O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


 2-rasm. Ikkilamchi qora metallarni hosil bo‘lish sxemasi



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

2. 2-rasm. Ikkilamchi qora metallarni hosil bo‘lish sxemasi 
Qora metallarni asosan turli xil buyumlarni ishlab chiqarishda va qurilishda 
ishlatiladi. Bu ikki yo‗nalishda qora metallarni ishlatilishi quyidagicha 
taqsimlanadi (2.2-jadval). 
Qora metallardan tayyorlangan buyumlarni muddatini o‗tab bo‗lishi, yaroqsiz 
holga kelishi asosan buyumlarga fizik va ma‘naviy emirilish natijasida yuz beradi. 


54 
Shuning uchun keyinchalik ishlatishga yaroqsiz va o‗z qiymatini yo‗qotgan 
mashinalarning, mexanizmlarning, uskunalarning ayrim qismlari yoki butunligicha 
yangilarga almashtiriladi. Almashtirilgan qismlar yoki mashinalar, mexanizmlar, 
uskunalar va qora metall temir-tersaklariga aylanadi. Amartizatsion temir-
tersaklarni hosil bo‗lishini asosiy manbalari bo‗lib quyidagilar xizmat qiladi: 
1) asosiy vositalarni yo‗qolishi; 
2) asbob-uskunalarni remont qilinishi va modernizatsiyalanishi; 
3) almashunuvchan asbob-uskunalarni yaroqsiz holga kelishi; 
4) unchalik qimmat bo‗lmagan, jihoz va asbob-uskunalarni sarfdan chiqishida. 
Asosiy vositalarni yo‗qotishdan hosil bo‗lgan amortizatsion temir-tersaklar 
avariyalar, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladi. Avariya va tabiiy ofatlar 
binolarni, 
inshoatlarni, 
truboprovodlarni, 
paravozlarni, 
ekskavatorlarni, 
stanoklarni, qishloq va xalq xo‗jaligi mashina-mexanizmlarni, temir yo‗l va 
tramvay izlarini, ishlatishga yaroqsiz holga keltiradi. 
2.2–jadval. 
Qora metallarni ishlatilish tasnifi 
 
Mahsulot 
Iste’mol qilish, % 
Ishlab chiqarishda 
Qurilishda
Prokat 
66,0 
34,0 
Po‗lat trubalar 
40,4 
59,6 
Cho‗yan trubalar 
40,5 
59,5 
Metizlar 
68,0 
32,0 
Po‗lat va cho‗yan quyish 
100,0 

Prokovkalash va shtampovkalash 
100,0 

Eskirgan relslar 

100,0 
Ishchi metall chiqindilari 
100,0 

Qolgan qora metallar 
75,6 
24,4 
Remont va modernizatsiya natijasida hosil bo‗lgan amartizatsion temir-
tersaklarga almashtirilgan ehtiyot qismlar, detallar, mashina va mexanizm qismlari, 


55 
transport vositalari va asbob-uskunalar kiradi. Almashinuvchan asbob-uskunalarni 
yaroqsiz holga kelishidan hosil bo‗lgan amartizatsion temir-tersaklarga 
almashtirilgan qoliplar, muldalar, osttog‗ora (poddon) lar, kovshlar, cho‗michlar, 
shlak kosa (chasha) lari, quyish moslamalari, texnologik moslamalar kiradi. 
Unchalik qimmat bo‗lmagan jihoz va asbob-uskunalar narhi 50 dollardan ishlash 
muddati 1 yildan oshmaydigan jihoz va asbob-uskunalarni buzilishidan hosil 
bo‗ladi. Undan tashqari, amartizatsion temir-tersaklarni maishiy va egasiz 
(besxoz), xarbiy va suv transporti (sudna) turlari ham mavjud. 
Maishiy temir-tersaklar aholida metall buyumlar va ularni qismlarini 
buzilishidan hosil bo‗ladi. Bularga metall krovatlar, kir yuvish mashinalari, 
muzlatgichlar, metall idishlar, mototsikllar, velosipedlar, avtomashinalar, motorli 
qayiqlar va h.k. kiradi. 
Egasiz temir-tersaklari deb qaysi turga tegishliligini aniqlash mumkin 
bo‗lmagan temir-tersaklar kiradi. 
Harbiy temir-tersaklarga safdan chiqqan yoki ro‗yxatdan o‗chirilgan harbiy 
texnikalar, aslahalar va qurol-yarog‗lar kiradi. 
Suv transporti temir-tersaklarini, emirilish natijasida safdan chiqqan yoki 
ishlatilish uchun yaroqsiz holga kelgan suvda yuruvchi ob‘ektlar tashkil qiladi. 
Bularga barjalar, paroxodlar, katerlar, turli xil suv osti va usti kemalari kiradi. 
Amortizatsion temir-tersaklarni hosil bo‗lishi davlat metall fondini hajmiga, 
mashina, mexanizm va turli ob‘ektlarni qo‗llanish jadalligiga bog‗liq. Bu mashina, 
mexanizm, turli ob‘ektlarni ishlatish muddati va ularni almashtirish imkoniyatlari 
mexanikani rivojlanishini darajasiga bog‗liq. 
Korxona va sexlarni shlak chiqindixonalarida yig‗ilib qolgan shlaklarni qayta 
ishlash ham davlatni metall fondini hajmini oshirishga yordam beradi. Bu 
chiqindixonalardagi shlaklarni metalga aylantirishda zamonaviy usullarni qo‗llash 
metalni tannarhini ancha arzonlashtiradi. Shlaklarni qayta ishlash natijasida 
chiqindixonalarni atrof-muhitga etkazayotgan zarari yo‗qolishi bilan birga ular 
band qilgan erlar bo‗shaydi. 
Metall chiqindilarini ishlatish deyilganda, cho‗yan va po‗latni eritishda, xalq 


56 
iste‘moli mollari ishlab chiqarishda temir-tersaklarni metallurgik xom ashyo 
sifatida, hamda boshqa maqsadlarda qo‗llash tushuniladi. Qora metall temir-
tersaklari va chiqindilari juda ko‗p hollarda aglomerat, elektroferroqotishmalar, 
cho‗yan, po‗lat, kimyoviy mahsulotlar, rangli metallar va keng iste‘mol mollari 
ishlab chiqarishda, cho‗yan quyishda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi. 
Hozirgi kunda respublikamizda yig‗ilayotgan qora metall temir-tersak va 
chiqindilarni asosiy qismi (90 foizdan ko‗proq) po‗lat ishlab chiqarishga 
sarflanadi. 
Jahon amaliyotida qora metall temir-tersak va chiqindilari quyidagi 
jarayonlarda qo‗llanadi: 
1) metall chiqindilarini mayda qirindi shaklida shixtaga qo‗shib rudalarni 
aglomeratsiyalash jarayonida ishlatiladi. Bunda aglomerat tarkibidagi temir 
miqdori ko‗payadi va mustahkamligi oshadi.
2) elektroferroqotishmalar (turli xil markadagi legirlangan po‗latlar ishlab 
chiqishi kerak bo‗ladigan, boshqa elementlar bilan temir qotishmalarini 
aralashmalari, ishlab chiqarishda albatta uglerodlangan po‗lat qirindilari 
qo‗llaniladi. Bunda temir qotishma tarkibiga o‗tadi. 
3) kimyoviy mahsulotlarni bir qancha turlarini va rangli metallarni ishlab 
chiqarishda qora metall temir-tersak chiqindilarini qo‗llash, texnologik jarayonni 
ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda qora metall temir-tersak chiqindilari katalizator 
yoki filtr rolini bajaradi. 
4) bir qancha metallarni ishlab chiqarishda elementlarni ajratib olishda keng 
qo‗llanilmoqda, masalan, maxsus kombinatlarda nikel va kobalt ishlab 
chiqarishda legirlangan po‗lat chiqindilaridan bu elementlarni bir qancha markalari 
ajratib olinadi. 
5) yildan yilga qora metall temir-tersak chiqindilaridan xalq iste‘mol mollari 
ishlab chiqarishda va sanoat miqyosidagi buyumlarini tayyorlashda keng 
foydalanilmoqda. 
6) qora metall temir-tersak va chiqindilarini qurilish ashyolari ishlab 
chiqarishda keng qo‗llanilmoqda. 


57 
7) qora metall temir-tersak va chiqindilarini asosiy qismi kislorod konvertor, 
bessemir jarayonlarida temir qotishmalarini olishda ishlatiladi. 
8) elektropechlarda metall olishda legirlangan temir-tersaklarni qo‗llash 
natijasida narhi qimmat bo‗lgan ferroqotishmalarni va boshqa legirlovchi 
materiallarni sarflash kamaytiradi. 
9) quyuv cho‗yanini eritadigan va erigan shixtasini tarkibida po‗lat temir-
tersaklarini 40 foizgacha etkazish mumkin. Elektropech shixtasining tarkibiga 10 
foizgacha cho‗yan qo‗shish natijasida yuqori uglerodli asbobsozlik po‗latini olish 
mumkin. 
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, qora metall temir-tersak va chiqindilarini 
asosiy qismi cho‗yan va po‗lat eritishda ishlatilmoqda. Buning bir qancha 
afzalliklari mavjud. Qora metall temir-tersak chiqindilarini ko‗p hajmda 
ishlatilishi natijasida rudalardan metall olish kamaymoqda, metall olishda 
ishlatiladigan turli xil qo‗shilmalarni (qimmatbaho ferroqotishmalar va bir 
qancha legirlovchi materiallar) sarfi kamaymoqda. 
Metall olish davomiyligi kamaymoqda va metall tann-narhi arzonlashmoqda. 
Korxona va sexlarning shlak chiqindixonalaridagi turli xil chiqindilarni qayta 
ishlashdan maqsad, chiqindilar tarkibidagi turli metallarni ajratib olish, 
chiqindixonalarni atrof-muhitga ta‘sirini kamaytirishdir. Ciqindixonalardagi temir 
shlaklarini maydalangan shaklda bo‗lishi, ularning qayta ishlashdagi ayrim 
jarayonlarni chetlab o‗tishga olib keladi. Masalan, ularni navlarga ajratish, 
qirqish, maydalash jarayonlarisiz qayta ishlash mumkin.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin