O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

Metall shixtalari
sifatida cho‗yan (suyuq yoki qattiq), po‗lat (ayrim hollarda 
cho‗yan) temir-tersak va chiqindilari, temir rudasidan temirni bevosita tiklash 
mahsulotlari, ferroqotishmalar ishlatiladi. Metall shixtalarining asosiy massasini 
cho‗yan va po‗lat temir-tersaklari, hamda chiqindilari tashkil qiladi. 1000 kg 
eritiladigan po‗latga o‗rtacha 1130-1140 kg metall shixtalari sarflanadi. 
Po‗lat eritishda qo‗shiluvchi material sifatida ko‗p hollarda ohaktosh, ohak, 
boksit, plavik shpati, shamot siniqlari, aralashmalar va briketlar ishlatiladi. 
Ohaktosh. 
Ohaktoshning asosini CaCO
3
tashkil qiladi (5.3-rasm). U asosan 
shlak hosil qiluvchi, ayrim hollarda oksidlovchi flyus sifatida ishlatiladi. YUqori 
sifatli ohaktosh tarkibida 52-54,5 % CaO (toza ohaktoshda 56 % CaO); 0,6-1,0 % 
SiO
2
; 0,005-0,01 S va 0,008-0,015 P bo‗ladi. Oddiy ohaktoshda shuningdek, 0,5-
3,0 % MgO, dolomitlangan ohaktoshda 5-10 % va undan yuqori miqdorda MgO 
bo‗ladi. Dolomitlangan ohaktoshning tarkibida CaCO
3
dan tashqari MgCO
3
ham 
bo‗ladi. 


130 
 
5.3-rasm. Ohaktosh 
Ohak 
- maxsus ohak boyitish agtegatlarida ohak toshni kuydirish yo‗li bilan 
olinadi. Yangi kuydirilgan ohak tarkibida CaO - 90 foizdan yuqori, SiO
2
va C ning 
umumiy miqdori 3 foizdan kam bo‗lishi kerak. Oltingugurt - ohak tarkibiga 
yoqilishidan o‗tishi mumkin. Shuning uchun oltingugurt bo‗yicha toza ohak olish 
uchun tarkibida oltingugurt bo‗lmagan gazlardan foydalaniladi. Po‗lat tarkibida 
oltingugurtning miqdori 0,1 foizdan oshsa, tarkibida oltingugurt oz bo‗lgan po‗lat 
olish qiyinlashadi. 
Ohakka qo‗yiladigan asosiy talablardan biri - namlikning ozligidir. YAngi 
kuydirilgan ohak atmosfera tarkibidagi namlik bilan reaksiyaga kirishadi: 
CaO + H
2
O = Ca(OH)
2
.
Ohakni ochiq havoda bir necha soat saqlash natijasida tarkibida vodorod 
miqdori ortib boradi. Bir sutka saqlangan ohakni po‗lat eritishda ishlatish ruhsat 
etilmaydi. Chunki yuqori sifatli po‗lat tarkibiga vodorod o‗tishi ortadi. Shuningdek 
ohak namlik bilan ta‘sirlashib yumshoq engil kukunga aylanadi va vannaga 
tushmay chiqindi gazlar bilan atmosferaga chiqib ketadi. YAngi kuydirilgan ohak 
bo‗laklarining o‗lchamlari 10 mm dan 50 mm gacha bo‗lishi kerak. Bundan kam 
o‗lchamli bo‗laklar chiqindi gazlar bilan chiqib ketadi, katta o‗lchamlar eritish 
davomida shlakda butunlay erib keta olmaydi. 
Boksitlar
po‗lat eritishda asosiy shlakni erish haroratini pasaytiruvchi, 
suyuqlanishini oshiruvchi va shlak hosil bo‗lishini tezlatuvchi flyus sifatida 


131 
ishlatiladi. Boksitlarni tarkibi quyidagicha bo‗ladi: 20-60 % Al
2
O
3
; 3-20 % SiO
2

15-45 % Fe
2
O
3
va bir qancha miqdorda namlik (5.4-rasm). 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin