51
2.2. Metall temir-tersaklarini hosil bo‘lish manbalari va metall
chiqindilarini ishlatish
Amartizatsion metall buyumlaridan, ishlab chiqarish chiqindilaridan va
metallarga ishlov berishdan turli xil metallarni chiqindilari hosil bo‗ladi. Bu
chiqindilarni qaytadan eritib, yangi metall buyumlar olish mumkin bo‗ladi.
Shundan
kelib chiqib aytish mumkinki, temir-tersak va chiqindilar ikkilamchi
metallurgiya sanoatida asosiy xom ashyo hisoblanadi. Qora metall temir-tersak va
chiqindilaridan hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan po‗latni asosiy qismi olinadi.
(a) (b)
2.1.(a,b)-rasm. Metall temir-tersak va chiqindilari
Metall chiqindilari resurslari deb, xalq xo‗jaligi va aholida ma‘lum belgilangan
davrdagi, hosil bo‗lgan temir-tersak va chiqindi shakldagi hamma metall miqdori
tushuniladi. Qora metall temir-tersak, qora metaldan
tayyorlangan ishlatilishga
yaroqsiz buyumlar va buyumlarni ayrim qismlari, uskunalar, binolar,
inshoatlar
shakli bo‗ladi. Qora metall chiqindilari qora metall ishlab chiqarish va ishlov
berish jarayonlarida hosil bo‗lgan metall chiqindilari,
hamda biron buyumlar
shaklida bo‗ladi. Qora metall temir-tersaklari va chiqindilarini hosil bo‗lishining
asosiy manbalari (2.1.(a,b)-rasm) quyidagilardir:
1)
qora metallarni ishlab chiqarilishi;
2)
qora metallarni ishlatilishi (metallarga ishlov berish);
52
3)
qora metaldan tayyorlangan buyumlarni muddatini o‗tab bo‗lishi,
yaroqsiz holga kelishi (amartizatsion temir-tersaklar);
4)
korxonalarning shlak chiqindilarini qayta ishlashi;
5)
bu manbalarni har biri o‗ziga xos xususiyatlarga ega.
Qora metall ishlab chiqarish cho‗yan, po‗lat, prokat, cho‗yan va po‗lat
quyishni o‗z ichiga oladi. Qora metall ishlab chiqarishda turli xil chiqindilar hosil
bo‗ladi. 1 tonna cho‗yan ishlab chiqarishda 4-7 kg kuyindi, skrap,
turli xil
qoldiqlar shaklida metall kuyindilari hosil bo‗ladi. Skrap - bu domna, po‗lat eritish,
quyush jarayonlarida pechdan metallarni chiqarish, tashish, po‗lat va cho‗yan
quyish natijasida qotib qolgan tomchi, qatra, uchqunlarni
chiqarish novlaridagi,
quyush kovshlaridagi, avariya chorpoya (kozyol) laridagi metall qoldiqlari
shaklidagi metall chiqindilardir.