Samarqand viloyati Kttaqo’rg’on tuman 53 maktab jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Murodov Zafar
MAVZU: VOLEYBOL O’YIN TEXNIKASIGA O’RGATISH.
REJA:
O’yin texnikasining o’rgatish metodlari tasnifi
O’yinchilarni yakka harakatlarini takоmillashtirish uchun mashqlar
O’yinchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash.
Voleybol o’yin texnikasini o’yinda qo’llaniladigan harakat faoliyatlarining maqsadga muvofiq, aniq vazifalarni xal qilishga imkon beradigan usullari yig’indisi deb atash mumkin. «Texnika» so'zi yunoncha so’z bo’lib, «mahorat» ma’nosini anglatadi. Takomillashgan texnik usullarni egallash bilan yuqori mahoratga erishiladi. Voleybol o’yin texnikasi o’yinni olib borish uchun zarur bo’lgan harakat usullari majmuasidan iboratdir, xarakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi, o’yindagi har bir texnik usulni bajarish bir-biri bilan uzviy bog’langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va yetarli bo’lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o’rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar). Texnikaning asosiy qismi - ma'lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va xal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi. Texnikaning detallari - harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatdir. tehnika detallari turli sportchilarda turlicha bo’lib, bu ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog’liq bo'ladi. Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab qo’yish mumkin. Tayyorgarlik fazasini ahamiyati harakatning bosh fazada bajarish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma hafakatlarni (to’siq qo’yganda, koptokni o’yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo’nalishda samarali foydalanishdan iboratdir.