O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


-rasm. Kukunsimon va qirindi ko‘rinishdagi mahsulotlarni briketlash



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

4.16-rasm. Kukunsimon va qirindi ko‘rinishdagi mahsulotlarni briketlash 


94 
Amaliyotda briketlash uchun B-654 tipidagi gidrovlik va MIB-275 A tipidagi 
impulsli biriketlash presslari keng qo‗llaniladi. 
B-654 tipidagi presslarda presslash kuchi 6200 KN ni tashkil qilib, bronza va 
mis qirindilarini briketlash uchun solishtirma bosim teng nisbatda 440 (bronza 
qirindilari uchun) va 360 (mis qirindilari uchun) MPa ni tashkil qilish kerak. 
Briketlarning diametri 140-160 mm ni, balandligi 50-90 mm bo‗ladi. Bronza va 
latun qirindilarni qayta ishlashda briketlarning massasi 6-7 kg ni, ishlab chiqarish 
unumdorligi 3,5-3,5 t/soatni tashkil qiladi. 
Impulsion briketlashda presslash energiyasi tabiiy gaz va havo aralashmasini 
portlashidan ajralib chiqadi. Alyuminiy qirindilarni briketlashda diametri 275 
mm,balandligi 67-75 va massasi 10-12 kg bo‗lgan briketlar olinadi. Pressning 
ishlab chiqarish unumdorligi 1,2-1,5 t/soatni tashkil qiladi. 
 
4.6. Rangli metallarning va qotishmalarining 
qirindilarini hosil bo‘lishi va qirindilarini qayta ishlash 
Metallarga va qotishmalarga metall qirqadigan stanoklarda ishlov berilganda qirindilar 
hosil bo‗ladi. Qirindilar - qotishmani kimyoviy tarkibiga, qirqadigan uskuna yoki asbob 
turiga bog‗liq holda qirindilarni ko‗rinishiga va alohida zarrachalarini o‗lchamlariga bog‗liq 
holda bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Qirindilar quyidagi xillarga bo‗linishi 
mumkin: sochiluvchan va o‗ram-o‗ramli (bog‗langan), yirik va mayda, bir jinsli va 
aralashgan (sochiluvchanligi va yirikligi bo‗yicha). Mexanik ishlov berilish natijasida 
yig‗ilgan qirindilar temir bilan zararlanishi mumkin. Temirni miqdori ayrim paytlarda 30 
foizgacha etadi. 
Metall va qotishmalarga qirquvchi stanoklarda moylovchi - sovutuvchi 
suyuqliklar yordamida ishlov beriladi. Buni natijasida qirindini yuzasi emulsiya va 
moyni yig‗ib oladi. Emulsiya - ikkita bir-birida erimaydigan moddalar 
zarrachalarining aralashmasidir. Qirindilarni ochiq havoda saqlash natijasida moy 
va changni miqdori 20-30 foizga oshishi mumkin. 
Nam qirindilar juda tez korroziyaga uchraydi, buni ishqoriy emulsiya jarayoni 
yanada tezlatadi. Qirindilarga metallurgik ishlov berganda yuqori texnika-iktisodiy 


95 
ko‗rsatkichlarga erishish uchun, ularni temirning mexanik aralashmalaridan, 
changdan, moydan, er qoldiqlaridan tozalash kerak. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin