78
Formatlarni kodlashtirishda tasvir siqiladi va natijada juda kichik o‗lchovga
ega bo‗ladi (sifati qoniqarli darajada bo‗lishigp qaramay). Barcha zamonaviy grafik
dasturlar bu ikkala formatni quvvatlab turadilar. GIF shtrixli tasvirlar (shtrixli
rasmlar, sxemalar,) Web – sahifaning rasmiylashtirish grafik elementlari) uchun ideal
hisoblansa, JPEG esa, odatda yarim tovushli (fotografiya, kartina)
grafikani
kodlashlashtiradi. Bundan o‗laroq GIF – fayl ekranlarda animatsion filmlar singari
ko‗rsatiladigan bir nechta grafik tasvirlarni ham o‗z ichiga oladi.
Internet Explorer ham PNG (portable Network Graphics – o‗zgaruvchan
tarmoq grafikasi) va BMP (Bit MaP bit matritsasi) formatlarni quvvatlab turadi. PNG
yaqinda ishlab chiqilgan bo‗lib, bundan maqsad, GIF va JPEG lar o‗rnini egallash va
ikkala formatning ijobiy tomonlarini birlashtirish. Lekin hali u ommalashgan emas.
Tasvirlar faylining ajrataolishi va o‗lchami. Web tasvirlari faqat displey
ekranida joylashgani sababli, ularning ajrataolishini dyuymdagi piksellarda (ppi –
pixels per inch) o‗lchash texnik jihatdan to‗g‗ri bo‗ladi. Ajrataolishni o‗lchashning
boshqa birligi – dyuymdagi nuqtalar soni (dpi – dots per inch) bosma tasvirlarning
ajrataolishiga taalluqli va bosmadan chiqaradigan qurilmaning ajrataolishiga bog‗liq
bo‗ladi. Grafikaning real o‗lchamlari displeyning ajrataolishiga bog‗liq bo‗lganligi
sababli, Web-muhit uchun dyuymlarda o‗lchash nomaqbul bo‗lmoqda. O‗lchashning
yagona muhim birligi piksel bo‗lmoqda. Tasvirni 72 ppi
ajrataolish bilan yaratish
qulaydir (ekranda taqdim etish uchun bu eng yaxshi variantdir), bunda piksellardagi
umumiy o‗lchamlarga e‘tibor berish kerak. Web da grafika yaratish jarayonida
dyuymlarni umuman ishlatmaslik mumkin. Tasvirning sahifadagi boshqa tasirlar
bilan taqqoslangan o‗lchami va brouzer oynasining umumiy o‗lchami muhimdir.
Masalan, ko‗pchilik foydalanuvchilar hamon 640x480 pikseldagi ajrata olishli
14-dyuymli displeylarni ishlatadi. Ekranning barcha joyini grafika zastavkasi bilan
to‗liq to‗ldirish uchun uning kengligini 600 pikseldan
oshmaydigan qilish kerak
(bunda o‗ng va chap tomondagi piksellarning bir qismi oyna uchun va aylantirish
yo‗li uchun ishlatilishi e‘tiborga olinadi). Sahifadagi boshqa tugmachalar va
tasvirlarning o‗lchamini 600 pikselli kenglikka ega banerga nisbatan piksellarda
o‗lchash kerak. Fayl o‗lchami. SHubhasizki, aynan
grafika Web ni bugungi
79
ko‗rinishga solgan. Grafika Web-sahifa uchun tarmoq bo‗yicha uzatish vaqtini
oshrishini unutmaslik kerak, grafikaninng katta hajmi yuklash uchun sezilarli vaqt
ketishini
anglatadi, bu esa o‗quvchining sabrini sinaydi, ayniqsa u standart modem
bog‗lanishidan foydalangan holda aloqani bog‗layotgan bo‗lsa.
Ushbu munosabatda Web-dizayner uchun yagona eng muhim qoida bor:
grafika tasviri faylining o‗lchami imkon qadar kichik bo‗lishi kerak! Tarmoq
bo‗yicha uzatishga mo‗ljallangan tasvirlarni yaratish
ishlab chiquvchilar uchun
yuklash vaqti muammosiga jiddiy yondashish mas‘uliyatini yuklaydi.
Dostları ilə paylaş: