227
1) agar suv faqat issiqlik tashuvchi va jarayonda ishlatilishi
natijasida faqat
ifloslanmasdan qizisa, unda uni qayta ishlatishdan oldin faqat sovutiladi;
2) agar suv yutuvchi va aralashmalarni tashuvchi muhit vazifasi bajarsa,
hamda
ishlatilish jarayonida mexanik va eruvchan moddalar bilan zararlansa, uni qayta ishlatishdan
oldin aralashmalardan tozalash kerak bo‗ladi;
3) agar suv muhit va issiqlik tashuvchi vazifasini bajarsa, u qayta ishlatilishdan oldin
aralashmalardan tozalanadi, hamda sovutiladi.
Bug‗latilib sovutish sistemalari kimyoviy tozalangan suvni iste‘mol qiladi. Bunday
suvlardagi suyuqliklarni chegaraviy kattaligi 0,1 mg/l dan, erkin kislorod miqdori 0,1 mg/l
dan oshmasligi lozim. Ishlatilgan suvlarni sovutish uchun sovutish usuli bo‗yicha
bug‗latuvchi va yuza bo‗ylama sovutish usullariga bo‗linadigan suv sovutivchi inshootlarda
sovutiladi. Suv bug‗latuvchi sovutgichlarda, uni qisman bug‗lanishi
va atmosfera
hovosining issiq suv yuzasi bilan kontakti natijasida soviydi. Suv yuza bo‗ylama
sovutgichlarda , havo bilan kontaktlashmaydi; suvdagi issiqlikni havoga o‗tishi, ichidan suv
o‗tadigan radiatorlar davorlari orqali yuz beradi.
Sovutgichlarni tanlash klimatik sharoitlarga bog‗liq. Iqlim mo‗t‘adil mintaqalarda
gradirnalar va sachrovchi basseynlar (havzalar)
keng ishlatilsa, sovuq mintaqalarda yuza
bo‗ylama sovutgichlarni, issiq mintaqalarda ochiq va sachrovchi suv havzali sovutgichlarni
qo‗llash tavsiya qilinadi.
Sovutgich
tanlashning oxirgi sxemasini, suv balansini hisobga olgan holda turli xil
variantlarni texniko-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini taqqoslash yo‗li bilan tanlanadi.
Aylanma suv ta‘minomini tashkil qilish masalasini ma‘nosi yil sayin ortmoqda. Chunki
u atrof-muhitni himoya qiluvchi hamma ekologik
normalarga javob beradigan,
korxonalarni me‘yorida ishlashini ta‘minlaydigan yagona sharoit hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: