga erishildi. Shunga ko„ra, Xitoy hukumati mamlakatning barcha mintaqalarida EIHlarni tashkil etish va rivoelantirishga yanada jiddiy e‟tibor qaratib kelmoqda. Xitoyda EIHlarning amalda faoliyati mamlakatni ma‟muriy-taqsimotdan ochiq bozor iqtisodiyotiga o„tishiga, milliy xo„jalikning tez rivojlanishiga yordam bermoqda. Bu esa, o„z navbatida, mamlakatga kirib kelayotgan ko„p milliardlik investitsiyalar hisobiga sanoatlashgan tashkilotlar va ish joylari soning o„sishi, xorij kapitali obyektida mehnatni tashkil qilishning ko„payishi, EIHlardagi eksport hajmining keskin ravishda oshishi kabilarda yaqqol namoyon bo„ladi.
Rossiyada EIHlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o„rtalariga kelib tashkil qilina boshlandi. Rasman tasdiqlangan EIHlar bir necha o„ntadan iborat edi. Bugungi kunga kelib, Rossiya Federatsiyasida EIHlar faoliyati tartibga solingan va nazoratga olingan bo„lib, ular sonining samarali faoliyat ko„rsatishiga qarab qisqartirildi. Ular ichida erkin savdo hududlariga tegishli mahsuslashtirilgan turli xildagi hududlar va o„z hajmiga ko„ra kattaroq, umumiy, kengroq bo„lgan hududlar bor. Biroq, Rossiyada tashkil qilingan barcha EIHlar ham vaqt o„tishi bilan tajribalarga dosh berolmadi. Bunga ularga (EIHga) nisbatan mamlakat siyosatining munosabati ham ta‟sir ko„rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan Primorya o„lkasining “Naxodka” EIH va Kaliningrad viloyatidagi mahsus iqtisodiy hududlarni aytish mumkin.
20
Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi (MDH) va Markaziy Osiyo davlatlarida ham EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, bugungi kunga kelib Rossiya Federatsiyasida 25 ta, O„zbekistonda 21 ta, Qozog„istonda 10 ta, Turkmanistonda 10 ta, Belorusiyada 6 ta, Tojikistonda 2 ta, Qirg„izistonda 1 ta EIH faoliyat ko„rsatmoqda.
EIHlarning rivojlanish bosqichlari va shu asosda yuzaga kelgan yangi avlod shakllarini quyida keltirilgan 1.2-rasm orqali ifodalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |