213
buzilishi, metall sarfini ko‗payishi ham hisobga olinadi.
Amaliyot shuni
ko‗rsatadiki, korroziyani oldini olishga yoki kamaytirilishga ketgan xarajatlar,
emirilish natijasida zararni qoplashga ketgan xarajatlardan bir necha marta kam
bo‗ladi.
Korroziyaga faqat metallar hamda
ularning qotishmalari emas, balki qurilish
materiallari, jumladan, beton ham uchraydi.
Hozirgi zamon texnikasining asosiy materiali bo‗lgan temir asosida olinadigan
qotishmalar korroziyadan eng ko‗p zararlanadi. «Zang temirni yoydi» deb bejiz
aytilmagan. Haqiqatan ham 10 foizga yaqin metall korroziyaga uchrab yo‗qolib
ketadi. Temirdagi zangning tarkibi Fe
2
O
3
· nH
2
O ko‗rinishida bo‗lib, u mustahkam
emas, g‗ovak shaklidadir. Korroziyadan so‗ng eroziya sodir bo‗ladi. Eroziya metall
buyumlarning mexanik ta‘sir natijasida chirishidir.
Bu jarayondan keyin metall
ishga yaroqsiz bo‗lib qoladi. Shunga qaramay taxminan qora metall temir-tersak va
chiqindilarining 2
/
3 qismi marten pechlari va konverterlarda qayta eritilib,
sanoatga qaytariladi.
Texnikada korroziya tezligi 1 m
2
metall yuzasida 1 soatda chirigan metallning
gramm miqdori bilan o‗lchanadi. Agar bu qiymat 0,1 g/m
2
dan ortiq bo‗lmasa,
metall korroziyaga chidamli, 3 g/m
2
va undan ortiq bo‗lsa, korroziyaga chidamlilik
kam, 1 m
2
yuzadan bir soat ichida 10 g dan ortiq metall yo‗qolsa, korroziyaga
chidamsiz hisoblanadi.
Korroziyani
klassifikatsiyalanishi, bir qancha alomatlariga ko‗ra amalga
oshiriladi:
1. Jarayon mexanizmiga ko‗ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyaga
bo‗linadi; yuz berish sharoitiga ko‗ra:
atmosfera, gaz, elektrolitlarda yuz
beradigan, tuproq (er), struktuktura (metalni strukturasini bir xil bo‗lmasligi),
elektrokorroziya, kavitatsion va boshqa korroziyalar mavjud.
2. Korrozion emirilish xarakteriga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi:
- yoppasiga (yaxlit) emirilish, metalni butun yuzasida
yuz beradi;
- maxalliy emirilish, yuzani faqat ayrim uchastkalarida yuz beradi;
Dostları ilə paylaş: