222
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan suvning sifati va xususiyatlari har bir alohida
texnologik jarayonda suvning roli va jarayonning xususiyati talablariga qarab
turlicha bo‗ladi. SHu bilan birga turli ishlab chiqarish suvlarining sifati va
xususiyatiga quyidagi umumiy talablar qo‗yiladi:
1) suv - xizmat ko‗rsatuvchi shaxslar sog‗ligiga zarar qilmasligi zarur;
2) ishlab chiqarish mahsulotlarini yoki uskuna elementlarini sovutish uchun
ishlatilayotgan suv - yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan me‘yordan ortiqcha mexanik
aralashmalar, korbonat yoki boshqa tuzli cho‗kmalar ajratmasligi lozim. Cho‗kma
va tuzlarni taxminiy cho‗kish tezligi 0,25 g/(m
2
soat) dan oshmasligi kerak;
3) suv - metallarni koroziyalamasligi va himoya betonini buzmasligi kerak;
4) suv - issiqlik almashinish apparatlarida 0,07 g/(m
2
soat) dan oshiq tezlikda
biologik xujayralar hosil bo‗lishga yordamlashmasligi kerak.
Suvning sifatini aniqlashdagi asosiy ko‗rsatkichlar - qattiqlik, umumiy tuz miqdori,
tiniqlik, oksidlanishi va suvni reaksiyalanishi hisoblanadi.
Oqava suvlarni suv havzalariga chiqarib yuborish, er yuzasi suvlarini zararli oqava
suvlardan muhofaza qilish davlat qonunchiligiga binoan bajariladi. Bu qoidalar melioratsiya
va suv xo‗jaligi vazirligi, baliqchilik xo‗jaligi vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi bosh
sanitar vrachi tomonidan tasdiqlangan. Bundan tashqari bu me‘yorlar O‗zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qonunida belgilab qo‗yilgan. Bu qoidada oqava
suvlar tarkibidagi zararli moddalarni ruhsat etilgan konsentratsiyasi (REK) ko‗rsatiladi. 9.1-
jadvalda suv havzalarga tashlanadigan oqava suvlardagi rangli metall ionlarining ruhsat
etilgan konsentratsiyasi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: