36
Bunga qaramasdan hozirda Qozog‗iston respublikasida ikkilamchi
metallurgiya ikkilamchi metallurgiya sohasida muammolar mavjud. 2015 yil 26
yanvarda parlament majlisida bir guruh deputatlar bosh vazir D.K.Axmetovga
tag‗dim etgan deputatlik so‗rovnomasida quyidagi asosiy muammolar ko‗rsatildi:
1)
Qozog‗iston respublikasi xukumatini 2013 yil 22 dekabrdagi №1294
farmoyishini hamma bozor sub‘ektlarini kvalifikatsion talablarga moslashtirish
bandi to‗liq bajarilmayapdi;
2)
Bir qator tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan kichik biznes
korxonalari foydasiga kvalifikatsion talablarni kuchsizlantirishga
urinishlar yuz
bermoqda, natijada yashirin (tenovoy) biznes kuchayib, byudjetga soliqlarni
tushishi kamayadi;
3)
Mansabdor shaxslar tomonidan qora metall temir-tersaklarini eksport
qilishni butunlay taqiqlashga xarakat qilinmoqda, natijada eksportdan tushadigan
davlat bojlarini miqdori va bu sohada band bo‗lganlar soni kamayadi, ikkilamchi
metallarni yashirin savdosi kuchayadi
Qora metall temir-tersaklarini eksport qilish
bojlarini oshirish taklif
qilinmoqda, bu eksportni taqiqlash bilan barobardir, chunki Qozog‗iston
eksportchilarinig shunday ham boshqa davlat eksportchilariga qaraganda
sharoitlari og‗ir edi.
Qozog‗istonda bugungi kunda yiliga 2 million tonna qora metall temir-
tersaklari va chiqindilari hosil bo‗ladi. Buning asosiy qismi Xitoyga eksport
qilinadi. Oxirgi yillarda Xitoyda qozoq qora metall temir-tersaklari va
chiqindilariga talab kamayishi natijasida yangi bozorlarni
izlab topish kerak
bo‗lmoqda. Bunday bozorlarning eng qulayi Evropa Ittifoqi bo‗lib, xozirda
iste‘molchilar, dilerlar va qayta ishlovchilar bilan muzokaralar olib borishga
kirishilmoqda.
Temir-tersak va chiqindilarni eksport qilishda davlat boji 2010 yilda har tonna
qora metall uchun 4 evroni 2014 yilda 40 evroni tashkil qildi. Hozirgi kunda qora
metall temir-tersaklari va chiqindilarini yig‗ish va eksport qilishda «Ispat-Karmet»
XJ yiliga 1 million tonna asosiy o‗rinni egallaydi.
37
Amerika Qo‗shma Shtatlari alyuminiyli birlamchi mahsulotni 94 foizini, titanni
89 foizini, qalayni 84 foizini, nikelni 80 foizini, ruhni 66 foizini, volframni 58
foizini, misni 70 foizini, qo‗rg‗oshinni 9 foizini import hisobiga olib kelmoqda.
Faqat AQSHda ishlab chiqarishlayotgan magniy, molibden, va litiy metallarigina
o‗zini ehtiyojini
butunlay qondirmoqda, ya‘ni bu metallar import hisobiga olib
kelinmaydi.
Yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan faqat ikkilamchi metallarni qayta ishlab
chiqib ketish mumkin. Hozirda AQSH hisobiga rivojlangan davlatlarda ishlab
chiqarilayotgan ikkilamchi rangli metallarni 40 foiz to‗g‗ri kelmoqda.
AQSH da taxminiy hisoblarga qaraganda, ikkilamchi alyuminiy ishlab
chiqarishga, birlamchiga qaraganda 40-50 foiz, ikkilamchi
mis ishlab chiqarishga
35-40 foiz, ikkilamchi ruh ishlab chiqarishga 25-30 foiz kam sarf-xarajat
ketmoqda. 1 tonna ikkilamchi alyuminiyni eritishga, birlamchi ishlab chiqarishga
qaraganda 20 marotaba kam energetik xarajatlar va 8 marotaba kam kapital
qo‗yilmalar talab qiladi. Aylanma materiallardan,
temir-tersaklardan, ishlatilgan
eritmalardan metallarni ajratib olish, birlamchi qayta ishlashga nisbatan kam
energiya talab qilinishini quyida keltirilgan ko‗rsatgichlardan aniqlash mumkin:
qo‗rg‗oshinga 3 marta; ruhga 4 marta; misga 6 marta; nikelga 9 marta; magniyga
37 marta kam.
Bu ko‗rsatib o‗tilgan yutuqlar AQSHda ikkilamchi rangli metallarni ishlab
chiqarishni yuqori sur‘atda o‗sishga zamin bo‗ldi. Oxirgi yillarda birlamchi va
ikkilamchi metallarni eritishni ko‗payishi 1.3-jadvalda keltirilgan. Bundan ko‗rinib
turibdiki, ohirgi yillarda ikkilamchi metallarni ishlab chiqarish keskin ortgan.
Bundan tashqari umumiy ishlab chiqarilayotgan metallar
hajmini asosiy qismini
ikkilamchi metallurgiya mahsulotlari tashkil qiladi.
AQSHda quvvati 1 tonna bo‗lgan ikkilamchi alyuminiy ishlab chiqarish
korxonasiga o‗rtacha 136 dollar solishtirma kapital qo‗yilmalar sarflanadi. Bu
ko‗rsatgich birlamchi alyuminiy ishlab chiqarish korxonasida (boksit qazib
olinadigan konni qurilishi, glinozem zavodi va birlamgi metall eritish korxonasi
bilan birgalikda) 3160 dollarga teng. Hisoblar shuni ko‗rsatdiki, AQSH ikkilamchi
38
alyuminiy ishlab chiqarishni tez rivojlanishi natijasida 1960-1980 yillarda
birlamchi alyuminiy ishlab chiqarish uchun sarf bo‗ladigan kapital qo‗yilmalar
hisobiga 3,5 mlrd dollar mablag‗ iqtisod qilib qolindi.
Dostları ilə paylaş: