O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


 Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni sulfat kislotada va



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

 
6.2.3. Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni sulfat kislotada va
ammiakli eritmalarda eritish 
Sulfat kislotada
eritish granulalangan, maydalangan mis, mis kuyindilar, mis 
asosli turli xil qotishmalardan tashqari kompakt metallar ustida ham olib boriladi. 
Sulfat kislotada eritish truboaeratorli yoki mexanik aralashtiriladigan apparatlarda, 
hamda avtoklavlarda olib boriladi. Hozirgi kunda kislotaga chidamli bo‗lgan 
titandan apparatlar tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, hali ham uglerodli po‗latdan tayyorlangan, ichki tomoni titan 
listdan 
futerovkalangan 
apparatlar 
keng 
ishlatilmoqda. 
Aralashtiruvchi 
moslamalar, uzatuvchi quvurlar, ventillar (jo‗mraklar), shtuserlar titandan yoki 
rezina qoplangan po‗latdan tayyorlanadi. Sulfat kislotali eritmalarga titanni 
korroziyaga bardoshliligi 6.10-jadvalda keltirilgan ma‘lumotlar bo‗yicha mulohaza 
qilish mumkin.
Eritma o‗tkir yoki quruq bug‗ bilan isitiladi. Xom ashyoni turiga qarab eritish 
bir necha minutdan, bir necha soatgacha davom ettirilishi mumkin. Masalan: mis 
simlar 3,2 kg/min, chang aralashgan toza mis 8,8 kg/min, changlangan qora mis 
10,2 kg/min, mis kuyindi 20 kg/min eriydi. 
Eritishga 120-150 g/l konsentratsiyali aylanma H
2
SO
4
eritmasi solinadi. 
Harorat 75-85
0
C davomiyligida olib boriladi. Eritmaga mis bilan birga ruh, nikel, 


175 
temir ham o‗tadi. Eritma ma‘lum vaqt tindiriladi. Bunda yirik zarrachalar eritma 
tubiga cho‗kadi. Eritmaga mis va ruhni 94-98 foizi, nikelni 76 foizi, temirni 62 
foizi, qalayni 1,3 foizi, qo‗rg‗oshinni 1,62 foizi o‗tadi.
6.10-jadval. 
Sulfat kislotali eritmalarga titanni korroziyaga bardoshliligi 
Konsentratsiya,

Harorat 
oralig‗i,
0

Sinash 
davomiyligi, 
soat 
Korroziyalanish 
tezligi,
mm/yil 
1,0 
1,5 
2,0 
3,0 
5,0 
20,0 
20-50 
95 
95 
66 
50 
60 
420 
300 
48 
300 
100 
200 
0,01 
3,5-12,0 
3,7 
2,89-4,66 
1,2 
9,7 
Tanlab eritishdagi qoldiqlar (erimagan qism) ni chiqishi, xom ashyo tarkibiga 
bog‗liq va uni chiqishi 0,7 foizdan 7-10 foizgacha bo‗ladi. Bundan tashqari 
qoldiqlarni chiqishi, dastlabki mahsulot massasiga ham bog‗liq bo‗ladi. Qoldiqlar - 
oddiy cho‗ktirish yo‗li bilan eritmadan ajratiladi. 
Ikkilamchi mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni
 
sulfat kislotasida erishi 
quyidagi reaksiya bo‗yicha yuz beradi: 
CuO + H
2
SO
4
= CuSO
4
+ H
2
O, 
Cu
2
O + 2H
2
SO

+ 1/2 O

= 2CuSO

+ 2H
2
O, 
CuSO
3
-Cu(OH)
2
+2H
2
SO
4
=2CuSO
4
+2H
2
O+SO
2

Yirik zarralardan ajratilgan eritmada mis cho‗ktiriladi. Bu erimaydigan anodli 
elektrolit vannalarda olib boriladi. Vannalarni uzunligi 10 m gacha, eni 1,2 m 
gacha, chuqurligi 1,3 m gacha bo‗ladi. Bunday razmerli vannaga 97 ta 
qo‗rg‗oshinli anod va 96 ta misli katod solinadi. 
Anodlar qo‗rg‗oshinga 3-8 foiz surma qo‗shilib, 10 mm qalinlikda qo‗yiladi. 
Katod listlar vannalarda hosil qilinadi. Elektrolitik tozalashda tok zichligi 200-300 


176 
A/m
2
, vannada kuchlanish 2,0-2,5 V, elektr energiyani sarfi 2000-2500 kVt

soat/t 
ni tashkil qiladi. Tokni chiqishi 90 foizga etadi. 
Ayrim hollarda misni sementasiya usulida temir qirindilari yordamida 
cho‗ktirish qo‗llanadi. Eritmalar har doim tarkibida ma‘lum miqdorda erkin sulfat 
kislota (0,5-3,0 g/l), Fe
2
(SO
4
)
3
(0,5-2,5), FeSO
4
(0,5-1,5 g/l) va 0,5-1,5 g/l mis 
bo‗ladi. Mis eritmalardan quyidagi chiqindilar yordamida ajratib olinadi: temir-
tersaklar, qirindilar, konserva idishlari, rux zavodi klinkerlaridagi temir fraksiyalari 
va boshqalar. 
Misni sementasiya usulida temir qirindilari yordamida cho‗ktirish quyidagi 
reaksiyalar yordamida yuz beradi: 
CuSO
4
+ Fe = FeSO

+ Cu. 
Eritmalar tarkibida aralashmalarni bo‗lishi cho‗ktiruvchini qo‗shimcha sarfini 
keltirib chiqaradigan aks ta‘sirli reaksiyalarni yuz berishiga olib keladi: 
Fe
2
(SO
4
)
3
+ Cu = CuSO
4
+ 2FeSO
4

Fe
2
(SO
4
)
3
+ Fe = 3FeSO
4

Cho‗kmaga tushgan misni bir qismi, erigan kislorod ishtirokida erkin sulfat 
kislotasi (sementasiyalash, tarkibida 5-10 g/l gacha sulfat kislota bo‗lgan muhitda 
olib boriladi) ta‘sirida eriydi: 
Cu + H
2
SO
4
+ 0,5O
2
= CuSO

+ H
2
O. 
Bundan tashqari, erkin sulfat kislotani etishmasa quyidagi keraksiz reaksiyalar 
yuz berib, cho‗kma sifatini buzadi: 
2Fe
2
(SO
4
)
3
+ 3H
2
O = Fe
2
(SO
4
)

· Fe
2
O
3
+ 3H
2
SO
4

Fe
2
(SO
4
)

· Fe
2
O

+ 9H
2
O = 4Fe(OH)
3
+ 3H
2
SO
4



177 
Sementasiya natijasida eritmadan 90 foizgacha mis cho‗kmaga tushadi. 
Tarkibida 60-65 foiz mis bo‗lgan cho‗kma – yallig‗-qaytaruvchi pechda eritishga 
yoki quritilgandan so‗ng, mis shteynlarini konvertirlash jarayonida sovuq 
qo‗shilmalar sifatida ishlatishga yuboriladi. Bu jarayon temir miqdori yuqori 
bo‗lgan ikkilamchi metallarni qayta ishlashda yuqori samaradorlik ko‗rsatadi. 
Bular qatoriga tarkibida 90 foiz atrofida temir bo‗lgan bimetall chiqindilar kiradi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin