O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


-jadval. Issiqlikka chidamli qotishmalar



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

8.1-jadval.
Issiqlikka chidamli qotishmalar
Qotishma 
markasi 
Elementlarni miqdori, % 
Maksimal xaroratga 
chidamliligi, 
0


Sr 
Si 
Al 
Ni 
asosi 
Issiklikka 
chidamlilik 
Olovbardos
h-liligi 
4X9S2 
0,40 8-10 
2-3 


Fe 
650 
850 
IXI2SYU 
0,10 12-14 1,2-2 1,0-1,8 

Fe 
500 
950 
IX25YU5 
0,10 23-27 

1,2 4,6-6,5 

Fe 
500 
1150 
X25N20S2 0,15 24-27 2-3 

18-21 Fe 
650 
1150 
XN60YU 
0,08 15-18 

0,8 2,6-3,5 55-58 Ni 
850 
1200 
XN70 
0,05 28-31 

0,8 0,15 

Ni 
850 
1150 
LK-4 
0,25 25-35 4,5 6,5 Mo 2-3 
Co 
800 
1300 
Kema parraklarini va gaz trubinalarini kuraklarini yasashda ularni butun qismi 
yoki chidamsiz joylarga issiqlikka chidamli qotishmalar suyultirib qoplanishi 
(navarka) deyiladi. Ximoyalanuvchi konstruksiya yuzasiga siqilgan havo yoki inert 
gazlar, oxirgi yillarda plazma oqimi yordamida issiqlikka chidamli yoki
qotishmalar bilan qoplanishi, changlatilib qoplanish (metallizatsiyalanadi) deyiladi. 
Galvanik usul-yuqori bo‗lmagan haroratlarda gaz korroziyasiga chidamli 
bo‗lgan yuqa metall qoplamalar (Ni, Sr, va boshqa metallar) olish usulidir. 


216 
Nometallik qoplamalar sifatida issiqli chidamchi emallar (tarkibida quyidagi 
oksidlar mavjud: Sr
2
O
3
; Al
2
O
3
; TiO
2
; ZnO; SiO
2
) qiyin eruvchi birikmali 
qoplamalar (karbidlar, nitridlar, boridlar, silisidlar), metallokeramik qoplamalar 
(qiyin eruvchi birikmalar va metall qo‗shimchalar aralashmasi) keng qo‗llaniladi. 
Ayrim hollarda metallarni oksidlanishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun, ular erigan 
qo‗rg‗oshinga, tuzga yoki oynaga botirilib ximoya qatlami hosil qilinadi. Gaz 
korroziyasini yo‗qotish yoki kamaytirish uchun metallarni termik ishlov berishda 
yoki metallarni bosim bilan qayta ishlashdan oldin himoya gaz atmosferasini 
yaratish bilan qo‗llanmoqda. Bunday atmosferani asosiy komponentlarini CO, H
2

CH
4
, NH
3
, CO
2
, H
2
O, N
2
tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish korxonalarida ximoya atmosferalari bilan ishlashda xizmat 
ko‗rsatuvchi personallarni zaxarlanishiga, yong‗in va portlashga qarshi qattiy 
choralar ko‗rilishi kerak. 
Korroziya ta‘sirida chirish yalpi va alohida-alohida, bir tekis va notekis bo‗lishi 
mumkin. Ayniqsa kristallitlararo korroziya xavflidir. Bunda korroziya metall 
yuzasida emas, balki uning ichiga metall zarrachalari-kristallitlar chegaralari 
bo‗ylab tarqaladi. Tanlab korroziyalash hollari ham mavjud, masalan, latundagi 
ruxning kamayib ketishi. Bunda tashqi omillar ta‘sirida qotishmaning biror bir 
muhim komponenti emiriladi, yo‗qoladi, yuqoridagi misolda rux yo‗qoladi. 
Agar metall bog‗ uzilgandan so‗ng metall atomi to‗g‗ridan-to‗g‗ri oksidlovchi 
bilan ta‘sirlashsa, bunday korroziya ximiyaviy korroziya hisoblanadi; agar 
metallning tashqi muhit bilan ta‘sirlashishi natijasida hosil bo‗lgan ion (kation) 
oksidlovchi bilan emas, balki korroziyalovchi muhitning boshqa komponentlari 
bilan reaksiyaga kirishsa, bunday korroziya elektroximiyaviy korroziya deyiladi. 
Korrozion jarayonning mohiyati atom holatining o‗zgarishi hamda uning metall 
kristall panjarasidan chiqib ketishidadir. 
Korroziyaga qarshi kurashishning bir qancha usullari mavjud. Muhitning 
agressivligini kamaytirib, metallni korroziyadan himoya qilish, chunonchi, 
muhitga ingibitorlar-korroziya jarayonini sekinlashtiruvchilar qo‗shish mumkin. 
Turli metallar turlicha ximiyaviy barqarorlikka ega, binobarin, ularning 


217 
korroziyaga chidamliligi ham bir xil emas. Zanglamaydigan po‗lat tarkibiga 
korroziyaga chidamli xrom qo‗shiladi. Ko‗pgina metall buyumlar sirti xrom va 
korroziyaga chidamli boshqa metallar bilan qoplanadi (odatda elektroximiyaviy 
usulda). Lak-bo‗yoq, emal va pardalar kabi boshqa qoplamalar ham buyumlarni 
korroziyadan saqlaydi.
Metallarni mum va plastmassalar bilan himoyalash usuli bugungi kunda tez 
rivojlanmoqda. Plastmassa va mumlar ko‗pgina agressiv muxitda ham, masalan, 
suvda, bir qator kislota va ishqorlarda yuqori antikorrozion xususiyatga ega. Emalli 
qoplamalar mineral va organik kislotalarga, tuzlarga, gaz muxitga chidamliligi 
yuqori bo‗lganligi uchun, amaliyotda keng qo‗llaniladi. 
Kimyoviy yoki elektro-kimyoviy qayta ishlash natijasida metall yuzasida, uni 
korroziyadan himoya qiluvchi sun‘iy qatlam xosil qilish mumkin. Bularning eng 
keng tarqalgan usuli oksid va fosfor qatlamlar (oksidlantirish va fosforlantirish)dir. 
Oksidlantirish qora va rangli metallarni atmosfera korroziyasidan himoya qilish 
uchun qo‗llanadi. Amaliyotda alyuminiy va uni qotishmalarini, magniy 
qotishmalarini oksidlantirish keng qo‗llaniladi. Fosforlantirish uchun po‗lat 
detallar marganets, temir, rux elementlarini nordon fosforli tuzli qaynoq 
eritmalarida qayta ishlanadi. Natijada buyum yuzasida bu metallarni qiyin eruvchi 
fosfatlaridan tashkil topgan mustaxkam qatlam hosil bo‗ladi. 
Ko‗pchilik hollarda korroziyadan ximoya qilish uchun galvanik usul 
qo‗llaniladi. Bu usulda ximoyalanishi kerak bo‗lgan buyum yuzasiga metall 
tuzlarini suvli eritmasi orqali elektr toki o‗tkazishi natijasida himoya qatlami 
yuzaga keltiradi. Ruxli qoplama hosil qilish arzon tushgani uchun buyumlarni 
atmosfera korroziyasidan himoya qilishda keng qo‗llanadi. Kadmiyli qoplama 
hosil qilish po‗lat buyumlarni tarkibida xloridli aerozollar mavjud dengiz suvi va 
atmosferadan konstruksion materiallarni, tropik iqlimdan detallarni qaynoq suvdan 
hosil qilishda qo‗llanadi.


218 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin