etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak. Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlami egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta’minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’i nazar. dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: to‘pni uzatishdan oldin (4 a-rasm), pastdan to‘pni qabul qilishda (4 b-rasm), to*siq qo‘yishda (4 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (4 g-rasm). То‘р uzatish Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. To‘pni: tayanch hoiatdan ikki qo‘llab, sakrab ikki qo‘llab, sakrab birqoMlab, orqaga yiqilib turib ikki qoMlab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydaianiiadi. Yo‘nalishi bo‘yicha to ‘p uzatishlar (to‘p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha boMadi: oldinga, o ‘z ustiga, orqaga. Uzunligi bo‘yicha: uzun - zonalar osha; qisqa - zonadan zonaga; qisqartirilgan - zona doirasida. Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to‘p baland berilganda yoki to‘pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to ‘p uzatish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qoMlar bosh ustidan birmuncha baland ko‘tariladi va qollaming faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to‘p uzatiladi. Xuddi shu holatda qisqa to‘p uzatishda asosiy harakat qo‘l barmoqlarining faol ishlashi hisobiga amalga oshiriladi (6-rasm). To‘pni orqa tomonga (mo‘ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda o‘yinchi to'pning tagiga kirib boradi. Bunda qoMning orqa kaft