223
Agar tashlama suvlarning tarkibidagi aralashmalarni miqdori me‘yordagi ruhsat etilgan
konsentratsiyasi oshiq bo‗lsa, ular maxsus tozalashga yuboriladi. Natijada aralashmalar yoki
parchalanadi, yoki zararsiz formaga o‗tadi, yoki bo‗lmasa
keyinchalik ishlatish uchun
ajratib olinadi. Dag‗al dispers aralashmalarni ajratish uchun quyidagi mexanik usullar
qo‗llaniladi: cho‗ktirish va filtrlash.
Cho‗ktirish - oqava suvlarni dag‗al dispers aralashmalardan tozalashning eng oddiy
usuli hisoblanadi. Cho‗ktirishni optimal vaqti - dag‗al dispers aralashmalarning xususiyatiga
bog‗liq va zarrachalarni turli vaqt oraliqlarida tushish tezligi bilan belgilanadi. Zarrachalar
qanchalik mayda bo‗lsa, cho‗ktirish jarayoni shunchalik sekin boradi. Zararli zarrachalarga
bir vaqtda molekulyar kuchlarni, broun harakatini va elektrostatik turtish ta‘sir etishi,
cho‗kish tezligini ortishiga va cho‗ktirish jarayonining davomiyligini kamayishiga olib
keladi.
Filtrlash - oqava suvlarni filtrlardan o‗tkazib, dag‗al
dispers aralashmalardan
tozalash usulidir. Bugungi kunda turli xil konstruksiyali filtrlar ishlab chiqarilgan
bo‗lib, ular ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalashda unumli foydalanilmoqda.
Ikkilamchi metallurgiya korxonalarida changni ilib olish va gazni
tozalash masalalari
Sanoatda, transportda va qishloq xo‗jaligida ko‗p ishlar va jarayonlar chang
hosil bo‗lishi va ajralish bilan amalga oshiriladi.
Umuman changlarni
klassifikatsiya qilganda ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olinib. ularni
tabiiy va sun‘iy changlarga bo‗lib qaraladi Ma‘lumki changlangan havo muhiti
insoniyatni qadim zamonlardan beri ta‘qib qilib kelgan.
Tabiiy changlar kategoriyasiga tabiatda inson ta‘sirisiz hosil bo‗ladigan
changlar kiritiladi. Bunday changlar shamol va qattiq bo‗ronlar ta‘sirida qum va
tuproqning erroziyalangan qatlamlarining uchishi, o‗simlik va hayvonot olamidan
paydo bo‗ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmik changlar va boshqa hollarda
paydo bo‗ladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarni atmosfera
muhitidagi
miqdori tabiiy sharoitga, havoning meteorologiya holatiga, yilning
fasllariga va aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqaga joylashganinga bog‗liq.
224
Masalan, atmosferadagi changning miqdori shimoliy rayonlarga nisbatan janubiy
rayonlarda, o‗rmon zonalariga qaraganda cho‗l zonalarida,
shuningdek qish
oylariga nisbatan yoz oylarida ko‗proq bo‗lishi ma‘lum.
Sun‘iy changlar sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki
bilvosita ta‘siri natijasida hosil bo‗ladigan changlar kiradi. Masalan, metallurgiya
sanoatida - metallurgiyadagi barcha pechlarda va bu sanoatning hamma
metallurgik va quyuvchilik sexlarida, issiqlik elektrostansiyalarida yoqilgan
ko‗mirning ma‘lum qismi kul va tutun sifatida atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Qurilishi ishlarida,
er qazish ishlari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish,
shuningdek tog‗lardagi ma‘danni qazib olish ishlari va boshqa juda ko‗p ishlarda
juda ko‗p miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib
yuborish, tabiatga halokatli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Sanoatning ba‘zi bir
tarmoqlarida, masalan ximiya sanoatida shunday xavfli sanoat changlari ajraladiki,
ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga keltirgan bo‗lar
edi.
Changning kelib chiqishi bo‗yicha organik, mineral va aralashma changlar deb
belgilanadi. Changning zararli ta‘sirining xarakteri
asosan uning kimyoviy
tarkibiga bog‗liq. Changning hosil bo‗lishi va tarqalishiga qarshi kurashda
texnologik chora - tadbirlar eng samarali bo‗ladi. Bunda qo‗lda bajariladigan ishlar
avtomatik usullarga o‗tkaziladi, jihozlarning germetikligi oshiriladi, ma‘lum
masofadan turib boshqarish sistemalari joriy etiladi.
Metallurgiya sanoatida quymalarni qum oqimi bilan tozalashni suv sochmasi
bilan aralashtirish yoki suv bilan tozalashga almashtirish,
kislotalar yordamida
tozalash, chang hosil bo‗lish xavfini butunlay yo‗qotadi. O‗tga chidamli
mahsulotlar sanoatida kvars va dinas ashyolarini magneziyga almashtirish tufayli
chang hosil bo‗lishini yuzaga kelish imkoniyati kamayadi. Ba‘zi bir ishlab
chiqarishlarda kukunlar o‗rniga mahsulotni donalar va pasta shaklida ishlab
chiqarish chang ajralish jarayonlarini keskin kamaytiradi yoki butunlay yo‗qotadi.
Sanoatda ishlab chiqarish zaharlari deb ishchiga
mehnat faoliyati sharoitida
ta‘sir etadigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan, shuningdek, sog‗liqni buzadigan,
225
kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro‗y beradigan zaharlanishlarga aytiladi.
Ishlab chiqarishda zaharlarning organizmga asosiy tushish yo‗llari nafas
yo‗llari va teri qoplamlaridir, me‘da ichak yo‗llari orqali tushish xam ahamiyatga
ega. Kamdan-kam hollarda zaharlar terining shikastlangan qismlari orqali kiradi.
Ishlab chiqarishda zaharlanishning ko‗pchilik qismi zaharli gazlar, bug‗lar,
tuman, aerozollar bilan nafas olish natijasida paydo bo‗ladi. Bunga o‗pka to‗qimasi
sathining kattaligi, zaharning qonga tez tushishi va zaharning nafas bilan
olinadigan havodan turli organlar va sistemalarga o‗tish yo‗lida qo‗shimcha
to‗siqlar yo‗qligi sabab bo‗ladi. Mehnat sharoitlarining yaxshilanishi ko‗pgina
sexlar havosida zararli moddalar konsentratsiyasining
pasayishiga olib keladi,
zaharlanishlarning og‗ir formalari kamdan kam uchraydigan bo‗lib qoldi. Kasbiy
zaharlanishlarga qarshi kurash bir necha yo‗nalishda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: