O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


Yaponiyaning rangli metallar resiklingi



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

1.4. Yaponiyaning rangli metallar resiklingi 
Yaponiyaning ikkilamchi rangli metallurgiyasi davlat iqtisodiy statikasida 
rangli metallurgiyaning bir tarmog‗i sifatida qaraladi. Bu tarmoq tarkibiga 
ikkilamchi metallurgiyadan tashqari ruda xom ashyosidan rangli metall ishlab 
chiqarish va rafinirlash (tozalash), ularni prokat qilish, qolipga solib qo‗yish, elektr 
o‗tkazuvchilar, kabellar ishlab chiqarish, rangli metallar va ularning 
qotishmalaridan turli xil buyumlar yasash kiradi.


41 
1983 yil ma‘lumotlariga asosan, bu tarmoqda 571 korxona bo‗lib, ularda 
taxminan 12 ming odam xizmat qiladi. Bu korxonalarning asosiy qismini kichik 
va o‗rta korxonalar tashkil qiladi (85 % korxonalarda ishlovchilarning soni 30 
kishidan oshmaydi). Faqat 13 korxonada ishlovchilar soni 100 tadan oshadi. Bu 
korxonalarning beshtasi ikkilamchi xom ashyodan alyuminiy, uchtasi 
qo‗rg‗oshin, bittasi ruh, to‗rttasi boshqa rangli metallarni ishlab chiqaradi. 
Alyuminiy parchalari va chiqindilarni qayta ishlashga 275 korxona (5,3 ming 
kishi), qo‗rg‗oshin parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga 113 korxona (1,9 
ming kishi), ruh parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga 44 korxona (0,9 
ming kishi) va boshqa rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga 
157 korxona (3,4 ming kishi) ixtisoslashgan. 
Yaponiyada rangli metallurgiyani sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi o‗tgan 
asrning so‗ngi 20-30 yili orasida 3,5 foizdan 2,7 foizgacha kamaydi, tarmoqdagi 
band kishilar soni 209 mingdan 182 ming kishiga kamaydi. Ruda xom ashyosini 
qayta ishlovchi korxonalar soni 72 tadan 53 taga, ularda band kishilarning soni 
34 mingdan 19 ming kishiga kamaydi. Lekin shu bilan bir paytda ikkilamchi rangli 
metallurgiyada bandlar soni 25 foizga (3 ming kishiga), bu tarmoqda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar 2,2 martaga ortdi. Yil sayin yirik ikkilamchi 
metallurgiya korxonalarini soni ko‗paymoqda. Buning asosiy sababi 
quyidagilardir: 
1) metall parchalari va chiqihdilarini ishlab chiqarish, chetdan ruda xom 
ashyosini olib kelishga qaramlikni kamaytiradi; 
2) metall parchalari va chiqihdilaridan metallarni ishlab chiqarishda, energiya 
xarajatlari bir necha marta kam bo‗ladi; 
3) bir qator atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini echadi. 
Hozirgi paytda bu tarmoq umumiy ishlab chiqarilayotgan alyuminiyni 78 
foizini, qo‗rg‗oshinni 39 foizini, ruhni 30 foizini va boshqa rangli metallarni
hamda nodir va qimmatbaho metallarni sezilarli darajada ishlab chiqarmoqda. SHu 
bilan bir paytda ikkilamchi resurslarni ishlatishda bir qator qiyinchiliklar 
uchramoqda: 


42 
1) metall parchalari va chiqihdilarini qayta ishlash texnologiyasini etarli 
darajada takommillashmaganligi; 
2) metall parchalari va chiqihdilari resurslar bozorida taklif qiluvchilarni 
kamligi; 
3) metall parchalari va chiqihdilarini yig‗ish va qayta ishlash takomillashgan 
sistemalarini kamligi. 
Ko‗pgina mutaxasislarni fikricha, bu tarmoqni rivojlantirishni asosiy omili-bu 
tarmoqni davlat o‗z nazoratiga olishi kerakligidir. Ko‗pgina hollarda ishlash 
qamrovini kichikligi, foydali ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yishga to‗sqinlik 
qilmoqda. Hozirgi kunda ikkilamchi metallarni qayta ishlaydigan korxonalarda, 
davlat hissasi 30-50 foiz bo‗lgan korxonalarni qurish loyihalari o‗rganilmoqda. Bu 
mablag‗ni bir qismi metall parchalari va chiqihdilarini hosil qilib ishlovchi 
korxonalar tomonidan qoplanishi taklif qilinmoqda. Snu bilan birga turli xil 
chiqindilar chiqaruvchi va metall parchalari va chiqihdilarini qayta ishlovchi 
korxonalarni birlashtirish, chiqindi metall resurslarni hosil qilish va qayta 
ishlashni birlashgan sistemalarini tashkil qilish masalalari ko‗rib chiqilmoqda. 
«Dova seyko» firmasining «Amagaski» zavodida rangli metallar pirit 
kuyindilaridan xlor yordamida uchirish usulida olinadi. Lekin hozirgi kunda pirit 
kuyindilarni qayta ishlash bilan bir paytda, turli xil tarkibida mis va ruh bo‗lgan 
shlaklar va shlamlar, mahsulotlarni yuvishda hosil bo‗lgan xlorid kislotali 
eritmalar, turli tuman tarkibida mis, ruh, temir bo‗lgan xlorid va sulfat kislotali 
eritmalar ham qayta ishlanmoqda. 
Yaponiyada qora metallurgiya changlaridan rangli metallarni ajratib olish 
amaliyoti sezilarli ravishda rivojlandi. Masalan, «Simitomo Metall mayning» 
firmasining «Sisako» zavodi yiliga 50 ming tonna shunday changni qayta ishlaydi. 
Bunday changlar sirasiga ruhlangan po‗lat parchalari va chiqindilarini qayta 
ishlashdan hosil bo‗ladigan changlar ham kiradi. Xom ashyo «qurt» (okatыsh) 
bo‗laklari shaklida olib kelinib, koks va ohak bilan aralashtiriladi, so‗ngra, shartli 
tegirmonlarda maydalanadi. Quritilgan granulalar yonuvchi mazut bilan 
qizdiriladigan, aylanuvchan trubasimon pechga solinadi. Bunda ruhni 85-90 foizi 


43 
va qo‗rg‗oshinni 70-80 foizi vozgon holida uchiriladi. 
Yaponiyada bir tomondan metall olishni manbai, ikkinchi tomondan atrof-
muhitga yuqori havf soluvchi, tarkibida simob bo‗lgan chiqindilarni yig‗ish va 
ularni qayta ishlashda etarli muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bunday chiqindilar 1974 
yildan beri «Nomura kosan» firmasining «Itomuka» zavodida qayta 
ishlanmoqda. Bu firma ruda xom ashyosidan simob ishlab chiqarish bo‗yicha ham, 
Yaponiyadagi yirik ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. Hozirgi paytda zavod 
yiliga 4 ming tonna ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlab taxminan 70 tonna simob 
ishlab chiqardi. 
«Itomuka» zavodinining asosiy xom ashyolariga shlamlar, zararlangan tuproq, 
tarkibida simob bo‗lgan sorbentlar, ishlatilgan uskunalar, zavoddan yaroqsiz holida 
chiqqan va ishlash muddatini o‗tab bo‗lgan mahsulotlar (lyuminetsent va simob 
lampalar, simob, ishqoriy marganetsli va kumushli galvanik elementlar, 
termometrlar, 
sarf 
qilgichlar, 
monometrlar, 
ignitronlar, 
to‗g‗rilagich 
(vыpryamitel)lar va boshqalar), ishlatilgan katalizatorlar, amalgamalar, ishlatilgan 
reaktivlar va boshqalar kiradi. 
Bu mahsulotlar dastavval qayta ishlashga tayyorlanadi (bir biridan ajratish, 
navlarga ajratish, quritish, maydalash, neytrallash, reagentlar bilan ishlov berish), 
so‗ngra ko‗p tubli aylanuvchan yoki elektr pechlarida 600-800
0
C haroratda xom 
ashyo turiga bog‗liq holda kuydiriladi. Kuydirishdan hosil bo‗lgan qoldiqlar er 
tagida, maxsus temirbeton bunkerlarda saqlanadi. Zavoda ishlovchi personalar soni 
16 kishini tashkil qiladi. 
Yaponiyada hozirgi kunda konserva banka temir-tersaklari va chiqindilaridan 
alyuminiy ishlab chiqarish sezilarli ortmoqda. 1971 yilda ularni ishlab chiqarish 33 
mln. donani tashkil qilgan bo‗lsa, 1984 yilda 2,6 mlrd. donani tashkil qildi. Hozirgi 
kunda bu ko‗rsatkich ikki martadan ziyodga ortgan. Temir-tersak chiqindilarda 1 
tonna banka ishlab chiqarishga sarf bo‗lgan energiya, birlamchi xom ashyodan 
ishlab chiqarilgan bankaga sarf bo‗lgan energiyaning 4 foizini tashkil qiladi. 
Hozirgi paytda bankalarni yig‗ish, jami ishlab chiqarilgan bankalarni 40 foizini 
tashkil qilmoqda. 1980 yilda chiqindi banka temir-tersaklaridan 10,8 ming tonna 


44 
alyuminiy ishlab chiqarildi. Bu banka ishlab chiqarishga sarflagan metallning 30 
foizini tashkil qiladi. Bankalarni yig‗ish sistemasiga banka va ichimliklar ishlab 
chiqaruvchilar, metallurgik korxonalar, savdo tashkilotlari va shahar hokimligi 
kiradi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ikkilamchi metallurgiya 
nafaqat O‗zbekistonda, balki rivojlangan xorijiy davlatlarda ham asosiy ishlab 
chiqarish tarmoqlariga kirmoqda. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin