O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

9.1–jadval. 
Suv havzalarga tashlanadigan oqava suvlardagi rangli metall ionlarining ruhsat 
etilgan konsentratsiyasi; mg/l
Ionlar
Rb
+2 
As
+3 
As
+2
Cd
+2
Bi
+3
Bi
+5
Cu
+2
Fe
+2
REK 
0,1 
0,05 
0,1 
0,01 
0,5 
0,1 
0,1 
0,5 


223 
Agar tashlama suvlarning tarkibidagi aralashmalarni miqdori me‘yordagi ruhsat etilgan 
konsentratsiyasi oshiq bo‗lsa, ular maxsus tozalashga yuboriladi. Natijada aralashmalar yoki 
parchalanadi, yoki zararsiz formaga o‗tadi, yoki bo‗lmasa keyinchalik ishlatish uchun 
ajratib olinadi. Dag‗al dispers aralashmalarni ajratish uchun quyidagi mexanik usullar 
qo‗llaniladi: cho‗ktirish va filtrlash. 
Cho‗ktirish - oqava suvlarni dag‗al dispers aralashmalardan tozalashning eng oddiy 
usuli hisoblanadi. Cho‗ktirishni optimal vaqti - dag‗al dispers aralashmalarning xususiyatiga 
bog‗liq va zarrachalarni turli vaqt oraliqlarida tushish tezligi bilan belgilanadi. Zarrachalar 
qanchalik mayda bo‗lsa, cho‗ktirish jarayoni shunchalik sekin boradi. Zararli zarrachalarga 
bir vaqtda molekulyar kuchlarni, broun harakatini va elektrostatik turtish ta‘sir etishi, 
cho‗kish tezligini ortishiga va cho‗ktirish jarayonining davomiyligini kamayishiga olib 
keladi. 
Filtrlash - oqava suvlarni filtrlardan o‗tkazib, dag‗al dispers aralashmalardan 
tozalash usulidir. Bugungi kunda turli xil konstruksiyali filtrlar ishlab chiqarilgan 
bo‗lib, ular ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalashda unumli foydalanilmoqda. 
Ikkilamchi metallurgiya korxonalarida changni ilib olish va gazni 
tozalash masalalari
Sanoatda, transportda va qishloq xo‗jaligida ko‗p ishlar va jarayonlar chang 
hosil bo‗lishi va ajralish bilan amalga oshiriladi. Umuman changlarni 
klassifikatsiya qilganda ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olinib. ularni 
tabiiy va sun‘iy changlarga bo‗lib qaraladi Ma‘lumki changlangan havo muhiti 
insoniyatni qadim zamonlardan beri ta‘qib qilib kelgan. 
Tabiiy changlar kategoriyasiga tabiatda inson ta‘sirisiz hosil bo‗ladigan 
changlar kiritiladi. Bunday changlar shamol va qattiq bo‗ronlar ta‘sirida qum va 
tuproqning erroziyalangan qatlamlarining uchishi, o‗simlik va hayvonot olamidan 
paydo bo‗ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmik changlar va boshqa hollarda 
paydo bo‗ladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarni atmosfera 
muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning meteorologiya holatiga, yilning 
fasllariga va aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqaga joylashganinga bog‗liq. 


224 
Masalan, atmosferadagi changning miqdori shimoliy rayonlarga nisbatan janubiy 
rayonlarda, o‗rmon zonalariga qaraganda cho‗l zonalarida, shuningdek qish 
oylariga nisbatan yoz oylarida ko‗proq bo‗lishi ma‘lum. 
Sun‘iy changlar sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki 
bilvosita ta‘siri natijasida hosil bo‗ladigan changlar kiradi. Masalan, metallurgiya 
sanoatida - metallurgiyadagi barcha pechlarda va bu sanoatning hamma 
metallurgik va quyuvchilik sexlarida, issiqlik elektrostansiyalarida yoqilgan 
ko‗mirning ma‘lum qismi kul va tutun sifatida atmosferaga chiqarib yuboriladi. 
Qurilishi ishlarida, er qazish ishlari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish, 
shuningdek tog‗lardagi ma‘danni qazib olish ishlari va boshqa juda ko‗p ishlarda 
juda ko‗p miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib 
yuborish, tabiatga halokatli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Sanoatning ba‘zi bir 
tarmoqlarida, masalan ximiya sanoatida shunday xavfli sanoat changlari ajraladiki, 
ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga keltirgan bo‗lar 
edi. 
Changning kelib chiqishi bo‗yicha organik, mineral va aralashma changlar deb 
belgilanadi. Changning zararli ta‘sirining xarakteri asosan uning kimyoviy 
tarkibiga bog‗liq. Changning hosil bo‗lishi va tarqalishiga qarshi kurashda 
texnologik chora - tadbirlar eng samarali bo‗ladi. Bunda qo‗lda bajariladigan ishlar 
avtomatik usullarga o‗tkaziladi, jihozlarning germetikligi oshiriladi, ma‘lum 
masofadan turib boshqarish sistemalari joriy etiladi. 
Metallurgiya sanoatida quymalarni qum oqimi bilan tozalashni suv sochmasi 
bilan aralashtirish yoki suv bilan tozalashga almashtirish, kislotalar yordamida 
tozalash, chang hosil bo‗lish xavfini butunlay yo‗qotadi. O‗tga chidamli 
mahsulotlar sanoatida kvars va dinas ashyolarini magneziyga almashtirish tufayli 
chang hosil bo‗lishini yuzaga kelish imkoniyati kamayadi. Ba‘zi bir ishlab 
chiqarishlarda kukunlar o‗rniga mahsulotni donalar va pasta shaklida ishlab 
chiqarish chang ajralish jarayonlarini keskin kamaytiradi yoki butunlay yo‗qotadi. 
Sanoatda ishlab chiqarish zaharlari deb ishchiga mehnat faoliyati sharoitida 
ta‘sir etadigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan, shuningdek, sog‗liqni buzadigan, 


225 
kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro‗y beradigan zaharlanishlarga aytiladi. 
Ishlab chiqarishda zaharlarning organizmga asosiy tushish yo‗llari nafas 
yo‗llari va teri qoplamlaridir, me‘da ichak yo‗llari orqali tushish xam ahamiyatga 
ega. Kamdan-kam hollarda zaharlar terining shikastlangan qismlari orqali kiradi. 
Ishlab chiqarishda zaharlanishning ko‗pchilik qismi zaharli gazlar, bug‗lar, 
tuman, aerozollar bilan nafas olish natijasida paydo bo‗ladi. Bunga o‗pka to‗qimasi 
sathining kattaligi, zaharning qonga tez tushishi va zaharning nafas bilan 
olinadigan havodan turli organlar va sistemalarga o‗tish yo‗lida qo‗shimcha 
to‗siqlar yo‗qligi sabab bo‗ladi. Mehnat sharoitlarining yaxshilanishi ko‗pgina 
sexlar havosida zararli moddalar konsentratsiyasining pasayishiga olib keladi, 
zaharlanishlarning og‗ir formalari kamdan kam uchraydigan bo‗lib qoldi. Kasbiy 
zaharlanishlarga qarshi kurash bir necha yo‗nalishda olib boriladi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin