O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


Davlat ta’lim standartlari va malakaviy talablar



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Davlat ta’lim standartlari va malakaviy talablar
ga muvofiqligini 
ta’minlash uchun quyidagi oraliq va yakuniy nazorat turlari o‘tkaziladi. 
 
II. Baholash turlari va shakllari 
II.1. Oraliq nazorat turi 
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat 
turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin 
talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 
o‘tkaziladi. 
Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning hususiyatidan kelib chiqqan holda 2 
martagacha o‘tkazilishi mumkin. 


153 
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli (
yozma,
og‘zaki, test va hokazo)
va muddati fanning 
xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. 
Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 
ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 
Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq 
nazorat turi o‘tkazilmaydi. 
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini 
bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘kituvchisi tomonidan baholab 
boriladi. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 
avgustdagi 19-2018-son buyrug‘ining ya’ni “Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat 
qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida 
amalga oshiriladi. 
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi 
hamda mashg‘ulotlarda faolligi uchun talabani baholash mezonida quyiladigan talablar qo‘yiladi.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin