Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va O`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;
tarqatma materiallar bo`yicha ma’ruzalar qismini o`zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo`yicha fan bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash; masofaviy ta’lim.
Bakalavr talabaga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular buyicha egallanishi kerak bulgan bilim, kunikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekt referati ko`riladi, test yoki savol-javob o`tkaziladi.
Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo`ljallangan xar bir bo`lim bo`yicha adabiyotlar talaba tomonidan o`rganilishi, mustaqil ish uchun mo`ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini o`zlashtnrish, xar bir bo`lim bo`yicha berilgan topshiriqlarning mos variant talaba tomonidan bajarilishi, Powerrpoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni prezentatsiya ko`rinishida tayyorlab topshirishi talab qilinadi. Jarayon o`qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi.
Fan bo`yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari.