212
8-BOB. METALLAR, TEMIR-TERSAK VA CHIQINDILARNI
KORROZIYADAN HIMOYA QILISH
8.1. Emirilish haqida umumiy ma’lumotlar va metallarda kimyoviy
korroziya
Metall konstruksiyalar ishlatiladigan hamma joyda - havoda ham, suvda ham,
suv ostida ham metallar bilan ta‘sirlashuvchi va ularni emiruvchi ko‗plab moddalar
mavjud. Ular metallarni korroziyalanishiga sabab bo‗ladi (8.1-rasm). Metallar
korroziyasi - metallarning tashqi muhit bilan ximiyaviy
yoki elektroximiyaviy
ta‘sirlashishi natijasida o‗z-o‗zidan emirilish, chirish jarayonidir. Bunday emirilish
havo kislorodi,
nam oltingugurt, azot oksidlari va boshqa ximiyaviy aktiv
moddalar ta‘sirida ham ro‗y beradi. Oddiy suvga nisbatan sho‗r
suvda metallar
ancha tez emiriladi. Po‗lat va cho‗yan buyumlari sirtidagi zang korroziyaning eng
ko‗zga tashlanadigan ko‗rinishidir.
(a) (b)
Dostları ilə paylaş: