4-mavzu. Maktabgacha Yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Maktabgacha Yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi, o’yin - maktabgacha Yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida, maktabgacha Yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar, maktabgacha Yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. Yosh davrida motivatsion sohadagi o’zgarishlar, 7 Yoshlilar inqirozi, uning sabablari va alomatlari, maktabga psixologik tayyorlik muammosi haqida tushuncha va ilmiy tasavvurlar hosil qilish.
5-mavzu. Kichik maktab Yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar
Kichik maktab Yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi, kichik maktab Yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi, kichik maktab Yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (o’quv faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari), kichik maktab Yoshi davrida bolaning o’zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori, kichik maktab Yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari haqida ilmiy bilimlarni shaklliantirish.
6-mavzu. O`smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
O’smirlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tavsifi, o’smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari, bu davrda intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari, o’smirlik davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (tengdoshlar bilan muloqot qilish motivatsiyasi, o’quv faoliyati motivatsiyasi, jinoiy xulq-atvor motivlari), o’smirlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari, o’smirlik davrida o’z-o’ziga baho berish tizimining rivojlanishi muammosi borasidagi tasavvurlarni hosil qilish.
7-mavzu. Ilk o`spirinlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Ilk o’spirinlik davriga umumiy tavsif, ilk o’spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari, ilk o’spirinlik davrida do’stlashish muammosining psixologik xususiyatlari, ilk o’spirinlik davrida muhabbat, ilk o’spirinlik davrida o’zini-o’zi anglashning rivojlanishi, ilk o’spirinlik davrida o’quv-kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi, ilk o’spirinlikda kasbga yo’naltirishning psixologik muammolari haqida ilmiy bilimlarni shaklliantirish.
Dostları ilə paylaş: |