Cho‘yanlarning tasnifi Strukturasiga ko‗ra kulrang cho‗yanlar (uglerod plastinkasimon yoki sharsimon
grafit tarzida bo‗ladi), oq cho‗yan (uglerod sementini yoki temir karbidi tarzida
bo‗ladi), bolg‗alanuvchan cho‗yan (oq cho‗yanni qizdirib olinadi, uglerod
bodroqsimon, grafit tarzida bo‗ladi) va puxtaligi yuqori cho‗yanlar bo‗ladi.
Kul rang cho‗yan (quyish cho‗yani) larda uglerod erkin holda, ya‘ni grafit
tarzida bo‗ladi. Kul rang cho‗yan oquvchan, qotganda hajmi kam qisqaruvchi,
suyuqlanish harorati nisbatan past bo‗lgan, yaxshi kesib ishlanuvchi qotishmadir.
Lekin bu cho‗yan po‗latlarga qaraganda ancha mo‗rt, shuning uchun uni bolg‗alab
yoki prokatlab bo‗lmaydi. Kul rang cho‗yanlar siqilishga, tebranma kuchlarga
ayniqsa yaxshi qarshilik ko‗rsatadi. Bu hollarda uning ishlatilish sohalarini yanada
kengaytiradi. Kul rang cho‗yanlarning siniq yuzalari kul rang tusda bo‗lganligidan,
ular kul rang cho‗yanlar deb ataladi.
Oq cho‗yan (qayta ishlanuvchi cho‗yan) da uglerod temir bilan kimyoviy
birikma hosil qilgan holda, ya‘ni sementit holida bo‗ladi, shuning uchun u juda
qattiqdir. Sanoatda bunday cho‗yanlardan, asosan, po‗lat olinadi. Bu cho‗yan
cho‗yanlarning siniq yuzalari oq tusda bo‗lganligidan, ular oq cho‗yanlar deb
ataladi.
Bolg‗alanuvchan cho‗yan oq cho‗yan quymasidan uzoq vaqt (3-4 sutka)
davomida 900-1000
0
C haroratda yumshatish natijasida olinadi. Bu jarayon
natijasida Fe
3
S perlitga va bodroq nusxa grafitga parchalanadi.Bolg‗alanuvchan
cho‗yanlarning cho‗zilishidan mustahkamlik chegarasi boshqa cho‗yanlarnikiga
qaraganda yumshoqroq bo‗lib, u zarb kuchlari ta‘siriga va korroziyaga yaxshi
qarshilik ko‗rsatadi. Bu cho‗yanni bolg‗alab bo‗lmaydi, «bolg‗alanuvchan
cho‗yan» degan nom shartli bo‗lib, bu nom uning kul rang cho‗yanga qaraganda
114
bir oz plastik bo‗lgani uchun berilgan. Bolg‗alanuvchan cho‗yanlarning ba‘zi
markalari va ularning mexanik xossalari 5.1-jadvalda keltirilgan.